Differensial tashqis. SGNda pielonefrit, interstisial nefrit, lipoidli nefroz; gemorragik diatezlar; moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari va dismetabo’lik nefropatiyalar; sarkoidoz va boshqa osma kasalliklari bilan o’tkaziladi.
SGN davosi kasallik kechishi va shakli, buyrak yetishmovchiligi belgilarining borligi, yo’ldosh kasalliklar va kasallik asoratiga harab individual belgilanadi. Bazis terapiya parhez, kun tartibiga rioya qilish, fito’terapiya va infeksiya ochoqlarining sanasiyasidan iborat.
Parhez buyrakning funksional holatiga bog’liq. SGN gematurik shaklining qaytalanish davrida parhez xuddi OGNdagidek belgilanadi. Kasallikning gematurik va aralash shakllarida tuzsiz, tarkibida oqsil kam bo’lgan parhez tavsiya etiladi. Parhezni kengaytirish va oqsil zo'riqishini oshirish asta-sekin olib boriladi.
Yo’toq rejimi kasallikning o’tkir davrida tavsiya etiladi.
Profilaktikasi. Surunkali infeksiya ochoqlarini oz vaqtida aniqlash va davolash, OGN adekvat terapiyasi, gamma-globulinlar, nefro’toksik preparatlar va boshqa qon preparatlarini rasional qo'llashdan iboratdir.
Oqibati. Kasallikning klinik shakllariga bog’liq. Ko’ptokchalar membranasi minimal o'zgargan nefrotik sindromda oqibati yaxshi (80-90% bemorlarda sohayish kuzatiladi). Lekin ko’p hollarda SGN - buyraklarning sekin asta skleroziga olib keluvchi, progressirlovchi kaallikdir.
Dostları ilə paylaş: |