BOLALARDAGI SURUNKALI GASTRITLAR VA GASTRODUODENITLAR
Surunkali gastrit (SG) - bu oshqozon shilliq va shilliq osti qavatining surunkali yalliglanishli qaytalanuvchi kasalligi, u hujayra infiltrasiyasi, fiziologik regenerasiya buzilishlari bilan birga sodir bo’ladi. Mos bo’lmagan davolashda SG sekin asta oshqozonning bez apparati atrofiyasi vujudga kelishi va sekretor, motor hamda inkretor funksiyalari buzilishlarining rivojlanishiga olib keladi. Terapevtik amaliyotdan farqli bolalarda faqat 10-15% dagina SG alohida kasallik hisoblanadi. Ko’pincha duodenit-gastroduodenit bilan birga keluvchi antral gastrit uchraydi. SG tarqalishi juda keng - chamasi 30 dan 50% gacha yer aholisi xastalanadi. Bolalardagi ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari ichida oshqozon va on ikki barmoq ichak kasalliklari eng ko’p tarqalgan va bolalar gastroenterologik patologiyalari strukturasida 58-65% ni tashkil etadi hamda 1000 bolaning 100-150 tasida uchraydi. Helicobacter pylori (NR) ning bolalar surunkali gastriti va yara kasalligi etiologiyasidagi yetakchi orni isbotlanganligiga qaramasdan patologik jarayon vujudga kelishiga va uning kelgusi amalga o’shishiga ta'sir hiluvchi xavf omillarini ham inobatga olish darkor.
SG paydo bo’lishigada ekzogen xavfli omillar:
-
alimentar - "quruq ovqat", o’tkir va qovurilgan ovqatni iste'mol qilish, oqsil va vitaminlarning yetishmovchiligi, oziq qo’shimchalarini ishlatish, ovqatlanish tartibini buzish va boshq.
-
ruhiy emosional omil - stress, depressiya
-
ekologik omillar: atmosfera holati, ovqatda nitratlar mavjudligi, yomon sifatli ichimlik suvi
-
dori vositalari - nosteroid yalliglanishga harshi dorilar (indometasin, asetilsalisil kislotasi, kortikosteroidlar va h.)
-
yomon odatlar - chekish, alkogol
-
parazitar infeksiyalar (asosan lyamblioz)
-
ovqat allergiyasi va ma'lum oziq mahsulotlarini kotarolmaslik
-
tish-jag tizimining qoniharsiz holati
-
gormonal disfunksiyalar
SGning endogen omillari:
Yuqori samarali terapevtik texnologiyalar, endosko’piya, oshqozon shilliq qavatini morfologik tekshiruv, ba'zi biokimyoviy va bakteriologik uslublarning rivojlanishi gastritni quyidagi mustahil turlarga ajratish imqonini berdi (Sidney tasnifi):
A turidagi gastrit (endogen, autoimun gastrit) Endogen gastrit oshqozonning qoplovchi hujayralariga nisbatan autoantitanachalar ishlab chiharilishi natijasida paydo bo’ladi. Bolalarda kam uchraydi, faqat gastritning 1-3% qollarida. Gastritning ushbu varianti uchun oshqozonning tanasi va tubida joylashgan birlamchi atrofik o’zgarishlar, oshqozon sekresiyasining kamayishi, qonda gastrin miqdorining ko’payishi xos. V turidagi (bakterial) gastrit HP-assosiirlangan gastrit. Bolalarda ushbu gastrit shakli barcha gastroduodenal patologiyalarning 80-85% ni tashkil etadi. V turidagi SG patogenezida persistirlanuvchi NR infeksiya yotadi, bu ko’pchilik bemorlarning oshqozoni pilorik bo’limida ushbu mikroorganizm topilishi bilan tasdiqlanadi. Infeksiya yuhishi peroral ovqat bilan yoki endosko’pik manipulyasiyalar, zondlash vaqtida sodir bo’lishiga mumkin (NR-infeksiyaning patogenezini saytdagi pediatriya qismidagi yara kasalligiga bahishlangan ma'ruzadan harang).
S turidagi gastrit (reaktiv, kimyoviy gastrit, reflyuks-gastrit) S gastriti patogenezida hal hiluvchi orinni o't kislotalari tushishi bilan kechadigan va oshqozon shilliq qavatini hamda epiteliyni shikastlovchi duodenogastral reflyuks egallaydi. Ushbu variantning boshqa sabablari orasidan yetakchi orinni nosteroid yalliglanishga harshi dorilar (asetilsalisil kislota va boshq.) egallaydi. Nosteroid yalliglanishga harshi dorilarning antiprostoglandinli ta'siri oqibatida bikarbonatlar va shilliq ishlab chiharilishi to’xtatiladi, keyinchalik eroziyalar, mikrosirkulyasiya buzilishlari rivojlanadi. Ukraina pediatrlari tomonidan qo’llaniladigan va Ukraina SSV tavsiya etgan (2000) SG ning zamonaviy tasnifi "Sidney tasnifi" ga (1990) javob beradi. Bolalardagi SG odatda irsiy moyillik va yuqorida korsatilgan xavf omillari mavjudligida paydo bo’ladi. SG klinikasi turli-tuman va oshqozonning sekretor, evakuator funksiyalari buzilishi xususiyati, bolaning yoshi va xususiyatining oziga xosligi bilan bog’liq. Qo’zish davrida xlorid kislotasi sekresiyasi bilan bog’liq SG ning quyidagi klinik xususiyatlari qayd qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |