Xlorid kislotasining kuchaygan (yo’ki normal) sekresiyasida (ko’pincha V turdagi gastrit)
Og’riq sindromi: jadal va davomli, ovqat iste'mol qilish bilan bog’liq. Erta ogriqlar fundal gastrit uchun, kechqurungi ogriqlar esa antral gastrit uchun xos. Tungi vaqtdagi ogriqlar. Yil fasli, parhez buzilishi bilan aniq bog’liqlik yo’q. Katta yoshdagi bolalarda paypaslash vaqtida epigastral sohada va piloroduodenal zonada ortamiyona og’riq qayd qilinadi. Dispeptik sindrom: "achchiq" kekirish, havoli kekirish, jihildon qaynashi, ko’ngil aynishi, ich qo’tishlarga moyillik. Nospesifik intoksikasiya va asteniya sindromlari ozgaruvchan. Vegetativ o’zgaruvchanlik, jizzakilik, ruhiy va fizik zoriqishlarda tezda charchash nazarni tortadi.Xlorid kislotasining kuchsiz sekresiyasida (ko’pincha A turidagi gastrit)og’riq sindromi kuchsiz ifodalangan, epigastral sohadagi simillovchi tarqoq ogriqlar xos. Ovqatdan so’ng qorinning yuqori qismida og’irlik va tolish sezgisi; ogriqlar ovqat sifati va hajmiga bog’liq ravishda paydo bo’ladi va kuchayadi. Paypaslashda epigastral sohada kuchsiz "tarqoq" og’riqlilik. Dispeptik sindrom ogriq sindromidan ustun keladi. Ovqat bilan kekirish, ko’ngil aynishi, og’izda achchi? his qilish, ishtaha pasayishi, meteorizm, ozgaruvchan ich kelishi kuzatiladi. Pasaygan sekretor faollikka ega gastritda ba'zi ovqat mahsulotlariga (botqa, sutli ovqatlar va h.) jirkanish. Nospesifik intoksikasiya sindromi ancha ifodalangan, asteniya ustun keladi. Bemorlar rangpar, ovqat hazm bo’lishiganing oshqozon bosqichi buzilishi va oshqozon osti bezi tomonidan ikkilamchi buzilishlar natijasida tana vazni kamaygan, og’ir qo’llarda poligipovitaminoz ko’rinishlari, kamqonlik paydo bo’ladi. Mamlakatimiz pediatrik amaliyotida oshqozonning kislota hosil qilish funksiyasiga katta e'tibor beriladi, u nafaqat gastroenterologik patologiyaning klinik ko’rinishlari xususiyatlariga ta'sir etadi, balki antisekretor terapiya va reparantlarni asoslangan holda tayinlash imkonini beradi.Oshqozonning kislota hosil qilish funksiyasini aniqlashning zamonaviy uslubi me'da ichi rN-metriyasidir. Bu uslub oshqozonning tanasi va antral bo’limi rN ni aniqlash imqonini beradi. Oshqozon tanasi normal rN och qoringa 5 yoshdan katta bolalarda 1,7-2,5 ni tashkil qiladi, gistamin yuborgandan keyin - 1,5-2,5 ga teng. Kislotani neytrallovchi me'daning antral bo’limi 5 dan katta rN ga ega (Shabalov M.P., 1999). Ya'ni oshqozonning tanasi va antral bo’limlari rN farqi normada 2 dan ko’pligi kompensasiyalangan holatni ko’rsatadi. Ushbu farqning kamayishi antral bo’limning neytrallovchi xossasi pasayishidan va on ikki barmoq ichak kislotalanganligidan (dekompensasiyalangan holat) dalolat beradi. Ba'zi, me'da ichi rN-metriyasini amalga oshirish imqoni yo’q davolash-profilaktik muassasalarda oshqozonning rN ni tekshirish turli qitiqlovchilar yo’rdamida fraksion usulda olib boriladi. SG tushunchasi klinik-morfologik. Oshqozon zararlanishining eng toliq manzarasini me'daning antral, fundal bo’limlari va burchagi bioptatlarini kompleks organish beradi. Ta'kidlash joizki, yetakchi gastroenterologlar nuqtai nazaridan oshqozonni morfologik tekshiruvdan otkazmasdan gastrit tashxisini qoyish qonunga togri kelmaydi. Morfologik tekshiruvgacha dastlabki tashxis sifatida yarasiz dispepsiya terminini qollash tavsiya etiladi. SG ni zamonaviy tekshiruv sxemalari gastrit turi, oshqozonning sekretor funksiyasi, bola yoshi, vegetativ nerv tizimi holati va uning ruhiy-emosional ahvoliga bog’liq.
Bolalardagi qorin ogriqlarining ko’pchiligi psixogen xususiyatga ega ekanligi inobatga olinsa - SG tashxisini endosko’pik va gistologik verifikasiya qilish kerak va faqat shundan keyingina birga qosqilib kelgan gastroenterologik, somatik va ruhiy somatik patologiyalarni inobatga olibgina terapiyani boshlash zarur.
A turidagi gastritni davolash tamoyillari
Me'yorga yaqin oshqozon funksiya qilish sharoitlarini yaratishga haratilgan ornini bosuvchi terapiya, oshqozon shilliq qavati atrofik jarayonlarini kompensasiyalash amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |