Dastakli skanerlarningtuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlareng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o’lchamli) 2-10 sekund.