Multimediya vositalari – kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma‘lumotlarni ko‗rsatishni ta‘minlaydi.
Multimediya vositalari - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.
Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni kompyuterga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) kompyuterdan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.
Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, elektrostatik bo’ladi.
Planshet – kompyuterga biror chizma va tasvirni maxsus qalam yordamida kirituvchi qurilma.
Kompyuter va mobil qo'rilmalar bilan birgalikda, ta'lim jarayonida zamonaviy (interfaol) o'qitish tehnik vositalari keng qullanib kelmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi mavzuni o'rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va tekshirishda, grafika, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo'yicha yaratilgan mul'timedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mumkin. Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi.
Zamonaviy o'qitish tehnik vositalarini o’rganib chiqamiz.
ACTIVboard (interfaol doska) bu – kompyuter va proektor bilan birgalikda ishlaydigan ta'lim berishning zamonaviy texnik vositasidir. Interaktiv doska tarkibiga interaktiv doskaning o’zidan tashqari maxsus elektron qalam (stilus), dasturiy ta'minot vositalari (interaktiv doskaning drayveri va maxsus grafik muharrir) hamda USB kabel kiradi.
Tegishli sozlash amallari bajarilib interaktiv doska ishchi holatga keltirilgach, proektor yordamida interaktiv doska yuzasiga tushirilayotgan tasvirlar bilan interfaol usulda ishlash mumkin. Ya'ni, elektron qalam yordamida kompyuterning grafik interfeysini boshqarish, turli ob'ektlarni yaratish, oldin yaratilgan ob'ektlarni ochish, ularga tegishli o’zgartirishlar kiritish va h.k. Kiritilgan barcha o’zgartirishlar va yaratilgan yangi ob'ektlarni, ularga kelgusida qo’shimcha ishlov berish uchun kompyuter xotirasiga yozib qo’yish yoki tashqi axborot tashuvchi vositalarga ko’chirib olish mumkin. Interfaol doska maxsus elektron qalam orqali, shuningdek qo’l barmoqlari bilan ham boshqarilishi mumkin, bu interfaol doskanining qaysi texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilganligiga bog’liq bo’ladi. Bunda, maxsus elektron qalam yoki qo’l barmoqlari kompyuter sichqonchasi kabi ishlaydi.
Ta'lim jarayonida interaktiv doskadan ikki rejimda foydalanish mumkin: birinchi rejimda elektron qalam faqat kompyuter sichqonchasining vazifasini bajaradi, ikkinchi rejimda esa u maxsus dasturiy ta'minotning barcha uskunalari vazifasini bajaradi (masalan - oddiy qalam, marker, mo’yqalam, o’chirgich, qaychi, lupa va boshqalar).
Elektron qalamning doska yuzasidagi holati va harakatlariga oid ma'lumotlar elektron doskadan USB kabel orqali kompyuterga uzatiladi va ushbu ma'lumotlar qayta ishlanib elektron qalamning harakatiga mos amallar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |