Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi. Oqirligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko'zg’almas modellarga bo'linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig’ma tuzilishga ega. Oddatda, bunday modeldagilar oson yig’ilishi bilan juda qulay bo'lib, ko'chirish uchun mahsus jamlanish sumkachalar to'plamiga ega. Odatda qo'zg’almas overhed-proektorlari 8 kgdan 17 kggacha og’irlikda bo'lib, auditoriyada doimiy ravishda o'rnatilib qo'yishga mo'ljallangan. Modellerdagi proekciyalashni umumiy hususiyatlarga ko'ra overhed-proektorlari nur o'tqazuvchi va nurni o'zida aks ettiruvchi turlarga bo'linadi.
Hujjat-kameralar - uncha katta bo'lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat,slaydlar, hujjatlarni asl nushasini elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy qurilma.
Tuzilishi jihatidan: mahsus sharnirda yoki «egiluvchan bo'yin» aylantirish imkoni bo'lgan miniatyurali kamerali boshchadan iborat. Videokonferenciyalar vaqtida, kamerali boshchasiga bevosita mikrofon o'rnatiladi, bunday o'lchamlarda rang muvozanatlantiruvchi avtomatik ravishda amalga oshiriladi, tasvirni keskinligini oshirish ho'lda bajariladi. Boshlang’ich darajali kameralarda 5-ta videosignal va kompozit chiqish mavjud. Bazi modellar foydalanish qo'llamini kengaytiruvchi: mikroskoplar, 35-mm slaydlar uchun adapterlar to'plamlaridan iborat. Murakab tuzilgan hujjat-kameralarida mahsus funkciya ko'zda tutilgan bo'lib, rang muvozanatlantiruvchi ham avtomatik ravishda ham ho'lda amalga oshiriladi.
Mustahkamlash uchun nazorat savollari
1. Kompyuterlar sinfi haqida tushuncha bering
2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari haqida tushuncha bering
3. Shaxsiy kompyuterning qo’shimcha qurilmalari haqida tushuncha bering
4. Interaktiv qurilmalar tarkibiga qanday qurilmalar kiradi?
Dostları ilə paylaş: |