Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə92/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226
Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi

Qorinda og'riq ovqat qabul qilish yoki ovqat bilan bog'liq bo'lmagan holda yuzaga kelishi mumkin. Erta og'riqlar gastrit, ezofagitlarda kuzatiladi. Kechki og'riqlar - gastroduodenitlar, yaralarda bo´ladi. Og'riq lokalizasiyasi alohida ahamiyatga ega. Epigastral sohadagi og'riqlar ezofagit va gastritga xarakterli, piloroduodenal sohadagi og'riqlar - antral gastrit, gastroduodenit va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalliligiga xos. O'ng qovurga osti sohasidagi og'riqlar o't ajratish yo'llari kasalligiga xarakterli. Kindikdan yuqori va chapda belboqsimon og'riqlar pankreatitda kuzatiladi. qorinning hamma qismida og'riqlar enterokolitlarda kuzatiladi. O'ng yonbosh sohasidagi og'riqlar appendisit, proksimal kolit, ileitga xos. Qorin palpasiyasi og'riqli nuqtalar va oldingi qorin devoridagi og'riqli sohalarni aniqlaydi, ular orqali qaysi organ zararlanganligi to'g'risida bilib olish mumkin.



Shoffar zonasi - ikkita o'zaro perpendikulyar chiziqlar o'rtasida hosil bo'lgan yuqori o'ng burchak, kindik orqali o'tadi, bissektrisalarni teng ikkiga bo´ladi. Bu yerda oshqozon osti bezining tanasi joylashadi. Dejarden nuqtasi - o'ng yuqori kvadrantning bissektrisasida joylashgan. Bu oshqozon osti bezi boshchasi shikastlanishida kuzatiladigan og'riq nuqtasi.

Meyo-Robson nuqtasi - chap yuqori kvadrant bissektrisasida joylashgan, qovurgalar yoyiga 1/3 qism yetmaydi. Bu oshqozon osti bezi dumchasi zararlanganda kuzatiladigan og'riq nuqtasi. Bolalarda o't pufagini paypaslab bo'lmaydi, lekin togridan-togri o't pufagi va o't yullari zararlanishini bildiradigan ko'p sonli simptomlar mavjud.

Merfi simptomi. Tekshiruvchi qo'l barmoqlarini o't pufagi proeksiyasi sohasiga - qovurgalar yoyining pastki qirrasiga qo'yadi (o'ng qorin to'g'ri mushagini qovurgalar yoyi bilan kesishgan joyi). Nafas olganda bemor kuchli va birdan yuzaga keluvchi og'riqni sezadi.

Ortner simptomi. Nafas olganda qo'l qirrasi bilan o'ng qovurga osti sohasiga tukullatganda og'riq paydo bo´ladi. Bu vaqtda bemor nafas chiqarganda og'riq bo'lmaydi. Kuchli yallig'lanish bo'lsa og'riq o'ng qovurg'a osti sohasiga tukullatganda ham seziladi.

Ker simptomi. Oddiy palpasiyada nafas olganda o't pufagi sohasida og'riq seziladi.

Frenikus simptomi (Myussi simptomi). Ko'krak o'mrov-so'rgich mushaklari oyoglari o'rtasiga bosilganda og'riq seziladi.

Boas simptomi. Orqada VIII-umurtqadan o'ngga bosilganda reflektor og'riq seziladi.

Mendel simptomi - bukilgan barmoqlar bilan epigastral soxaga tukullatilganda og'riq paydo bo'lishi. Bu simptom oshqozon yara kasalligida mumbat bo´ladi.

Ishtaha - bola sog'ligi holatini baholovchi juda keng tarqalgan va universal mezonlardan biri. Ishtaha yuqoriligiga qaraganda, ko'proq ishtaha pasayishiga shikoyat qilishadi. Bu ikkala holat ham bir xildagi e'tiborni talab etadi. Normada ovqatni qabul qilish jarayoni ikkita gipotalamik markaz bilan boshqariladi: yon tomondan "och qolish" markazi va ventromedial "toyish markazi". "Toyish markazi" "och qolish" ni sondiradi, ovqat qabul qilingandan keyin bu toyinish hissiga olib keladi. Xolesistokinin peptidi to'yish ta'sirini chaqiradi va ovqatni tutish regulyasiyasida qatnashadi. Oshqozon mushaklari gipertonusi ishtaha kotarilishiga sabab bo´ladi, oshqozonning gipotoniyasi - ishtahaning pasayishiga olib keladi. Ota-onalarning eng ko'p shikoyati bolada ishtaha yog'ligi, ishtahaning yomonligi yoki ovqat vaqtida injiq bolishidan iborat bo´ladi.

Anoreksiya (anorexis) -ovqat yeyishdan bosh tortish, ovqat yeyishni hoxlamaslik, ishtahaning pasayishi (hyporexis). Anoreksiyani sitofobiya bilan almashtirmaslik kerak.

Sitofobiya bu ovqatlangandan song ogriq yo’ki behalovatlik hissi paydo bo´ladi deb gumon qilib, ovqat yeyishdan qorqishga aytiladi. Sitofobiya oshqozon yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-onaning bolada ishtahaning yomonligi to'g'risidagi shikoyati xar doim tanqidiy muhokamani talab qiladi. Agar bola yaxshi rivojlansa, normal oziqlangan, jismonan va ruhiy faol, jismoniy zo'riqishni yaxshi ko'tarsa, u holda bola sog'lom, undagi ishtaha pastligi organik buzilishlar bilan emas, balki psixogen ta'sirlanish, ota-ona va bola o'rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bog'liqdir. Anoreksiya ko’pgina kasalliklarda rivojlanadi, shuning uchun unchalik katta diagnostik ta'sirga ega emas. Lekin ishtahaning uzoq muddat buzilishi, anoreksiyani boshqa simptomlar bilan taqqoslashda katta diagnostik ahamiyatga ega. Chaqaloqlarda anoreksiya markaziy nerv tizimining perinatal shikastlanishida, aminoasiduriya, umumiy kasalliklardagi intoksikasiyada (pnevmoniya, sepsis, otit, pielonefrit va boshqalar), kuchsiz va chala tuhilgan bolalarda, og'iz boshlig'ining tug'ma nuqsonida kuzatiladi. Bola hayotining birinchi yilida ishtahaning pasayishi (ko'krakdan bosh tortish), o'tkir kasalliklar boshlanishi (pnevmoniya, ichak infeksiyasi va boshqalar), ichak disbakteriozi, temir tanqisligi anemiyasi, gipovitaminoz D, nerv-artritik diatez, otit va boshqalarda kuzatiladi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ishtaha pastligi bir tomonlama ovqatlanishda va gipovitaminozlarda, o'tkir va surunkali infeksiyalarda, og'ir anemiyalarda, endokrin disfunksiyalarda, intoksikasiya, nerv-artrit diatezda, harakat yetishmovchiligida va boshqalarda kuzatiladi. Anoreksiyaning nevrotik shakli zo'rlab ovqatlantirilganda yuzaga keladi. O'tkazilgan kasalliklardan keyin, bola tana vaznini tiklashi uchun uni zo'rlab ovqatlantirishga harakat qilish shartli manfiy reflekslarni yanada kuchaytiradi. Bolaning ishtahasi bolalar bog'chasi yoki maktabga qatnashdan oldin xayajonlanish, ovqatdan oldin shirinliklar iste'mol qilish yoki ko'p miqdorda sut ichish, shuningdek, bola oynayotganda emizish natijasida pasayishi mumkin. Fruktozani qabul hila olmaslikda ishtahaning o'zgarishi tanlangan turda bo´ladi (bolalar mevalar, shirinliklarni iste'mol qilishmaydi)


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin