Terapiyaning asosiy uslubi - davo ovqatlanishdir. Q’ozish bosqichida oshqozon shilliq paradasini funksional, mexaniq, termik va kimyoviy asrashni ta'minlovchi №1a parhezi va 5-6 martalik ovqatlanish tayinlanadi. Rasionda oshqozon shilliq paradasini qitiqlovchi ovqatlar (tuzlangan, dudlangan, seryog shorva, marinad, o’tkir ziravorlar, qovurilgan go´sht va baliq) bo’lmasligi kerak. Bemorlar ko’pincha qaymogi olinmagan sutni, uzum sharbatini, qaymoqni ko’tarolmasligi inobatga olinsa ularni rasiondan chiharib tashlash zarur. Tuz, quyuq choy va qahva, ularning sun'iy turlarini iste'mol qilish cheklanadi. Yalliglanish bartaraf qilinishi bilan fundal bezlarni sekin asta oshib boruvchi funksional stimulyasiyasi ko’rsatilgan. Bu maqsadda №2 yo’ki hatto №15 parhez tayinlanadi. Bunda go´shtning va baliqning yo’g’li navlarini, ?iyin eriydigan hayvon moylarini, qovurilgan kartoshkani, quymoqsimon xamir ovqatni, qonservlangan mahsulotlarni, dudlanmalarni, shirinliklarni qabul qilish cheklanishi darkor. Sut yangi nordon-sut mahsulotlari (chuchuk qatiq, qatiq, tvorog, o’tkir bo’lmagan tvorog) bilan almashtiriladi. Yangi va qora non, yog va shirinlik qoshilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlar, qaymoq, quyuq qaymoq, karam, ichakda gaz hosil hiluvchi uzum iste'moli cheklanadi.Antixolinergik va antasid vositalari A turidagi gastritda tayinlanmaydi. Og’riq va dispeptik sindrom mavjudligida metoklopramidni, sulpiridni, no-shpani, butilsko’polaminbromidni (busko’pan) ichishga buyurish yo’ki m/o qo’llash yaxshi samara beradi. qoplovchi va burishtiruvchi o’simlik vositalari: bargizub barglaridan tayyorlangan damlama, plantaglyusid granulalari, dastarbosh, moychechak, yalpiz, qizilpoycha, valeriana ildizi keng qollaniladi. Osimliklar damlamasi 1/3-1/2 stakandan kuniga 4-5 mahal ovqatdan oldin 2-4 hafta mobaynida beriladi. Oshqozonning sekretor funksiyasini stimulyasiya qilish maqsadida sekresiyani stimullovchi kombinirlangan osimlik vositalarini: gerbogastrin, gerbion me'da tomchilari, bargizub va uning dori vositalarini (pantaglyusid) qollash mumkin. O’rnini bosuvi terapiya uchun xlorli-vodorod kislotasini, pepsinni va boshqa vositalarni ishlatsa bo’ladi. Oshqozon shilliq qavati trofikasini yaxshilash borasida mikrosirkulyasiyani, oqsil sintezini va reparativ jarayonlarni kuchaytiruvchi vositalar: nikotin kislotasi dorilari, V va S guruhi vitaminlari, metilurasil, solkoseril qollaniladi. qosqilib kelgan megaloblast kamqonlikda qo’shimcha ravishda vitamin V12 in'eksiyasi tayinlanadi. qozish davrining bosilish bosqichida fizioterapiya uslublarini, mineral suvlar bilan davolashni qollash mumkin. Kasallik qo’zishi yo’q bo’lgan davrlarda bemorlarga sanator-kurort davo tavsiya qilinadi.V turidagi gastritni davolash tamoyillari. Ko’pchilik qo’llarda V turidagi gastritlarni NR chaqirishi inobatga olinsa, bunday gastritni davolash asosida xelikobakter infeksiyani eradikasiya qilish yotadi. Antixelikobakter terapiya sxemasi bo’yicha ma'lumotlar yara kasalligiga bahishlangan ma'ruzada to’liq keltirilgan. Shu bilan bir vaqtda davolashning bjshlang’ich bosqichlarida parhezli ovqatlanish ozining ahamiyatini yo’qotmadi. №1 parhez tayinlanadi, u oshqozon shilliq pardasiga mexaniq va kimyoviy ta'sirlarni ortamiyona kamaytiradi. Ovqat qabul qilish miqdori kuniga 4-6 martagacha ko’paytiriladi. Qo’zish davrida ogriq sindromining juda ham ifodalanganligida spazmolitiklar - drotaverin (drotaverin-KMP, no-shpa, no-x-shpa), galidor, papaverin qo’shimcha tayinlanadi. Ba'zi qo’llarda xolinolitiklar - atropin, busko’pan samarali. Oshqozon shirasining yuqori kislotaligi korsatkichlarida selektiv
M-xolinolitiklar guruhi antisekretor dori vositalari - pirenzepin (gastrosepin) 4 haftagacha muddatga tayinlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dori dozasi tabletka shaklida 12,5 g dan kuniga 2 mahal, maktab yoshidagilarda esa25 g dan kuniga 2 mahal. Gistamin N2-reseptorlar blokatorlari (famotidin, ranitidin) 2 haftagacha beriladi. 10 yoshdan katta bolalarga famotidin 0,02-0,04 g dan uyqudan
oldin tayinlanadi. Antisekretor terapiya kursi tugatilishidan keyin fosfalyugel kabi kompleks antasidllar qollaniladi, yoki gidroksid magniyli algedrat saqlovchi dori vositalari (almagel, almol, maaloks) beriladi. Diosmektit (smekta) ni 2 yoshdan katta bolalarda 6-9 g kuniga suvdagi eritma korinishida tayinlash mumkin. Davolash kursi tugatilgandanoq eradikasion terapiyaning samaradorligini tasdi?lash uchun, asosan qoldiq dispeptik va og’riq korinishlarida sitoprotektorlar kursi - skralfat (antruksal, venter) tayinlanadi. Sukralfat dozasi bolalarda 0,5-1,0 g dan 4 marta qabul qilishga (tunda bir marta qabul qilish sharti bilan) bir oy davomida beriladi. Oshqozon osti shilliq qavati trofikasini yaxshilash maqsadida chakanda moyi, polivitamin dori vositalari 3-4 haftagacha muddatga qollanilishi mumkin. Kompleks terapiyada 2-3 haftagacha traknvilizatorlar - diazepam (seduksen, sibazon), tazepam va boshq. tayinlash asosli bo’ladi. O’simlik sedativ dori vositalari - valeryana ekstrakti, persen samarali. S turidagi gastritni davolash tamoyillariMotorika buzilishlari, duodenogastral va gastroezofagal reflyukslar bilan kechuvchi S turidagi gastrit (reflyuks-gastrit) ni davolashda metoklopraimd (reglan, serukal) ni tayinlash korsatilgan, u kardiyning yopuvchi funksiyasini me'yorlashtiradi. Metoklopramid shuningdek oshqozon-qizilo’ngach reflyuksini ham pasaytiradi, oshqozonning boshatilishini tezlashtiradi va oshqozon shilliq qavatining shikastlarga harshiligini oshiradi. Kamdan-kam qo’llarda giperkinetik hodisalar, uyquchanlik, quloqdagi shovqinlar, og’iz shilliq qavatlari quruqlashuvi kabi nojoya ta'sirlar kuzatilishi mumkin. Me'da motorikasini domperidon (motilium) normallashtiradi. Bu dori vositasi serukalga nisbatan yumshoqroq ta'sir qiladi, nojo’ya ta'sirlari kam. Gastroezofagal reflyuksda selektiv xolinomimetik sizapridning qollanilishi istiqbo’llidir (yurak o’tkazuvchi tizimi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan ishlatish zarur). Oshqozon shilliq qavatiga safroning agressiv ta'sirini neytrallash maqsadida fosfalyugel tayinlanadi, u antasid ta'siridan tashhari ot kislotalarini adsorbsiyalaydi va qoplab oluvchi ta'siriga ega. Yaxshi sitoprotektiv ta'sir qilish xususiyatiga sukralfat (ankrusal, venter, ulgastran, sukreyz) ega. Dori vositasining reflyuks-gastritda ta'sir mexanizmi shikastlangan shilliq qavat yaqinidagi to’qimalarning oqsillari bilan kompleks birikmalar hosil qilishdan iborat. Sukralfat pepsinni va ot kislotalarini adsorbsiya qiladi, shilliq qavatning kislotali-pepsinli omilga turg’unligini ta'minlaydi. Sitoprotektor ta'sirga diosmektit (smekta) ham ega. Prostoglandinlarning sintetik analogi sitoprotektorlari (saytotek, arboprostil va boshq.) eng samarali. Ta'sir mexanizmi bo’yicha ular bolalarda qo’llash uchun istiqbo’lli bo’lishiga mumkin, sababi bazal va stimulyasiyalangan me'da sekresiyasini pasaytiradi, regenerasion jarayonlarni stimullaydi. Lekin, bu dori vositalari ko’pincha dispeptik hodisalarni, reproduktiv tizim tomonidan qator nomaqbul samaralarni, allergik reaksiyalarni yuzaga chiharishi mumkin va shuning uchun faqat eroziv gastrit mavjud ospirinlarda qollaniladi. Alohida SG lar yo’ki duodenitlar bolalarda kam uchraydi, ko’pincha biz gastroduodenit bilan to’qnashamiz. Yetakchi pediatrlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda gastroenterologik patologiya bo’yicha og’irlashgan anamnezi mavjud bolalardagi surunkali gastroduodenit yara oldi holati deb haraladi.Surunkali gastroduodenit (SGD) - yalliglanishli xususiyatga ega surunkaliresidivlanuvchi kasallik, u oshqozon va on ikki barmo’q ichak shilliq qavati va bez apparati nospesifik struktur qayta qurilishi (distrofik, yalliglanishli va regenerativ o’zgarishlar), turli sekretor va motor buzilishlar bilan kechadi.
SGD - surunkali gastroduodenal kasalliklarning eng ko’p tarqalgan shakli. Oshqozon va on ikki barmoq ichak kasalliklari strukturasida 58-74% ni tashkil etadi. Tashxislashda SGD rivojlanishi xavf omillari mavjudligini va irsiy moyillikni hisobga olish kerak. Kasallik klinikasi yalliglanish jarayonining bosqichi va ifodalanganligiga, oshqozon sekretor funksiyasi, me'da va on ikki barmoq ichakning motor-evakuator buzilishlariga bog’liq. SGD qo’zish davrida, xuddi yara kasalligi singari, ogriq, dispeptik va surunkali nospesifik intoksikasiya klinik sindromlari uchraydi. Klinik manzaraning o’ziga xosligini gepatobiliar tizim, ichak, oshqozon osti bezi patologiyalari belgilaydi. Klinik simptomlar xuddi yara kasalligidagidek, lekin ogriq sindromining mavsumiyligi yo’q, tungi og’riqlar kamdan-kam qo’llarda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |