Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Buyrak yetishmovchiligining bolalardagi xususiyatlari



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə214/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   226
Buyrak yetishmovchiligining bolalardagi xususiyatlari

Bolalardagi buyrak yetishmovchiligining asosiy sabablari operasiyadan keyingi shok (asosan chaqaloqlarda), qusish bilan kechuvchi kasallik, ich ketishi, suvsizlanish, o’tkir infeksiyalar, sepsis, o’tkir gemoliz, anafilaktik reaksiyalar, nefro’toksik zaharlar bilan zaharlanish, buyraklarning tug’ma zararlanishi, buyrak venalari trombozi, og’ir kasalliklarda suyuqlik va elektrolitlarning haddan tashhari ko’p kiritilishi hisoblanadi. To’g’ilganidan keyin o’tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi buyraklarning postloq nekrozi bilan bog’liq bo’lishiga mumkin.

Konservativ davolash bola yoshi va uning tana vaznini hisobga olgan holda olib boriladi, infuzion terapiya dori vositalarini kiritishning qat'iy ketma-ketligi saqlangan holda (avval geparin, keyin eufillin, glyukokortikoidlar, glyukoza insulin bilan, xlorid natriyning izo’tonik eritmasi, kokarboksilaza, yurak vositalari) amalga oshiriladi. Giperkaliemiyada - kalsiy glyuqonati, anabo’lik gormonlar (glomerulonefrit yogligida); asidozda - natriy gidrokarbonati; alkalozda - glyukokortikoidlar, geparin, veroshpiron (giperkaliemiya bo’lmaganida).

O’tkir buyrak yetishmovchiligida bolalarda, asosan hayo’tining birinchi ikki kunligida bashorat juda ham jiddiy. Profilaktikasi tug'ma va irsiy buyrak kasalliklarni erta tashxislashdan iborat. Bunday bemorlarni turli stress holatlaridan asrash kerak, ularga emlashlar mumkin emas; zarurat bo’lganda infeksion kasalliklarni faol davolash zarur.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi erta bolalik yoshida juda ham kam ho’llarda tipik kechadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi uzoq vaqt kompenasasiyalangan bo’ladi. Ammo tana vazni ortishi bilan dekompensasiya darajasi ham ortadi. Interkurrent kasalliklar, asosan infeksion, terminal bosqichning erta kelishiga imkon yaratadi. Maxsus ko’rsatmalar asosida buyrak ko’chirishi amalga oshiriladi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin