Davolash. OChYD mavjud bolalarni davolash asosida kompleks yondoshish yotadi. Bu bir nechta yonalish bo’yicha: surunkali infeksiya ochoqlarini sanasiya qilish; parazitlarga harshi terapiya; me'yoriy ovqatlanish tartibini tiklash orqali organizmning himoya tizimini me'yorlashtirish; allergizasiyani pasaytirish; gipovitaminoz va disbakteriozini yo’qo’tish tadbirlari amalga oshiriladi degani.
Davo ovqatlanishi. Ovqatlanish mexaniq, kimyoviy va termik avaylovchi bo’lishiga kerak (5-dieta). Safroning ritmik ajralishini ta'minlash uchun ovqatni kuniga 5-6 marta qabul qilish zarur. Bunda maxsus ivigan qatiq, qatiq, yogurt va boshqa nordon-sutli mahsulotlarni ertalabki va kechki qabul qilish inobatga olinadi. Ovqat mahsulotlarini kun mobaynida bir tekis ta?simlanishiga intilish kerak. Kechki ovqatni bolalarga uyqudan 2-3 soat oldin berish zarur. OChYD da haddan tashhari ko’p ovqat iste'mol qilish mumkin emas! Kasallik qo’zigan paytda ekstrafaol moddalar: xantal ziravori, garmdori, yerqalampir, piyoz, sarimsoq, shovul, redis, turp, dudlangan go´sht va baliq, zamburug’lar, tuzlangan mahsulotlar, go´shtli, baliqli, zamburug’li qaynatma shorvalar, o’tkir souslar ovqat rasioniga kiritilmaydi. qiyin eriydigan yoglar: qo’y, cho’chqa, mol yo’ki g’oz moylarni iste'mol qilish mumkin emas.
OChYD da safroning ichakka bir maromda tushmasligi va oshqozon osti bezi fermenti - lipazaning faolligi pasayishi sababli yo’qlarni hazm qilish qiyinlashgan bo’ladi. O’simlik moylari (kungabohar, zaytun) afzalroq, sababi ularni qayta ishlash uchun ko’p miqdordagi safro va fermentlar talab qilinmaydi. Ovqatlanishdan kremli qonditer mahsulotlari, yog va shirinlik qo’shilgan xamir, shokolad, kakao va tabiiy qahva, yo’g’li baliq, kolbasa mahsulotlari olib tashlanadi. Gipertonik yo’ki giperkinetik tipidagi diskineziyali bolalarga ichakda ko’p miqdorda gaz toplanishiga olib keluvchi mahsulotlar (javdari non, loviya, nuxat) bo’lmagan avaylovchi dieta tayinlanadi. Juda ham sovuq ovqatlar va ichimliklar sfinkter spazmini kuchaytirishi va og’riqlarni qo’zg’atishi mumkin. O’t chiharuv yo’llari diskineziyasining gipotonik yoki gipokinetik shakllarida safro qaydovchi ta'sirga ega ovqat mahsulotlari korsatilgan: osimlik va qaymoq moylari, qaymoq, smetana, tuxumlar. Ko’p miqdorda mevalar, sabzavotlar, qora non qabul qilish tavsiya etiladi. Bunday ovqatlanish bolalarga 1 yildan kam bo’lmagan muddatga tayinlanadi. Og’riq xurujlarining surunkali va qattiq qaytalanishida dieta ko’proq vaqt saqlanishi kerak.
Medikamentoz terapiya. Davolashning eng birinchi kunlaridan vegetativ nerv tizimi holatini korreksiyalash amalga oshiriladi. OChYD ning gipertonik va giperkinetik tipida sedativ dori vositalari: bromidlar, valeriana, arslonquyru? damlamasi tayinlanadi.
OChYD ning gipotonik va gipokinetik tipida tetiklashtiruvchi dori vositalari: eleuterekok, levzey ekstrakti, odamgiyog, araliya, shizandra damlamasi ko’rsatilgan. Ushbu patologiyada antibakterial terapiya qollanilmaydi. Boshqa yo’ndosh kasallik tufayli kimyoterapiya tayinlanganda ushbu medikamentlarning o’t chiharuv tizimiga salbiy ta'sirini inobatga olish kerak. Lyamblioz va boshqa gijja invaziyasi aniqlanganda gijjaga harshi terapiya zarurdir. O’t haydovchi dori vositalariga alohida rol beriladi. Ta'sir mexanizmlariga kora ularni xoleretiklar (safro paydo bo’lishigani kuchaytiradi) va xolekinetiklar (o’t pufagidan safroning ichakka chiqishini ta'minlaydi) guruhiga ajratishadi. Xoleretiklarga alloxol, xolenzim, xolesin, liobil va o’t kislotalari mavjud boshqa dori vositalari; nikodin, oksafenamid, sikvalon (sintetik dorilar); boznochi, joxori popugi, dastarbosh, na'matak, xolagol, olimetin (osimlik dorilari); valeriana dorilari, mineral suv (safro sekresiyasining suv komponenti hisobiga kuchayishi) kiritiladi. Xolekinetiklarga magniy sulfati, sorbit, ksilit, berberin bisulfat (o’t pufagi tonusini kuchaytiradi va o’t chiharuv yollari tonusini pasaytiradi), spazmolitiklar, eufillin (biliar tizim sfinkterlarini boshashtiradi) kiradi. Safro hosil bo’lishiga va safro chiqish funksiyalarini tiklash uchun dori vositalarini tanlash diskineziya tipiga bog’liq.
OChYD ning gipertonik tipida oksafenamid,nikodin, kuchsiz mineralizasiyalangan mineral suvlar (Slavyanovskaya, Smirnovskaya, Yessentuki 4, 20, Narzan isitilgan holda kuniga 5-6 marta) qollaniladi. Fito’terapiya uchun moychechak, qalampir yalpiz, qizilmiya ildizi, valeriana ildizi, arslonquyruq giyo’hi, shivit mevalari ishlatiladi.
OChYD ning gipotonik tipida flamin, xolesistokinin, magniy sulfati, pankreomizin; yuqori mineralizasiyaga ega mineral suvlar (Essentuki 17, Arzni va boshq. xona temperaturasida yoki biroz isitilgan holda ovqatdan 30-60 daqiqa oldin oshqozon sekresiyasiga bog’liq holda) tayinlanadi. Fito’terapiya: joxori popugi, boznochi, moychechak gullari, gazanda barglari, na'matak mevalari, dalachoy, tog’rayxon.
OChYD ning giperkinetik tipida spazmolitiklar qisqa kurs bilan, kaliy va magniy dori vositalari, kuchsiz mineralizasiyalangan mineral suvlar isitilgan holatda kuniga 5-6 marta qollaniladi. Fito’terapiya: moychechak gullari, qalampir yalpizi, qizilmiya ildizi, valeriana ildizi, arslonquyruq giyohi.
OChYD ning gipokinetik tipida sorbit, ksilit, xolesistokinin, pankreamizin, magniy sulfati, yuqori mineralizasiyalangan mineral suvlar xona temperaturasida yoki biroz siitilgan holda ovqatdan 3-60 daqiqa oldin tavsiya etiladi. Fito’terapiya huddi gipotonik tipidagi kabi. Jigar ichi xolestazida tyubajlar (zondsiz o’t chiharuv tizimi drenaji, yoki "kor-korona" zondlash) haftasiga 1-2 marta amalga oshiriladi. Tetiklantiruvchi, xoleretik va xolekinetik dori vositalari tayinlanadi. Jigar fermentining yuqori faolligida AlT xoleretiklar tayinlanmaydi. OChYD mavjud bolalarni davolash safro dimlanishi va o’t chiharish buzilishi to’liq bartaraf qilinguncha olib boriladi. Juda ifodalangan ogriqlarda bolani 10-14 kun mobaynida stasionar sharoitda davolash maqsadga muvofiq, keyin - mahalliy sanatoriy sharoitida. O’t chiharuv yollarining funksiyasi buzilishini oz vaqtida tashxislash va bolalarni aniqlangan buzilishlarning turiga bog’liq ravishda to’g’ri davolash keyinchalik o’t pufagi, jigar, oshqozon osti bezi yalliglanish kasalliklarini oldini olish imqonini beradi va o’t pufagida hamda buyraklarda tosh erta tosh hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |