Portativ kompyuterlar yo’lda olib yurishga mo’ljallangan ko’chma shaxsiy kompyuterlardir. Portativ kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elektron kotiblar (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritish mumkin.
Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo’shimcha qurilmalardir.
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.
1. Tizimli blok (Protsessor).
2. Ekran (Monitor).
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Tizimli blok (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar kontrolleri, shinalar, elektr ta‘minoti bloki va boshqalar.
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-xotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar joylashtiriladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |