TEMIR YeTIShMOVChILIK KAMQONLIGI
Temir yetishmovchilik kamqonligi (TEK) - temir tanqislikligining ko'rinishi bo’lib, birlik qon hajmida va eritrositlarda gemoglobin konsentrasiyasining kamayishi, mikrositoz, anizositoz, poykilositoz, rang ko’rsatgichining pasayishi, qon zardobida temir va ferritin miqdorining kamayishi, transferrinning temir bilan past darajada to’yinishi, temir boqlovchi xususiyati va eritrositar pro’toporfirinning oshishi bilan xarakterlanadi.
TEK bolalik davrida kamqonlikning eng ko’p korinishidan biri hisoblanadi. Bola hayo’tining ikkinchi yilida va o’smirlik davrida, erta yoshdagi bolalarda juda ko’p kuzatiladi. Yashirin temir tanqisliklik davri temir yetishmovchilik kamqonligidan 1,5-2 marta ko’p uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |