UCh TAVAQALI KLAPAN YeTIShMOVChILIGI
Nisbiy va organik bo’ladi. Nisbiy yetishmovchilik organikka haraganda ko’proq kuzatiladi. Uch tavaqali klapanning alohida shikastlaniishi bolalarda juda ham kam uchraydi. U, odatda, mitral yoki mitral-aortal yurak nuqsonlari bilan birga qo'shilib keladi. Shuning uchun bemorlardagi simptomatika asosiy nuqson va uch tavaqali klapan yetishmovchiligi belgilaridan vujudga keladi. qorinchalar sistolasi paytida qonning o’ng qorinchadan o’ng bo’lmachaga qayta oqimi ular dilatasiyasi va gipertrofiyasiga olib keladi, keyin esa katta qon aylanish doirasida qon dimlanishiga sababchi bo’ladi.
Klinik manzarasi. Uch tavaqali klapan yetishmovchiligi mavjud bemorlar ahvoli og’ir: ifodalangan hansirash va sianoz, jigar kattalashgan, ko’pincha shishlar va assit kuzatiladi. Yurak chegaralari o’ng tomo’nga kengaygan, xanjarsimon osimta ustida va tortinchi qovurgalararo oraliqda chap tomonda guvillovchi sistolik shovqin eshitiladi, shovqin nafas olganda kuchayadi (Rivero-Korvallo simptomi). EKG da o’ng qorincha va o’ng bo’lmacha gipertrofiyasi qayd etiladi. Rentgenogrammalarda yurakning o’ng bo’limlari kattalashishi kuzatiladi.
Davolash. Xirurgik. Mitral yo’ki aortal nuqson korreksiyasi qatorida anuloplastika yoki uch tavaqali klapanni proezlash amalga oshiriladi. Aortaning va uch tavaqali klapanning alohida stenozlanishi bolalarda amalda uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: |