Tashxis. Surunkali gepatit V ni NV-virus bilan bog’langan jigarda (6 oydan oshiq) kechayo’tgan distrofik-proliferativ yalliglanishli jarayon asosida tashxislanadi, bunda yetakchi klassik simptomlar qatoriga astenik va dispeptik belgilar va shuningdek tomirli o’zgarishlar bilan keluvchi turli darajadagi gepato- yo’ki gepatosplenomegaliya kiradi. Remissiya davrida surunkali gepatit klinik belgilari juda oz, shuning uchun diagnostika maqsadida qo’shimcha paraklinik tekshiruv uslublari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orasida turli subhujayra lokalizasiyasidagi fermentlarni aniqlash eng qimmatli bahoga ega. Surunkali gepatitda eng ko’p doimiylikda AlAT va AsAT faolligining oshishi aniqlanadi, shu bilan birga AsAT faolligi AlAT ga haraganda ko’proq oshadi, natijada AsAT/AlAT nisbatini aks ettiruvchi Ritns koeffisienti birdan ko’p bo’ladi. Katta doimiylikda hatto remissiya davrida ham LDG ning 5-fraksiyasi va MDG ning 3-fraksiyasi oshishi aniqlanadi, shuning uchun surunkali gepatit tashxiso’ti uchun LDG va MDG ning izoenzim spektrini aniqlash maqsadga muvofiqdir. F-1-FA, F-1-6-FA faolligini, sorbit degidrogenazani va boshq. Aniqlash kamroq tashxisiy ahamiyatga ega. Surunkali gepatit uchun globulinli fraksiya, odatda gammaglobulinlar miqdori oshishi hisobiga turg’un dispro’teinemiya va albuminlar miqdori pasayishi xos. Ko’pgina bemorlarda timol sinamasi, beta-lipopro’teidlar ko’rsatkichlarining turg’un oshishi, sulema titri pasayishi aniqlanadi.
Surunkali gepatit V ni tashxislash uchun bilirubin miqdorini qon zardobida aniqlash unchalik ahamiyatli emas, sababi uning miqdorining ortishi faqat qo’zish davrida bo’ladi. Surunkali gepatit V da joimo qon zardobida umumiy xolesterin miqdori oshadi va ishqoriy fosfataza faolligi ortadi, ko’pincha pro’trombin va fibrinogen pasayishi qayd qilinadi.
Tashxislashning spesifik uslublaridan NV-virusi markeralrini aniqlash hal hiluvchi ahamiyatga ega. Surunkali gepatit uchun kelgusida HbeAG ning anti Ne ga seroqonversiyasi sodir bo’ladigan uzoq davomli HBs- va NVE-antigenemiya xos. Bir vaziyatlarda seroqonversiya kasallik o’tkir bosqichining bosilishi haqida guvoqlik bersa, boshqa qo’llarda autoimmun mexanizmlar ustunligi mavjud kasallikning ancha faol shakliga o’tishi haqida dalolat beradi.
Surunkali gepatit shaklini aniqlash uchun immunitetning hujayra va gumoral omillari korsatkichlari katta ahamiyatga ega. Immunoglobulinlarning, asosan M sinfining qon zardobida turg’un oshishi, antyaderoli va antimitoxondrial antitanchalarning yuqori titri, T-supressorlar pasayishi hisobiga T-limfositlarning past miqdori, oyna testida makrofaglarning kuchsiz ifodalangan migrasiyasi surunkali faol gepatitga ishonarli ko’rsatma bo’ladi.
Anti-HBs, IgM, HbeAg serologik markerlari yo’rdamida viruslar replikasiyasi bosqichini baholash imqoniyati va zanjirli polimeraza reaksiyasin aniqlash imqoniyati paydo bo’ldi.
Oxirgisi virusning yadro komponentlarini - nuklein kislo’talarni: Gepatit V virusi DNK si, virusli gepatit A, S, delta, R Y RNK sini aniqlash imqonini beradi. Virusli gepatit S ga antitanachalari mavjud 70% bemorlarda qon zardobida zanjirli polimeraz reaksiyasi yo’rdamida virus RNK si aniqlanadi, bu ushbu antitanchalarning virus replikasiyasi bilan korrelyasiyasini ko’rsatadi.
Tekshirishning instrumental uslublariga: exografiya, gepatoreografiya, kompyuter tomografiya, radionukleidli tekshirishlar issledovaniya; rentgenologik: splenoportografiya, gepatovenografiya, to’g’ri portografiya, xolesistografiya; endosko’piya, jigar biopsiyasi kiradi. Surunkali gepatitni tashxislash uchun qo’shimcha uslublar ichidan jigar to’qimasini ultratovush orqali tekshirish borgan sari katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ushub uslub yordamida jigar parenximasining zichlanish darajasi va sklerozlanishini aniq aniqlash mumkin. Surunkali gpateitdagi jigar ichi qon aylanishi holati haqida muhim qo’shimcha ma'lumo’tni reogepatografiya uslubini qollaganda olish mumkin. qo’shimcha tekshiruv uslublarining shunchalik keng toplamiga ega bo’lib, ko’pchilik qo’llarda nafaqat surunkali gepatitni oz vaqtida tashxislash mumkin, balki faollik bosqichini va hatto a'zodagi morfologik o’zgarishlar xususiyatini aniqlash mumkin. Ushbu masalalar hal etilishi imqoniyati bo’lmagan ho’llarda jigarning punksion biopsiyasi korsatilgan, uning yo’rdamida jigardagi patologik jarayonning xususiyatini (persistirlovchi yo’ki faol) aniqlash mumkin. Biopsiya materiali natijalarini klinik simptomlar yihilmasi va laborator tekshiruvlar ma'lumo’tlari bilan birga baholash kerak.
Differensial tashxislash. Surunkali gepatit V ni ko’pincha o’tkir gepatit qoldiq hodisalaridan, pigment gepatozlar, modda almashinuvi kasalliklaridagi jigar shikastlanishlaridan differensiasiya qilish kerak. O’tkir gepatit qoldiq hodisalari kasallik boshlanishidan birinchi 3-6-oylarda bartaraf qilinadi, surunkali gepatitlarda esa klinik simptomlar va jigar funksional buzilishlari 3 oydan ko’proq vaqtda ham kuzatiladi. 2-3 oydan ko’p vaqtda giperfermentemiya, gipergammaglobulinemiya, giperbilirubin yemiya saqlangan qo’llarda surunkali gepatitni yuqori ishonchlililk bilan taxmin qilish mumkin. Surunkali gepatit uchun qon zardobida HBs - Ag ning turg’un oshishi, Ybe - antigenemiya xos. Shu bilan birga o’tkir virusli nepatit V qoldiq hodisalari mavdjud bolalarda immunitetning hujayra va gumoral ko’rsatkichlari kam o’zgargan, HBV antigenlari aniqlanmaydi. Teleangiektaziyalar, "palmar eritema" kabi tomir o’zgarishlari qoldiq hodisalar uchun umuman xos emas.
Irsiy pigment gepatozlar (Jilber, Dabin-Djonson, Ro’tor sindromlari) sariqlik mavjudligi bilan namoyon bo’ladi. Bolalarning umumiy holati buzilmaydi, jigar va taloq olchamlari me'yorda, qon zardobida qon'yugirlanmagan bilirubin miqdorining oshganligi (Dabin-Djonson va Ro’tor sindromlari) aniqlanadi, jigarning boshqa funksional sinamalari o’zgarmagan. Reoexogepatogramma ham o’zgarishsiz. HBV antigenlari aniqlanmaydi.
Irsiy bog’langan modda almashinuvi kasalliklarida (gepatolentikulyar degenrasiya, glikogenoz, tirozinoz, amiloidoz va boshq.) jigar shikastlanishi spesifik qiyofaga ega emas. Tashxis ushbu kasalliklarga xos simptomlarga asoslangan holda qo’yiladi. Masalan, gepatolentikulyar degenerasiya uchun markaziy nerv tizimi shikastlanishi, shox pardaning periferiyasi boylab va uning ichki yuzasida yashil-qo’ng’ir rangli pigment chokishi xosdir. Tirozinoz uchun umumiy distrofiya, jigar sirrozi, suyaklarning raxitsimon o’zgarishalri va buyrak kanalchalari shikastlanishi xususiyatli. Glikogenli kasallikda (IV tip) asosiy simptomlar bo’lib gepatomegaliya, osishning orqada qolishi, giperlipidemiya va gipoglikemiya hisoblanadi. Yakuniy tashxis maxsus tekshiruv uslublari yo’rdamida qo’yiladi.
Surunkali gepatit V dan farqli o’laroq jigar sirrozi bolaning fizik rivojlanishda orqada qolishining keskin ko’rinishdaligi, ko’p sonli teleangiektaziyalar, palmar eritema, qorindagi tomir to’rining kuchayishi, jigarning keskin zichlashishi yo’ki g’adir-budirligi, gipersplenizm qodisalari bilan splenomegaliya, gemorragik diatez korinishlari (burundan qon ketishi, teridagi gemorragiyalar, ichak qon ketishlari), assit bilan xarkterlanadi. Jigar sirrozi uchun laborator tekshiruvlarnatijalaridan sulema titrining (1 ml gacha) va albuminlarning keskin pasayishi, jigar-hujayrali fermentlarining nisbiy faollgida gamma-globulinlarning ancha oshishi xos. Reogepatogrammada qon toplanishining jadalligi va tezligining kesikn kamayishi, qon oqib ketish qiyinlashishi va dimlanish qodisalari, shuningdek jigar ichi tomirlari tonusining ortishi qayd qilinadi. Ultratovush tekshiruvida ko’p sonli regenratlar tugunlari topiladi.
Fibroxolangioksitoz, yoki jigarning tug’ma fibrozi klinik jihatdan gepatosplenomegaliya, oshqozon-qizilo’ngach qon ketishlari bilan portal gipertenziya, kamroq residivlanuvchi o’t yo’llari infeksiyalari ko’rinishidagi xolangitlar bilannamoyon bo’ladi. Jigarning funksional sinamalari bu kasallikda kam o’zgargan. Exogepatogramma kistalar ko’pligi va zichlanishlarning chiziqli bo’lishiga oqibatida katakchali korinishni beradi.
Davolash. Parhez, harakat tartibi va dori vositalarini tayinlash jarayon faolligi, gepatit shakli, intoksikasiya darajasi va jigarning funksional etishmovchiligi bilan aniqlanadi.
Terapiyaning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
1. Surunkali virusli gepatitda virus replikasiyasini bosish;
2. Bola organizmi immun reaksiya qilinishini hisobat qilish, ushbu jarayonni immun korreksiyalash;
3. Jigar hujayrasining buzilgan metabo’lizmini tiklash.
Surunkali virusli gepatitda virusga arshi dorilarni qollash kutilgan samarani bermadi, ularning barchasi ifodalangan darajadagi gepato’toksik bo’lib chi?di. Bu borada bola organizmining virusga harshi eng asosiy omili hisoblangan va bir vaqtning o’zida immunomodulirlovchi ta'sirga ega interferon shubhasiz muhim ahamiyatga ega. Interferon o’zining ta'sirini virusning hujayra ichi reproduksiyasi bos?ichida namoyon qiladi, bunda u virus RNK sining translyasiyasini buzadi. Surunkali virusli gepatitda va virusli etiologiyali jigar sirro’zida jarayo’nning surunkali shakliga o’tishida muhim omillarning biri hisoblangan interferogenzning keskin pasayishi aniqlanadi. Demak, ushbu kasalliklarni interferon bilan davolash patogentik asoslangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |