BOLALARDA SURUNKALI GLOMERULONEFRIT
Surunkali glomerulonefrit (SGN) - birlamchi glomerulopatiyalar guruhi bo’lib, persistirlovchi, avj olib boruvchi immun yallig'lanish bilan nefronlarning sklerotik va destruktiv zararlanishi, keyinchalik tubulointerstisial skleroz va qisman surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. SGN birlamchi, irsiy moyilligi bo’lgan surunkali kasallik hisoblanadi. Trigger omillari quyidagilardan iborat:
1) norasional dori terapiyasi (uzoq vaqt nefrotik dori vositalarini qabul qilish, poliprogmaziya);
2) surunkali infeksiya ochoqlari;
3) persistirlovchi virusli infeksiyalar;
4) haddan tashhari antigenli zo'riqish (qo’shilgan va residivlovchi infeksiyalar, immunoglobulinlarni qayta yuborish, immunizasiyani norasional
o’tkazish).
Patogenezi. Kasallikning asosida immuno patologik jarayon yotadi:
1) nefron membranalarining nostabilligi natijasida buyrak antigenlarining qon oqimiga o’tishi, gistogematologik barerni turli xil omillar natijasida zararlanishi, buyrak displaziyasida kuzatiladi. Buning natijasida kanalchalar bazal membranasi va koptokchalarni zararlaydigan autoantitanachalar, sito’toksik limfositlar, immun komplekslar hosil bo’ladi, kompliment tizimi aktivlashadi;
2) immunologik reaktivlikning buzilishi natijasida, buyrakning zararlanmagan to’qimalarida autoimmun jarayo’nga olib keladi (tizimli
kasalliklarda).
Tasnifi.
Xalqaro amaliyotda SGNning morfologik tasnifidan foydalaniladi. quyidagi morfologik shakllari ajratiladi:
1)membranozli;
2)membranoz-proliferativ GN;
3)fokal-segmentar glomeruloskleroz;
4)mezangioproliferativ (IgA-nefropatiyu);
5)fibroplastik (yuqorida ko'rsatilgan shakllarning boshlanishi SGN).
SGN kechishi quyidagicha bo’lishiga mumkin:
1) turli xil davomiylikdagi dori yoki spontan remissiyali residivlanuvchi SGN;
2)persistirlovchi jarayonning to'xtovsiz faolligi bilan kechuvchi;
3)progressivlanuvchi tez rivojlanuvchi SGN (2-5 yildan keyin) SBE rivojlanishi bilan birga kechadi..
SGN klinik manzarasi. Gematurik shaklida kasallik boshlanishini aniqlash qiyinroq bo’ladi (mikrogematuriya to'satdan aniqlanadi). Shikoyati yog, arterial qon bosimi normada, shishlar tranzitor xarakterga ega, dizuriya va intoksikasiya kuzatilmaydi. Ba'zida teri rangi oharishi, qorinda va belda ogriq, tez charchash, bosh og’rishi aniqlanadi.Kasallikning asosiy belgisi – turg’un gematurik sindrom. Gematuriya aniq bilinadi. Buyrak funksiyasi buzilmaydi.
SGNning shishproteinuriya shakli ko’pincha o’tkir boshlanadi. O’tkazilgan respirator infeksiyadan keyin, anginalar, vaksinasiya, sovuq qo’tish, ba'zida tashqi sabablarsiz o’tkir nefrit klinikasi massiv proteinuriya bilan boshlanadi. Kasallikning asosiy simptomlari quyidagilar:
1) massiv pro’teinuriya (siydik analizida 3%dan ortiq, 2,5 g/sutdan yuqori);
2) shishning turli xil rivojlanishi;
3) gipopro’teinemiya, giperlipidemiya.
Arterial gipertenziya va azo’temiya bo’lishiga mumkin, davolanish davomida tez yo’qoladii. Buyrakning azo’t ajratuvchi funksiyasi uzoq vaqt saqlanadi, lekin keyinchalik SBE rivojlanadi.
SGN aralash shakli o’tkir nefritga oxshab boshlanadi. quyidagilar xarakterlidir:
1)qorinda va belda ogriq, dizuriya;
2)yaqqol shishlar;
3)arterial gipertenziya (bosh og’rishi, bosh aylanishi, lanjlik yo’ki qo’zg’aluvchanlik, ko’rishni pasayishi, ba'zida yuz nervi paralichi, qusish, giperrefleksiya, ataksiya va ochoqli yoki umumiy talvasalar). Arterial qon bosimi yosh normativlaridan ortadi.
Ko’z tubi tekshirilganda gipertenzion angioretinopatiya aniqlanadi. quyidagilar xarakterlidir:
1) siydikdagi o’zgarishlar (gematuriya, yaqqol pro’teinuriya);
2) gipopro’teinemiya, giperlipidemiya;
3) buyrak biopsiyasida - proliferativ-fibroplastik glomerulit aniqlanadi.
Kasallikning bu shaklida SBE 1-2 yildan keyin rivojlanadi.
SGN tashqisi OGNdagi klinik laborator tekshiruvlaridek olib boriladi. Kasallikning nefro’tik shakllarida qo’shimcha virusli gepatit V markerlariga, sitomegalovirusga tekshiriladi.
Maxsus nefrologik markazlarda buyrak biopsiyasi o’tkaziladi, buning natijasida buyrak shikastlanishining morfologik turi aniqlanadi, glyukokortikoidlar immunodepressantlarni berishni maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, va kasallikning oqibati organiladi.
Dostları ilə paylaş: |