Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Siydik tutaolmaslikning asosiy turlar



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə206/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   226
Siydik tutaolmaslikning asosiy turlari

"Shosqilinch tutaolmaslik"

siydik qopini boshatishga katta extiyoj bo’lganda


Stress holatida tutaolmaslik

siydik xaydovchi mushak hisharmasligi fonida qorin bo’shlihidagi bosimning ortishi

Siydik qopi to’lganda tutaolmaslik.

Siydik qopi tolganda peshob kam-kam miqdorda ajraladi

Reflektor

odatdagi siydik pufagini boshatishga bo’lgan extiyojning yo’qligida anomal reflektor aktivlikning paydo bo’lishi

gahaqiqiy yoki to’tal

siydik qopida bir oz siydik paydo bo’lishiga bilan uni boshatishga extiyoj paydo bo’lishiga

Ekstrauretral

siydik chiharish kanalining anomal joylashuvi orqali siydik ajralishi


SISTIT

O’tkir sistit siydik qopi shilliq pardasining mikrobli yallig'lanishidir. Kasallikning bunday tasniflanishining ahamiyatga moyil tomoni shundan iboratki, siydik ajratish tizimi yuqori qismining infeksion yallig’lanishi siydik ajratish pastki qismining infeksion yallig’lanishiga nisbatan, mukammal tekshiruv, davolash va kasallikni dinamikada kuzatishni talab etadi. O’tkir sistit qiz bolalarda, og’il bolalarga nisbatan 3-5 maro’taba ko’p uchraydi. Bu hol qiz bolalarda siydik ajratish tizimining pastki qismi, endokrin tizimidagi o’ziga xos o’zgarishlar bilan tushuntiriladi.

Etiologiyasi. Kasallikning rivojlanishida infeksiyaning ahamiyati katta. Patogen bakteriyani siydik qopiga yengillik bilan tez o’tishi ayollarda siydik ajratish tizimining o’ziga xosligi - uretraning kalta va kengligi, qin va to’g’ri ichakning yaqin joylashganligidir. Kasallikning rivojlanishida quyidagi omillar muhim rol oynaydi: nur bilan davolanish, nefropatiya, jinsiy a'zolarning yalliglanishi, sovuq qo’tish. Siydik qopi shilliq pardasida mahalliy qon aylanishining buzilishi, yuqori verulentlikka ega bo’lgan bakteriyalarning siydik qopida uzoq vaqt davomida qolib ketishi kasallik rivojlanishiga sabab bo’ladi. Surunkali sistit siydik qopining toshi, osmasi, tuberkulezi hisobiga bo’lishiga mumkin, bunday qo’llarda surunkali sistit ikkilamchi bo’lib, shifokordan buni o’z vaqtida aniqlash vazifasini talab qiladi. Birlamchi surunkali sistit deyarli uchramaydi. Odatda birlamchi surunkali sistit ostida boshqa urologik kasalliklar bo’lishiga mumkin.

Klinikasi. Siydik qopining yalliglanish kasalligi birdaniga rivojlanishi mumkin, lekin ko’p qo’llarda kasallik asta-sekin rivojlanadi. Kasallik siydik chiharish mahalida uretrada va chot orasida achishish va qichishish hissi bilan namoyon bo’ladi. Bu belgilar siydik ajralgandan keyin ham saqlanadi. Siydik ajralishi tez-tez, og'riqli bo’lib, siydik miqdori borgan sari kamayib boradi. Siydik ajralishining oxirida ba'zan siydik qon aralash keladi. Ko’p qo’llarda tana harorati normal korsatgichda bo’ladi, ba'zan subfebril bo’lishiga mumkin. Sistitda tana haroratining ko’tarilishi ko’p qo’llarda infeksiyaning siydik ajratish tizimining yuqori qismiga o’tganligini bildiradi. qovuq ustining palpasiyasi va perkussiyasi ba'zida og'riqli bo’ladi. Bolalarda qorin oldi devori mushaklarining taranlashuvi asosan bolalarda kuzatiladi. O’tkir sistitda peshob tahlilida ko’p miqdorda leykosit va eritrositlar aniqlanadi. Infeksion sistitda bakteruriya har-doim aniqlanadi. 1 ml siydik tarkibida 100 000 mikrobning aniqlanishi o’tkir jarayon ketayo’tganligini ko’rsatadi. qonning umumiy tahlilida ortacha korsatgichli leykositoz va EChT yuqori bo’ladi. O’tkir sistitning kliniko-laborator ko’rinishlari kasallikni to’g’ri davolaganda 7-14 kun ichida asosratsiz yo’qoladi. Surunkali uzoq vaqt kechuvchi sistit siydik qopi - siydik chiharish kanali yo’piluvchi mexanizmining buzilishiga olib keladi. Bu esa keyinchalik ikkilamchi pielonefrit rivojlanishiga sabab bo’lishiga mumkin. Tashqi tomondan surunkali sistit siydik qopi devorida qaytmas struktur o’zgarishlar, deformasiyalar va mushak tolalari gistoarxitektonikasining buzilishiga sabab bo’lishiga mumkin.

Tashhisot: O’tkir sistit tashqisi bemordagi dizurik belgilar, palpasiyada qovuq usti sohasida paydo bo’ladigan lokal og’riqlar, peshob tahlilida namoyon bo’ladigan leykosituriya, gematuriyaga asoslanib qo’yiladi.Asosiy tekshirish usullaridan biri siydikni ekish va mikrofloraning antibakterial hamda ximioterepevtik dorilarga sezuvchanligini aniqlash hisoblanadi. Bu usul sistitda rasional antibakterial davo o’tkazishga yo’rdam beradi, ammo buning uchun 48 soat vaqt talab qilinadi.

Siydik agar steril chiqsa bunda sistitning sababi tuberkulez bo’lishiga mumkin.

Kechishi: O’tkir sistit bilan og’rigan bemor yotoq rejimiga rioya qilishi, sovuq qo’tmasligi zarur. Qovuq ustiga issiq grelka qo’yish, o’tiruvchi issiq vannalar ogriqni kamaytiradi. Ovqat o’tkir pripravalar va konservandlarsiz bo’lishiga kerak. Sutli choy qabul qilish tavsiya etiladi.

Asosiy davolash yo’li antibio’tiko’terapiya o’tkazishdan iborat. Antibio’tikni siydik ekmasining javobi chiqishini kutmasdan boshlash lozim. qollaniladi: biseptol 2 tabletkadan kuniga 2 mahal, nevigramon 0,5 dan 4 mahal, furadonin 0,2 dan 4 maxal, furagin 0,2 dan kuniga 3 mahal buyuriladi.

Davolash 5-10 kun davom ettiriladi. Agar kasallik kechishi cho’zilib ketsa va bakteruriya aniqlanishi davom etilaversa (1 ml siydikda 100 000 mikrob tanachalaridan ortiq), antibio’tiklar tavsiya etiladi. Bunday hollarda ampisillin 500 mgdan kuniga 4 mahal, mushak orasiga qilinadi.

Profilaktikasi: Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, qabziyat va ginekologik kasalliklarni o’z vaqtida davolash.

Oqibati: o’z vaqtida davolash tadbirlari olib borilganda - yaxshi tugaydi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin