SURUNKALI PIELONEFRIT
Surunkali pielonefrit - uzoq (6 oydan yuqori) kechadigan yallig'lanish jarayoni bo’lib, ko’p qo’llarda siydik traktini anatomik nuqsonlari yoki obstruksiyasi, kosacha - jomcha tizimining fibrozi va deformasiyasi fonida rivojlanadi. Surunkali pielonefrit yaxshi davolanmagan o’tkir pielonefrit yoki birlamchi surunkali pielonefrit oqibatida kelib chiqadi, kasallikning boshlanishidan o’tkir belgilarsiz kechishi mumkin. Ko’p bemorlarda surunkali pielonefrit bolalik davrida yuzaga chiqadi, asosan qiz bolalarda. Odatdagi tekshiruvda 1/3 bemorlarda pielonefrit tashqisini qoyish qiyin. Ko’pincha sababsiz bezgak kasallikning xuruji haqida guvohlik beradi. Oxirgi yillarda surunkali glomerulonefrit va pielonefritning birga kelishi ko’p uchramoqda.
Klinik ko’rinishi. Bir tomonlama surunkali pielonefrit zararlangan buyrak tomonda bel sohasida doimiy kuchsiz og’riq bilan xarakterlanadi. Dizurik ko’p kasallarda bo’lmaydi. Kasallikning xuruj davrida 20% bemorlarda tana harorati ko’tariladi. Siydik chokmasida leykositlar soni boshqa elementlardan ko’p bo’ladi. Lekin zararlangan buyrakning bujmayishi natijasida siydik sindromi kamayadi. Siydikning nisbiy zichligi normada saqlanadi. Tashqis uchun siydikda faol leykositlarning aniqlanishi muhim ahamiyatga ega. Pielonefritning latent kechishida pirogenal yoki prednizolon testini o’tkazish maqsadga muvofiqdir (10 ml natriy xlorid izo’tonik eritmasida eritilgan 30 mg prednizolon, vena ichiga 5 min davomida yuboriladi; 1; 2; 3 soatdan keyin va 1 sutkadan keyin siydik tekshirilali). Prednizolon yuborilgandan keyin 1 soat davomida ko’p qismi faol bo’lgan 400 000 leykositlar aniqlansa, prednizolon testi musbat deyiladi. Siydikda Shterngeymer - Malbin hujayralari topilsa, siydik traktida yalliglanish jarayonidan dalolat beradi, lekin hali pielonefrit rivojlanganligini aniq belgisi hisoblanmaydi.
Ko’pgina bemorlarda kasallik simptomlaridan biri bakteruriya hisoblanadi. 1 ml siydikda bakteriyalar soni 100 000dan oshsa, bunda antibio’tiklarga va ximiopreparatlarga sezuvchanlikni aniqlash zarur. Arterial gipertenziya-surunkali pielonefrit, asosan ikki tomonlama pielonefritning eng ko’p uchraydigan simptomi.
Buyrakni funksional holati xromosistoskopiya, ekskretor urografiya, klirens-usul bilan tekshiriladi (masalan, endogen kreatinin tozalash koeffisientini aniqlash, har bir buyrakda alohida aniqlanadi), radionuklid usuli (renografiya gippuran bilan o’tkaziladi, buyrakni skanirlash). Surunkali pielonefritda buyrakning konsentrasion funksiyasi erta buziladi, azo’t ajratish funksiyasi ko’p yillar davomida saqlanadi.
Kanalchalar funksiyasi buzilishi natijasida asidoz rivojlanadi, buyrak orqali kalsiy va fosfatlar ajralishi buziladi, ba'zida bu ikkilamchi paratireoidizm, buyrak osteodistrofiyasiga olib keladi.
Infuzion urografiyada oldin buyrak konsentrasion funksiyasining pasayishi, rentgenokontrast moddasining sekin ajralishi, lokal spazmlar, kosacha-jomcha deformasiyasi aniqlanadi. Keyinchalik spastik bosqichi atoniya bilan almashadi, kosacha va jomcha kengayadi. Kosacha qirralari zamburug’ shaklini egallaydi, kosachalar yaqinlashadi. Infuzionnaya urografiya bivaet informativnoy tolko u bo’lnix s soderjaniem mochevini v krovi nije 1 g/l. Agar qonda mochevina miqdori 1 g/ldan kam bo’lsa infuzion urografiya usuli informativ hisoblanadi. Tashqis qoyish qiyin bo’lgan qo’llarda buyrak biopsiyasi o’tkaziladi. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan teri rangi quruq va oharadi, ko’ngil aynashi va qusish, burundan qon ketishi kuzatiladi. Bemorlar ozib ketadi, kamqonlik rivojlanadi. Siydikdagi patologik elementlar yo’qoladi. Pielonefritning asoratlari: nefrolitiaz, pionefroz, buyrak sorgichlari nekrozi.
Tashqisi. Kattaqiyinchilik tug’diradi. Surunkali glomerulonefrit bilan differensial tashqisida siydik sindromi, (leykosituriyaning gematuriyadan ustunlik qilishi, faol leykositlar va Shterngeymer-Malbin hujayralari, yaqqol bakteriuriya pielonefritga xarakterli), ekskretor urografiya, radionuklid renografiya ma'lumo’tlari muhim ahamiyatga ega. Nefrotik sindrom mavjudligi glomerulonefritdan dalolat beradi. Arterial gipertenziyada differensial tashqis pionefrit, gipertonik kasalligi va vazorenal gipertenziya bilan o’tkazish zarur. Pielonefritga xarakterli anamnez, siydik sindromi, rentgenologik va radionuklid tekshirish natijalari, xromosistosko’piyadagi boyog ekskresiyasi asimmetriyasi, ko’p qo’llarda bu kasallikdan dalolat beradi. Vazorenal gipergenziya borligi yoki yogligi, vena ichi urografiyasi, radionuklid renografiya va aortoarteriografiya yo’rdamida aniqlanadi.
Tashqis ko’p ho’llarda katta qiyin. Surunkali glomerulonefrit bilan solishtirma tashqis o’tkazilganda siydik sindromi (leykosituriyadan gematuriyaning ustunlik qilishi, aktiv leykositlar va Shterngeymer-Malbin hujayralarining borlig’i, pielonefritda bakteriuriya bo’lishiga), ekskretor urografiya, radionuklid renografiya ahamiyatga ega. Nefrotik sindrom glomerulonefrit to’g’risida ma'lumo’t beradi. Arterial gipertenziya aniqlanganda pielonefrit, gpertoniya kasalligi va vazoneral gipertenziya orasida qiyosiy tashqis o’tkazish lozim.
Tashqis qo’yishda pielonefritga xos anamnez, laborator tekshiruv natijalari yo’rdam beradi. Vazorenal gipertenziya mavjudligini tomir ichi urografiyasi, radionuklid renografiya va aortoarteriografiya usullari bilan aniqlanadi.
Davosi. Surunkali pielonefritda davo uzoq muddat (yillar) davomida o’tkaziladi. Davoning boshida nitrofuranlar (furadonin, furadantin va boshqalar) buyurtiriladi, nalidikson kislo’talari (nefam, nevifamon), 5-NOK, sulfanilamidlar (urosulfan, atazol va boshqalar.), navbatma-navbat almashtirib turiladi. Bu preparatlar samara bermasa, kasallikning xuruj davrida keng spektrli antibio’tiklar qollaniladi. Antibiotiklarni tavsiya etishdan oldin mikrofloraga bo’lgan sezuvchanlikni aniqlash lozim. Ko’p bemorlar uchun har oyda 10 kunlik davo kursi yetarlidir. Lekin ba'zi bemorlarda bunday davo taktikasida siydikdan virulent mikrofloralar ajralishi davom etadi. Bunday holatlarda antibiotik bilan uzoq muddatli toxtovsiz davolash, dorilarni har 5-7 kunda almashtirish tavsiya etiladi. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganda antibakterial davo samarasi kamayadi (siydikda antibakterial dorilar konsentrasiyasi pasayadi). Qon zardobida qoldiq azo’t 0,7 g/l dan yuqori bo’lganda, antibakterial dorilarning siydikda terapevtik konsentrasiyasini hosil qilish deyarli mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |