Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə183/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   226
AORTA TEShIGI QISILIShI

Aortal stenoz alohida kam uchraydi, lekin boshqa klapanlar bilan birga qosqilib kelishi yurak nuqsonlarining 15-20% hollarida mavjud, erkaklarda tez kuzatiladi. Xususan aortal stenozdan klapan osti muskul stenozi, deb ataluvchi mustahil kasallikni farqlash zarur (gipertrofik asimmetriyali kardiomiopatiya). Aortal stenoz orttirilgan va tugma bo’lishiga mumkin. Orttirilgan aortal stenoz sabablari revmatizm, aterosklerotik shikastlanish va klapanlarning keyinchalik ohaklanishi bilan kechuvchi birlamchi-degenerativ o’zgarishlar bo’ladi. Aortal stenozda qon oqimining chap qorinchadan aortaga yo’nalishi buziladi, natijada chap qorincha boshligi va aorta orasidagi gradient bosim o’zgaradi. Gipertrofiyalangan chap qorinchaning katta imqoniyatari hisobiga, yurak chiharish kuchi uzoq vaqtgacha o’zgarishsiz qoladi, lekin fizik yuklamada kamroq oshadi. Dekompensasiya belgilari paydo bo’lganda oxirgi diastolik bosim oshishi va chap qorincha dilatasiyasi vujudga keladi.Klinik manzarasi. Aortal stenoz ko’p vaqtgacha hech qanaqa sub'ektiv sezgilarini bermasligi mumkin. Nisbatan ijobiy prognoziga haramasdan 5-15% bemorlarda to’satdan olim sodir bo’ladi. Birinchi belgisi sifatida stenokardiya xurujlari, hushdan ketish yo’ki hansirash bo’lishiga mumkin. Stenokardiya xurujlari bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi buzilishiga, ba'zida esa yurak maromining o’tuvchi buzilishlari bilan bog’liq. Yurakni tekshirganda cho’qqi turtkisining pastga, oltinchi qovurgalararo oraliqga tushishi aniqlanadi (7-rasm). Ikkinchi qovurgalararo oraliqda to’shdan chap tomonda xususiyatli sistolik titrash bilinadi. Auskultasiyada kuchli sistolik shovqin aniqlanadi, u yurak chu?hisi tomon sostlashib boradi va bo’yin tomirlariga aniq tarqalish xususiyatiga ega; aortada II ton sostlashgan bo’ladi. Kuchli stenozda puls kichik, sekin kattalashish xususiyatiga ega bo’ladi. Puls va sistolik bosim pasayishiga moyillik bor. EKG uzoq vaqt doimiy bo’lishiga mumkin. Kechroq davrlarda yurak elektrik o’qining chapga siljishi va chap qorincha gipertrofiyasi belgilari: R tishcha kattalashishi, ST segment pasayishi, T tishchaning chap ko’krak ozatmalarida o’zgarishi kuzatiladi.



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin