Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Distrofiyaning tashqisoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə122/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226
Distrofiyaning tashqisoti. Distrofiya tashhisiga xarakterli klinik belgilarga asoslanadi, toqimalar turgori pasayadi, qorinda, qo'l-oyo’qlarda va yuzida, keyinchalik teri osti yog' qavatining yo’qolishi yoki qalinligining pasayishi (yo’ki xaddan tashqari va notekis to’planishi), tana vaznining bo'yiga nisbatan orqada qolishi, yuqumli kasalliklar va tashqi muhitning turli xil ta'siriga qarshiligi pasayadi. Diagnostikasida distrofiya turi ko’rsatiladi va uning yuzaga kelish vaqti tuhilgan vaqtiga nisbatan (prenatal, postnatal) kelib chiqishi aniqlanadi. Gipotrofiyada uning darajasi, etiologiyasi va rivojlanish davri (boshlang'ich, progressivlangan, rekonvalessensiya) ko’rsatiladi.

Qiyo’siy tashqisi. Birlamchi distrofiya oshqozon - ichak trakti tug'ma nuqsonlari va boshqa organlarning nuqsonlari natijasida kelib chiqqan, irsiy patologiya, MNSning organik zararlanishi, endokrin kasalliklar natijasida yuzaga kelgan ikkilamchi distrofiya bilan taqqoslanadi.

Odatdagi terapiyadan davolanmaydigan oqir gipotrofiya holatlarida, shuningdek, paratrofiya va semizlikda, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish bilan birga kelganda distrofiya ko’pincha ikkilamchi bo´ladi.

Gipostaturani jismoniy rivojlanishdan keskin orqada qoladigan kasalliklar bilan taqqoslanadi, birinchi navbatda nanizm, konstitusional bo'yi pastlik.


  • Xondrodistrofiya, suyaklarning tug'ma mortligi yo’ki tubulopatiya tufayli rivojlangan noproporsional nanizm gipostaturadan skeletning qopol patologiyasi bilan farqlanadi, uni raxit bilan tushuntirib bo’lmaydi, ba'zida distrofiya bilan kechadi. Suyak rentgenogrammasi va fosfor-kalsiy almashinuvi ko’rsatgichi bu kasallikni iste'sno etadi.

  • Proporsional nanizm gipofizning zararlanishi (gipofizar nanizm) yo’ki nafas va yurak-qon tomir tizimining tugma patologiyasi tufayli rivojlanadi. Tug'ilganda kamdan-kam uchraydi, odatda kech rivojlanadi. Nanizm bilan taqqoslash qiyin, organizm to'qimalarining STGga sezgirligini yo’qolishi bilan bog’liq. Bolalarda bu kasallikda tuhilgan vaqtda tana vazni va bo’yining past ko’rsatgichlari aniqlanadi, keyinchalik tana vazni va bo'yiga qo’sqilishi yaqqol bilinmaydi. Lekin distrofiyaning klinik va laborator belgilari kuzatilmaydi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin