QO'SHIMCHA OVQATLANTIRISh
Qo'shimcha ovqat berish deb - emizikli bolalarga ovqat maxsulotlari va suyuqliklarni ko'krak sutiga qo’shimcha ravishda berishga aytiladi. Qo’shimcha ovqat maxsulotlari bolaga 6 oyligidan boshlab beriladi.
Nima sababdan qo'shimcha ovqat buyurish zarur va bunda nimaga asoslanish kerak.
-
Bola o'sib ulg'ayishi bilan birga uning harakatlari aktivlashadi va uning ovqatga bo'lgan va fiziologik extiyojlarini to'la qondirish uchun ko’krak suti yetishmaydi. Bu extiyojlarni (quvvat, temir va boshqa ona suti bilan kiruvchi kerakli elementlarni) qondirish uchun, o’sayotgan bolaga qo’shimcha ovqat buyurish zarur bo´ladi. qo'shimcha ovqat asab-mushak koordinasiyasining rivojlanishi uchun ham kerak bo´ladi.
-
qoshimcha ovqatni rasionga to'g'ri va o'z vaqtida kiritish bolaning salomatligini tiklash, ovqatlanish statusini yaxshilash va jismoniy osib ul?ayishni ta'minlaydi.
-
Bolaga qo'shimcha ovqat buyurilishiga qaramay ona suti emizikli bola rasionida asosiy ovqat turi xisoblanadi.
o 9 oylik bo'lguncha bolalarga sigir sutini ichish uchun berish mumkin emas, lekin 6-9chi oylarda qo'shimcha ovqat tayyo’rlash uchun sigir sutidan foydalanish mumkin. Bolaga 9-12 oyligidan boshlab sigir sutini ichishga berish mumkin.
-
Kam quvvatga ega qo'shimicha ovqat maxsulotlari quvvatni cheklashi mumkin, shuning uchun ortacha quvvat zichligi 4,2 kDj (1 kkal)/g kam bolmasligi kerak. Bolalarga 2 yoshgacha yog’ miqdori kam bo’lgan sut berish mumkin emas.
-
Bola rasionidagi qo’shimcha ovqat konsistensiyasi, mazasi, va ko'rinishi jihatdan har - xil bo’lishi, bir vaqtni o'zida ko'krak suti bilan boqishni davom ettirish kerak.
-
qo'shimcha ovqat mahsulotlari tuzli bo’lishiga kerak emas va ularni tayyorlaganda ovqatga tuz qo'shilmaydi.
Qo'shimcha ovqatni qanday berish kerak va qaysi maxsulotlarni bunda ishlatish mumkin?
Qo'shimcha ovqat 2 turga bo'linadi:
-
Oraliq davridagi ovqat - bu maxsus qo'shimcha ovqat bo'lib, emizikli bolani fiziologik va spesifik ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan.
-
Oila dasturxonidan ovqat yoki uy ovqati - bu erta yoshdagi bolalarning qo'shimcha ovqat uchun ishlatiladigan maxsulotlari bo'lib, boshqa oila a'zolari qabul qiladigan mahsulotlar bilan o'xshash bo´ladi.
Faqat ko'krak suti bilan parvarish qilishdan bolani ko'krak suti bilan emizmaslikka o'tish davrida, yosh bolalarni asta sekin uy ovqatiga o’rgatish kerak bo´ladi. Bola 1 yoshga to'lganida oila dasturxonidan ovqatlanishga jismonan tayyor hisoblanadi. Og'ir ovqatlarni rasionga kiritish davriga va bu mahsulotlarni ko'krak yoshidagi bolalar qabul qilishga tayyorligi asab-mushak koordinasiyasining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi. Rivojlanishning har xil bosqichlarida kelib chiquvchi ko'pgina ovqatlanish reflekslari, qar xil turdagi ovqatlarning rasionga kirishini yengillashtiradi yoki og’irlashtiradi.
Bolalar ovqatni og'ziga olib kelishni, chaynashni va boshqa ovqat qabul qilish shartlarini bajarishni organganlarida ularni rag'batlantirish juda muhimdir. Bu shartlarni bolaga o'z vaqtida o'rgatilmasa, keyinchalik ahloq va ovqatlantirish muommolari tug'ilishi mumkin.
Bolani sun'iy ovqatlantirishda birinchi qo'shimcha ovqat (sabzavotli bo'tqa) rasionga 4,5-5 oyligida, ikkinchi qo'shimcha ovqat 5,5 - 6 (sutli bo'tqa) oydan boshlab kiritiladi. Birinchi qo’shimcha ovqat vitaminlarga, temirga, mikroelementlarga boyitilgan sutli bo'tqa bo'lishi ham mumkin. Tuxum sariqi 6 oydan, go'sht esa 7 oydan boshlab beriladi.
Ko'krak yoshidagi va erta yoshdagi bolalarda nerv tizimi rivojlanishi va uning turli davrlardi qanday maxsulotlarni ishlatish mumkinligidagi axamiyati
Yoshi(oy)
|
Paydo bo'lgan refleks ko'nikmalari
|
Qo'llanilishi mumkin bo'lgan maxsulot turlari
|
Maxsulotlarga misollar
|
0 – 6
|
So'rish ko'krakni so'rish va yutish
|
Suyuqliklar
|
ko'krak suti
|
4 – 7
|
Birinchi chaynash harakatlari paydo bo'lishi, so'rish kuchi oshadi, qusish ref leksining tilning o'rta qismidan orqa qismiga o’tishi kuzatiladi
|
Ovqat bo'tqa korinishida
|
sabzavot yoki meva, yaxshi tekshirilgan va maydalangan jigar va go’sht
|
7 – 12
|
qo’shiqni lab bilan tozalash, tishlash va chaynash, tilning yon harakati va ovqatni tishlarga joylashtirish
|
qo'l bilan yeyish mumkin bo’lgan maydalangan yoki bolaklarga ajratilgan ovqat yo’ki mahsulot ёки маҳсулот
|
Go’sht maydalagich dan o'tkazilgan va yaxshi tekshirilgan go´sht va jigar, qaynatilgan va maydalangan meva va sabzavotlar, xom meva va sabzavotlar, boshoqlilar va non.
|
12 - 24
|
Aylanma chaynash harakati, jag'lar turg'unligi
|
Oila stolidan ovqat
|
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ovqat mahsulotlarini qo'shimcha ovqat sifatida bolalar rasioniga kiritish bolaning jismoniy rivojlanish bosqichlariga va reflekslarning shakllanishiga bog'liq.
Sxematik buni 4 bosqichga bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |