Klinik manzarasi. Klinik ko’rinishlari va kechish xususiyati surunkali gepatit turiga bog’liq. Surunkali gepatitning surunkali persistirlovchi gepatit va surunkali faol gepatitga bo’linishi morfologik meznolarga asoslangan bo’lsa ham, ushbu gepatitlarning klinik korinishi shunchalik turli-ki, bu ularni alohida korib chiqishga imqon beradi.
Surunkali persistirlovchi gepatit kuchsiz ifodalangan klinik ko’rinishlar bilan xususiyatlanadi. Bolalar odatda shikoyatlar qilishmaydi, ularda ishtaha saqlangan, sariqlik yo’q, tomirli o’zgarishlar doimiy emas. Kasallikning yetakchi, ba'zida yagona belgisi jigarning, kamroq taloqning kattalashishi va zichlashishi hisoblanadi. qon zardobida katta doimiylikda jigar-hujayralari fermentlari (asosan AlAT, AsAT) ning kuchli faolligi, ba'zida ortamiyona dispro’teinemiya, ba'zida timol sinamasi korsatkichlari oshganligi aniqlanadi. Doimiy ravishda HbsAg aniqlanadi. Reogepatogramma va exogepatogrammadagi o’zgarishlar yetarlicha ifodalangan va surunkali persistirlovchi gepatit tashxislanishida muhim ahamiyatga ega. Surunkali persistirlanuvchi gepatit kechishi doimo yaxshi sifatli.
Surunkali faol gepatitga o’tishi kuzatilmaydi. Jigar sirrozi shakllanmaydi. Bunday gepatitning eng ko’p oqibati – sog’ayish, qoldiq fibroz yoki jigar funksional sinamalarining me'yorligidagi klinik ko’rinishlarisiz uzoq davom etuvchi (umrbod) persistirlanuvchi N-antigenemiya. Surunkali faol gepatit ifodalangan klinik simptomatika va jigar funksional sinamalarining ancha siljishi bilan xususiyatlanadi. Bolalar umumiy holsizlikka, tezda charchashga, ishtaha pasayishiga, qorindagi og’riqlarga, meteorizm, kamroq turgunsiz ich kelishiga shikoyat qilishadi. Ko’pincha teri va skleralarning sariqligi aniqlanadi. Teri qoplamlari quruq, rangpar. Yuzda, ko’krakda, qo’l panjasida tomirli yulduzchalar - teleangiektaziyalarni aniqlash mumkin, ko’pincha palmar eritema, subfebrilitet aniqlanadi, burundan qon ketishi, petexial yalliglanishlar yagona ekximozlar bo’lishiga mumkin. Jigar va taloqning ancha kattalashishi xususiyatli. Jigar paypaslashda zich, ba'zida og’riqli, yuzasi silliq, cheti o’tkir, ba'zida no’tekis. Qon zardobida jigar hujayralari fermentlari yuqori faolligi, ifodalangan dispro’teinemiya doimo aniqlanadi, timol sinamasi korsatkichlari va beta lipopro’teidlar miqdori oshgan, pro’trombin indeksi va sulema titri pasaygan. HBs va NbeAg viruslari antigenlari persistensiyalashi xos, ko’pincha Anti-NVs, ba'zida faqat anti-NVs ning yuqori konsentrasiyasi bilan birga. Exogepatogrammadaportal gipertenziya boshlanish belgilari bilan boshlanuvchi ko’p sonli zichlashish o’choqlari aniqlanadi. Surunkali faol gepatit kechishi ko’pincha yomon. Jigar sirrozi shakllanishi mumkin. Surunkali delta-infeksiya, odatda intoksikasiya, sariqlik o’shib borishi, jigar va taloqning kattalashishi, jigar-hujayrali yetishmovchiligining chuqur biokimyo’viy korinishlari bilan sodir bo’ladigan aoritez-tez ifodalangan qo’zishlar bilan kechadi.
Delta infeksiya uchun klassik surunkali gepatit V ga haraganda kasallikning og’ir kechishi xos.Surunkali persistirlanuvchi gepatit kuchsiz ifodalangan klinik ko’rinishlari bilan xususiyatlanadi. Bolalar odatda shikoyat qilishmaydi, ularning ishtahasi yaxshi, sariqlik yo’q, tomirlar o’zgarishi doimiy emas. Kasallikning yetakchi, ko’pincha yagona simptomi jigarning, kamroq qo’llarda taloqning kattalashishi va zichlashishidir. qon zardobida katta doimiylikda jigar-hujayra fermentlarining (asosan AlAT, AsAT) oshgan faolligi aniqlanadi, ko’pincha ortamiyona dispro’teinemiya, ba'zida timol sinamasi ko’rsatkichlari oshishi. HbsAg doimiy ravishda aniqlanadi. Reogepatogramma va exogepatogrammadagi o’zgarishlar yetarlicha ifodalangan va surunkali perisitirlanuvchi gepatit tashxisi uchun muhim ahamiyatga ega.
Surunkali persistirlanuvchi gepatit kechishi doim yaxshi sifatli. Surunkali faol gepatitga o’tishi kuzatilmaydi. Jigar sirrozi shakllanmaydi. Bunday gepatitning eng tez oqibati sohayish, qoldiq fibroz yoki klinik korinishlarsiz va normal jigar funksionalsinamalari bilan uzoq vaqtli (umrbod) persistirlanuvchi HBs antigenemiya.
Surunkali faol gepatit ifodalangan klinik simptomatika va jigar funksional sinamalarining kuchli siljishlari bilan kechuvchi kasallik. Bolalar umumiy holsizlikka, tez charchashga, ishtaha pasayishiga, qorindagi og’riqlarga, meteorizm, kamroq turg’unsiz ich kelishiga shikoyat qilishadi. Ko’pincha teri va sklera sariqligi aniqlanadi. Teri qoplamlari quruq, rangpar. Yuzda, ko’krakda, qo’l panjasida tomirli yulduzchalar - teleangioektaziyalar, ko’pincha palmar eritema, subfebrilitet aniqlanadi, burundan qon ketishlari, petexial yalliglanish, bitta-yarimta ekximozlar bo’lishiga mumkin. Jigar va taloqning kattalashishi xususiyatli. Paypaslashda jigar zich, ba'zida og’riqli, uning yuzasi tekis, cheti o’tkir, ba'zida no’tekis. qon zardobida doimiy ravishda jigar-hujayrali fermentlarning kuchli faolligi, ifodalangan dispro’teinemiya topiladi, timol sinamasi va beta lipopro’teidlar miqdori oshgan, pro’trombin indeksi va sulemali titr pasaygan. HBs va KbsAg viruslari antigenlari persistensiyasi xos, ko’pincha anti-HBs bilan birga, ba'zida faqat yuqori konsentrasiyadagi NVs bilan. Exogepatogrammada ko’p sonli zichlashish o’choqlari aniqlanadi, ko’pincha boshlanayo’tgan portal gipertenziya belgilari bilan. Surunkali faol gepatit kechishi yomon. Jigar sirrozi shakllanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |