Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


AORTAL KLAPAN YeTIShMOVChILIGI



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə182/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   226
AORTAL KLAPAN YeTIShMOVChILIGI

Orttirilgan yurak nuqsonlari ichida mitral yetishmovchilikdan keyin ikkinchi orinni egallaydi. Gemodinamika buzilishi qonning diastola paytida aortadan chap qorinchaga qayta tushishi bilan bog’liq. Chap qorincha zoriqishi uning dilatasiya va gipertrofiyasiga olib keladi. Chap qorinchaning ancha kattalashganligida mitral klapanning nisbiy yetishmovchiligi paydo bo’ladi (aorta nuqsonining "mitralizasiyasi") va keyinchalik chap bo’lmacha dilatasiyasi va o’pkada dimlanish qodisalari rivjlanadi. Aortal klapanning izolyasiyalangan yetishmovchiigida katta qon aylanish doirasida qon aylanish buzilishi kam uchraydi.

Klinik manzarasi. Aortal yetishmovchilik bjshlang’ich bosqichining bittagina simptomi protodiastolik shovqin hisoblanadi, u chapda ikkinchi-uchinchi qovurgalararo oralig’ida eshitiladi. Shikoyatlar paydo bo’lishiga gemodinamikaning ancha ifodalangan o’zgarishlari yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ulardan eng erta va oziga xosligi tez charchash, hansirash, bosh aylanishi, yurak sohasidagi og’riqlardir. Kozdan kechirganda teri qoplamlarining rangparligi, uyqu arteriyalarining kuchaygan pulsasiyasi ("karotid" oyini), cho’qqi turtkisining kuchayishi aniqlanadi. Yurakning perkutor chegaralari chapga siljigan. Aortal klapan yetishmovchiligi progressirlanishi bilan birga diastolik shovqin intensivligi va davomiyligi kuchayadi, lekin uning tembri ozgarmaydi (yumshoq, oquvchi, guvillovchi yo’ki pishillovchi), tosh suyagining chap tomonidan yurak cho’qqisi tomon tarqaladi, bu yerda ba'zida presistolik shovqin (Flint shovqini) eshitiladi. Diagnostik jihatdan ahamiyatli periferik simptomlar: tez va baland puls, sistolik arterial bosimning oshishi va diastolikning pasayishi, kapillyar va falanga pulsi va boshq. FKGda shovqin kam registrasiyalanadi, bevosita I tondan keyin boshlanadi, yo’qolib boruvchi xususiyatga ega. EKG da chap qorincha gipertrofiyasi belgilari aniqlanadi, nuqson "mitralizasiyasida" - chap bo’lmachaning gipertrofiyasi. Rentgenogrammalarda chap qorincha kattalashishi, kotariluvchi aorta kengayishi va ularning kuchaygan pulsasiyasi aniqlanadi.

Davolash. Xirurgik. Ifodalangan aortal yetishmovchilik va dori terapiyasiga nisbatan refrakter dimlangan yurak yetishmovchiligi belgilari bo’lganda operasiya amalga oshiriladi.



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin