BOLALARDA O’TKIR GLOMERULONEFRIT
Glomerulonefrit infeksion-allergiya tabiatiga ega, ko’pincha buyrak koptokchalari shikastlanishi bilan kechadigan ikki tomonlama buyrak yallig'lanish kasalligidir. Kasallik asosan 5 va 20 yoshdagi davrda namoyon bo’ladi, chaqaloqlarda kam uchraydi. O’tkir glomerulonefrit bilan ko’proq o’g’il bolalar kasallanadi. Odatda u infeksion kasallikdan 2-3 haftadan keyin rivojlanadi, ko’pincha angina, surunkali tonzillit, qizilcha kasalligi, impetigo, saramasdan so’ng boshlanadi. O’tkir glomerulonefritning pnevmoniya, qizamiq, suvchechak, epidemik paro’tit, sildan keyin rivojlanishi holatlari ham qayd etilgan.
Glomerulonefrit rivojlanishida ilgari boshdan kechirilgan kasalliklar, organizm reaktivligi, hayot va ovqatlanish tarzi muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik nefrologlar intrainfeksion kechuvchi nefrit imqoniyatini tan olishadi, ya'ni kasallik infeksiya vaqtida, uning boshlanishining 2-3 kunlarida boshlanadi. Ko’pchilik qo’llarda o’tkir glomerulonefrit streptokok A, asosan 12 tipi (kam qo’llarda 4, 8 va 25 tiplari) bilan bog’liq gemolitik -streptokokkli infeksiya natijasidir. qator mualliflar nefritning toza virusli etiologiyasi mavjudligini ta'kidlashadi.
Glomerulonefrit hodisalari dorilar (simob dorilari, antibio’tiklar, sulfanilamidlar) qabul qilishdan keyin, oqsil moddalarini quyish, ko’p miqdorda asal iste'mol qilish, emlash, hashoratlar, ilonlar chahishidan keyin yuzaga keladi. Bu qo’llarda ekzogen allergenlar allergik mexanizmlar faollashishiga imqon tog’diradi, u oxir-oqibat noinfeksion glomerulonefrit chaqiradi. Bundan tashhari, 1% ho’llarda o’tkir glomerulonefrit rivojlanishini sovish bilan boqlashadi.
Klinik ko’rinishi o’tkir glomerulonefritda juda xilma-xil, ularni ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: buyrak (shishlar, siydik bilan ko’p miqdorda oqsil, eritrositlar, silindrlar chiqishi) va buyrakdan tashhari (kuchli bosh ogriqi, yurak o’ynashi, hansirash, ko’ngil aynishi, ishtaha pasayishi). Ba'zida oxirgilar klinik korinishida ustun keladi. O’tkir glomerulonefritning ijobiy kechishida kasallik davriy rivojlanadi. Birinchi 7-10 kunda kasallikning eng yorqin korinishi hodisalari qayd etiladi, o’tkir glomerulonefrit debyuti deb ataluvchi. Bola bledneet, unda siydikning kunlik miqdori (diurez) kamayadi, subfebril tana harorati, bosh og’rig’i paydo bo’ladi. Ba'zida tez-tez siyishga chaqirish, beldagi og’riqlar kuzatiladi. 2 haftaning oxiriga kelib kasallikning buyrakdan tashhari belgilari o’tib ketadi, faqat siydik sindromi qoladi.
O’tkir glomerulonefrit uchun simptomlar triadasi xos: gipertoniya, shishlar va siydik sindromi.
Gipertoniya (odatda 130/90-170/120 mm sim ust gacha) organizmda suv va tuz utilib qolishi bilan bog’liq. Birdek sistolik va diastolik bosim oshadi, ba'zida faqat sistolik bosimgina ko’tariladi.
Arterial bosimning eng baland ko’rsatkichlari kasallikning birinchi kunlarida kuzatiladi, keyin sekin-asta pasayadi.
Shishlar asosan yuzda, bo’ldirlarda, bel sohasida, zichsimon qonsistensiyaga ega. Shishlar hosil bo’lishigada ham buyrak, ham buyrakdan tashhari omillar (kalava filtrasiyasi pasayishi, kapillyarlar devori o’tkazuvchanligining oshishi).
Siydik sindromi pro’tienuriya (siydik bilan oqsil chiqishi), gematuriya (siydik bilan eritrositlar chiqishi), ba'zida leykosituriya (leykositlar chiqishi) bilan xususiyatlanadi. Pro’teinuriya odatda baland emas (1-2 promille). O’tkir glomerulonefrit uchun pro’teinuriyaning turg’unsizligi, uning tezda yo’qolishi xos.
Gematuriya barcha qo’llarda qayd etiladi (98% gacha), lekin uning darajasi katta chegarada ozgarib turadi. Ko’pchilik bemorlarda eritrositlar faqat mikrosko’p ostida aniqlanadi (ko’rish maydonida 40 tagacha). Kam qo’llarda (taxminan 13%) kasallik qonsimon, qo’ng’ir-qizil siydik chiqishi bilan kechadi.
O’tkir glomerulonefritning atipik kechishi kasallik boshlanishida tipik nefro’tik sindrom, ifodalangan shish va massiv pro’teinuriya bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashhari, o’tkir glomerulonefrit boshlanishida o’tkir yurak yetishmovchiligi sindromi kuzatilishi mumkin, ko’pincha chap qorincha tipida, gipertonik ensefalopatiya (eklampsiya) va o’tkir buyrak yetishmovchiligi juda kam uchraydi. Yuqorida ko’rsatilgan barcha sindromlar o’zaro birga kelishi mumkin, siydik sindromi esa o’tkir glomerulonefritning 98,4% hollarida uchraydi. Notipik kechuvchi kasallikda faqat alohida siydik sindromi buyrakdan tashhari simptomlarsiz keladi va "nefritsiz nefrit" deb ataluvchi, ya'ni siydikdagi o’zgarishsiz kechishi kuzatilishi ham mumkin.
O’tkir glomerulonefritda buyrak funksiyalari ahamiyatli o’zgarishlarga uchramaydi. Kasallikning birinchi kunlarida paydo bo’luvchi va yuqori solishtirma og’irligi bilan birga keluvchi siydik chiqishi kamayishi 2-3 kundan keyin (ba'zida 5-6 kun) katta diurez bilan almashinadi. Kalava filtrasiyasi o’zgarmasligi mumkin, ba'zida uning funksional pasayishi (40-60 ml/daq gacha, me'yorda - 100-120 ml/daq) kuzatiladi. Shishlar yogolganidan keyin funksional buzilishlar ham kamayadi.
Ushbu kasallik tashxisi tipik vaziyatlarda murakkab emas. O’tkir rivojlanishi, oziga xos shikoyatlar, shishlar va gipertoniya, yurak yetishmovchiligi aniqlanishi, shuningdek siydikda oqsil va eritrositlar borligi o’tkir diffuz glomerulonefritni oso’ngina tashxislash imqoniyatini beradi. O’tkir diffuz glomerulonefritni surunkalining zorayishi bilan differensiasiyalash qiyin bo’ladi. Bunday hollarda anamnez, buyrak funksiyasi o’zgarishlari, anemiya, shuningdek rentgenologik tekshiruvlar natijalarida angioneyroretinopatiya aniqlanishi o’tkir glomerulonefritni istisno qilish imqonini beradi.
Ba'zida o’tkir nefritni toksikoinfeksion buyrak deb ataluvchi holatdan ajratish mushkul, toksikoinfeksion buyrak ozgina proteinuriya, mikrogematuriya bilan kechadi, bunday holatlar ko’pgina infeksiya davrida bo’lishiga ham mumkin. Ushbu o’zgarishlarning asosiy kasallik belgilari tinchiganidan keyin yo'qolishi, shishlar bo’lmasligi, gipertoniya o’tkir glomerulonefritga harshi guvohlik beradi. Bundan tashhari, o’tkir nefrit differensial tashxisotida siydik o’zgarishlari bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligini, o’tkir buyrak yetishmovchiligini, amiloidozning o’tkir rivojlanishini, turli vaskulit va kollagenozlarda buyrak o’zgarishalrini, o’tkir pielonefritni istisno qilish kerak. To’liq sohayish 80% qo’llarda, 15% bolalarda kasallik surunkali kechishga o’tadi. Glomerulonefrit bilan kasallangan bolalar orasida olim 5% ni tashkil etadi. Olim kasallikning o’tkir bosqichida buyrak yetishmovchiligi natijasida sodir bo’lishiga mumkin. Sun'iy buyrak qollanilish imqoniyati bo’lgani uchun hozirgi vaqtda olim holatlari ancha kamaydi. qonning sun'iy dializi bemorga anuriya (siydik chiqishi toxtashi) davrini o’tkazish, keyin to’liq sohayish imqonini beradi. O’tkir glomerulonefrit profilaktikasi tomoq, tanglay mutaklari, burun qo’shimcha bo’shlig’lari, teri streptokokk infeksiyasini, shuningdek stafilokokkli infeksiyani erta va jadal davolashdan iborat. Bundan tashhari surunkali infeksiya o’choqlarini aniqlash va sanasiyasi profilaktik ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda bola organizmini chiniqtirish zarur.
O’tkir nefritni davolashning asosiy uslublari - rejim, dieta va medikamentoz terapiya - bola sog’ligi holatiga bog’liq holda pediatrlar tomonidan aniqlanadi; davolash stasionarda ili uyda olib borilishi mumkin. O’tkir davrda bolani tushakka yo’tqizish kerak, issiqlik bilan ta'minlash muhim. Ko’rpa-to’shak rejimini diurez tiklanishi, shishlar yo’qolishi, arterial bosim pasayishi va massiv gematuriya bartaraf etilishiga qadar (odatda 3-4 hafta) olib borilishi kerak.
O’tkir glomerulonefrit o’tkazgan har bir bola nefrolog kuzatuvi ostida 12 oydan kam bo’lmagan muddatda bo’lishiga kerak. Nazorat siydikning davriy tahlili (10-14 kun mobaynida 1 marta), qon bosimini tekshirish va yangi streptokokkli infeksiya profilaktikasidan iborat. Profilaktik emlashlar kasallikdan so’ng 12 oy mobaynida mumkin emas. Bundan tashhari, fizkultura bilan shug’ullanishni kamaytirish kerak, chumilishni istisno qilish va sovqo’tishdan ehtiyo’t bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |