Til taraqqiyoti. Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari marhabo Mustafayeva Nigora Mustafayeva Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, 2-maktab Annotatsiya



Yüklə 241 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.02.2023
ölçüsü241 Kb.
#85789
  1   2   3
516-Article Text-1225-1-10-20201028



TIL TARAQQIYOTI. TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNIYATLARI 
 
Marhabo Mustafayeva 
Nigora Mustafayeva 
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, 2-maktab 
Annotatsiya: Ushbu maqolada til taraqqiyoti, til taraqqiyotining ichki 
qonuniyatlari, tilning rivojlanishi, rivojlanish qonuniyatlari, lisoniy taraqqiyotning, 
ichki va tashqi omillari, ichki lingvistika, ichki leksik o‘zgarishlar, fonetik taraqqiyot, 
grammatikaning rivojlanishi, milliy grammatikamiz masalalari, shevalar va ularning 
til tizimida tutgan o‘rni 
Kalit so’zlar: til, dialektik jarayon, ilm-fan, xalqaro til, ichki omillar, jamiyat, 
tillararo munosabat va ta’sir, nutq jarayoni, o‘zlashma, qatlam
LANGUAGE DEVELOPMENT. INTERNAL LAWS OF LANGUAGE 
DEVELOPMENT 
Marhabo Mustafayeva 
Nigora Mustafayeva 
Navoi region, Khatirchi district, School №2 
Abstract: This article deals with language development, internal laws of 
language development, language development, development laws, linguistic 
development, internal and external factors, internal linguistics, internal lexical 
changes, phonetic development, grammar development, issues of national grammar, 
dialects and their language system position 
Keywords: language, dialectical process, science, international language, 
internal factors, society, interlinguistic relations and influence, speech process, 
assimilation, stratification 
Rivojlanish - obyektiv, dialektik jarayon bo‘lib, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tish 
natijasida yuz beradigan o‘zgarishlar tufayli ro‘y beradi. Dunyodagi har bir predmet, 
hodisa doimiy harakatdadir. Xuddi shuningdek, til ham hamisha o‘zgarishda. Bu esa 
til bevosita bog‘liq bo‘lgan jamiyat hayoti, uning doimiy harakati, rivojlanishi bilan 
bog‘liq. Jamiyat bu harakatdan to`xtasa yoki bu aloqa uzilsa, o‘sha zahoti til ham 
rivojlanishdan to`xtaydi, yo`qoladi. Xuddi shu fikrni V.A. Zveginsev ham ishonch 
bilan ta’kidlaydi: “Jamiyatsiz til rivojlanish xususiyatini yo‘qotadi va u sun’iylashadi. 
Masalan, lotin tili katolik dinining tiliga aylandi, o‘rta asrlarda esa ilm-fanning 
xalqaro tili vazifasini bajardi. Xuddi shuningdek, O‘rta Sharq mamlakatlarida 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
270


mumtoz arab tili ham analogik rol o‘ynadi” (Звегинцев В.А. Очерки по общему 
языкознанию. M., 1962, стр.: 178- 179). 
Ilm-fan, texnika va madaniyat mudom o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib boradi. 
Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillar mavjud. Til taraqqiyotining ichki omillari til 
tizimidagi sathlarning o‘ziga xos rivojlanishiga asoslansa, tashqi faktorlar til va 
jamiyat, tillararo munosabat va ta’sir, nutq jarayoni, o‘zlashma, qatlam singari 
lisoniy, aniqrog‘i ekstralingvistik hodisalarda aks etadi. Shunga ko‘ra, tilshunoslik 2 
ga: ichki tilshunoslik hamda tashqi tilshunoslikka bo‘linadi. Ichki tilshunoslik tilning 
ichki qurilishini, sistemasini o‘rgansa, tashqi tilshunoslik tilning ijtimoiy ahamiyati 
va vazifasini, ya’ni jamiyatda yashovchi inson, so‘zlovchining tildan qay tarzda 
foydalanishi-yu, tilning jamiyatga ta’siri, shuningdek, bir xil hamda turli til oilasiga 
mansub tillarning o‘zaro munosabati, tilga tashqi ta’sir natijasida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlar kabilarni tadqiq qiladi. 
Ichki lisoniy qonuniyatlar til tizimi sathlarida o‘z aksini topadi. Lisoniy 
qonuniyatlar o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda til 
taraqqiyotida umumiy va xususiy qonuniyatlarni kuzatish mumkin. Umumiy 
qonuniyatlar – barcha tillarga xos bo‘lgan lisoniy hodisalarni, jarayonlarni anglatadi. 
Masalan, tilning kommunikativlik va ekspressivlik funksiyalari, til sathlarining 
notekis rivojlanishi, ya’ni leksik qatlamning boshqa lisoniy qatlamlarga nisbatan tez 
o‘zgaruvchanligi, doimiy harakati va hokazolar.
Xususiy lisoniy omillar esa har bir konkret tilning o‘ziga xos qoidalarini o‘z 
ichiga oladi, chunonchi, har bir til (hattoki bir tillar oilasiga mansub tillarda ham) 
o‘ziga xos fonetik tizimga, leksik sathga, grammatik qurilishga, stilistik uslublarga 
ega. Demak, bu ikki tur qonun yoki faktorlar bir- birini taqozo qiladi; umumiylik 
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Endi lisoniy sathlarning ichki rivojlanish xususiyatlari tahliliga o‘tsak. 
Lingvistik taraqqiyot hodisasi, asosan, uch aspektda o‘rganiladi: leksik, fonetik, 
grammatik. 
Mu’lumki, til sathlari (leksika, fonetika, morfologiya, sintiksis) notekis 
rivojlanadi. Tilning eng tez rivojlanuvchan, harakatchan qismi – lug‘at tarkibi 
hisoblanadi. Leksema doimiy o‘zgaruvchan, yangilanuvchan qatlamdir. Insonlarning 
moddiy va ma’naviy hayoti, shubhasiz, leksikada o‘z aksini topadi. Buni kunda sodir 
bo‘lib turuvchi neologizm va arxaizmlar hodisasidayoq kuzatish mumkin. Fan-
texnika, ilm-fan va dunyoqarash o‘sib borgan sari tilimizda yangi so‘zlar paydo 
bo‘laveradi: kosmonavt, yadro, klip, estrada, kompyuter, internet, elektron pochta, 
sistema, leksema va hokazo. Shuningdek, ijtimoiy va siyosiy hayotda 
qatnashmaydigan so‘zlar til tizimida eskirib, arxaizmga yoki istorizmga aylanadi: 
bo‘zchi, mirob, faytun, qozi, amir, saroybon, obkom, raykom va boshqalar. Yaqin 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
271


o‘tmishda raykom, traktor, televizor, radio so‘zlari neologizm, yangi kirib kelgan 
so‘zlar edi. Hozirda esa ularning ko‘pchiligi kundalik so‘zlashuv leksikaga aylangan. 
Leksik rivojlanishning ichki omillari faqat shulardan iborat emas. Semantik 
rivojlanish lug‘atning asosini tashkil qiladi. So‘zlar vaqt o‘tishi bilan yoki biror- bir 
sabab, sharoitga ko‘ra,o‘z ma’no semalarini yo‘qotib, boshqa sema (ma’no, 
tushunchaga) ga ega bo‘ladilar. Masalan, o‘zbek tilidagi qishloq so‘zini olib qaraylik. 
Ilgari qishloq tushunchasi-qishlash uchun joy, qishlov ma’nosini bildirgan bo‘lsa, 
hozirda butunlay o‘zgacha, yangi ma’no anglatadi: qishloq- shahardan tashqarida, 
shahar atrofida joylashgan, asosan qishloq xo‘jalik ishlari: ekin va chorvachilik uchun 
mo‘ljallangan aholi yashash joyi. Shuningdek, sovchi so‘zi ham qadimgi turkiy tilda 
sab(v)chi – so‘zchi, ya’ni birovning so‘zini yetkazuvchi, xabarchi, elchi ma’nosida 
ishlatilgan bo‘lsa, hozirga qadar- uylanish niyatida bo‘lgan yigit (kuyov)ning qiz 
(kelin) uyiga vakil kishisini yuborshi, qiz tomonning roziligini so‘rash uchun harakat 
(ko‘pincha, onasi yoki ayol qarindoshlari) ma’nosida tushuniladi. Bu kabi hodisalarni 
barcha tillarda kuzatish mumkin. 
Rus tilidagi (hozirgi) мучить so‘zi, dastlab ishlamoq ma’nosida ishlatilgan. 
Og‘ir mehnatga nisbatan ishora qiluvchi мучение, мука-работа tushunchalari bora-
bora taraqqiy etaverib, alohida so‘z va tushunchalarga aylangan: мучить – 
azoblamoq, мучиться- mashaqqat va nihoyat – работать – трудиться, заняться 
работой. 
Xuddi shu ma’noviy (semantik) o‘zgarish fransuz tili leksikasida ham uchraydi, 
masalan: fransuz tilidagi fravail (ish) va fravail lor (ishlamoq) aslida latincha 
fripalium so‘zidan kelib chiqqan. Tripalium – otlarni taqalash paytida qattiq qisib 
turuvchi stanok bo‘lgan. Xullas, fravailler (ishlamoq), dastlab fripalium yordamida 
qiynash semasini, keyinchalik haqiqiy qiynash ma’nosini anglata boshlagan. Faqat 
keyinchalik bu so‘z ishlash ma’nosini anglata boshlagan (Qarang: Будагов Р.A. 
Проблемы развития языка M.-Л. 1965. стр.: 42-43). 
Bundan tashqari, til tizimida yahlitlanish, atamalashish (terminologizatsiya), 
soddalashish kabi ko‘plab usullar mavjudligi, ular lug‘at tarkibining o‘zgarib 
turishiga xizmat qiladi. So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash leksika taraqqiyotida 
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Oq oltin, oltin qo‘llar, bo‘ri (hayvon va salbiy 
ma’noda kishiga nisbatan), tulki, ilon (ayyor ma’nosida), xola, otajon, amaki 
(ko‘chma ma’noda begona kishiga nisbatan) kabi misollar shu turkumga mansubdir. 
Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari fonetikada yanada konkret aks etadi. 
Ma’lumki, fonetika nutq tovushlarini, nutqning fonetik bo‘lnishini o‘rganadi. 
Fonetikada assimilyatsiya, dissimilyatsiya, singarmonizm, diftongizatsiya, enkliza, 
prokliza singari ko‘plab qonuniyatlar mavjud. Har biri o‘ziga xos fonetik tabiatga 
ega. Masalan,o‘zbek tilida urg‘u hodisasi unumli emas, shunday bo‘lsa-da, o‘zbek 
tilidagi urg‘u ko‘chuvchanligi bilan ajralib turadi (odatda oxirgi bo‘g‘inga tushadi: 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
272


kitob- kitobni…). Rus, xitoy, yapon tillarida urg`u unumlidir: у окна - окна, руки - 
руки, паспорта - паспорта. 
Fonetik qonuniyatlarning muhim jihati shundaki, ular xususiy hodisalar uchun 
umumiylik rolini o‘taydi. Masalan, ingliz tilidagi leat (urmoq) so‘zi ε :>e:>i fonetika 
jarayonining mahsulidir: leat – bε: te>be:t>bi:t. Shuningdek, o :>4 almashinuvi, 
taraqqiyoti qonunini ham quyidagi misollar, xususiyliklarda kuzatish mumkin: moon-
mo:n>mu:n. 
O‘zbek tilining fonetik taraqqiyotini qadimgi turkiy tilni o‘rganganda sezish 
mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar 10 ta va ularning talaffuzi ham 
o‘zgargan: at-ash, abag‘-oyoq. Fonetikamizda milliy hodisa sifatida saqlanib qolgan 
qonuniyat – singarmonizm. Singarmonizm –o‘zak va qo‘shimchadagi unlining 
uyg‘unlashuvi, o‘xshab qolishidr: unum, suzuk, kulgu, qiliq, toroq (Toshkent 
shevasida), qilg‘iliq va h.z. 
Grammatika – til sathlari ichida eng turg‘un bo‘lim hisoblanadi. Grammatik 
taraqqiyot bu tilning sifatiy rivojlanishni aks ettiradi, chunki tildagi qatlam 
(math)lararo miqdoriy o‘zgarishlar grammatikada umumlashadi hamda grammatik 
kategoriyalarning, grammatik ma’no ifodalovchi vositalarning taraqqiyotiga ichki 
omil bo‘lib xizmat qiladi. Tillardan grammatik kategoriyalarning nisbati bir xil emas, 
chunonchi, ingliz va nemis tillaridagi otlarni farqlovchi xususiyat shundaki, nemis 
tilida (xuddi rus tilidagidek) rod kategoriyasi mavjud: tad (kun) – muj.r.; wasser –
(suv) -serd.r.; yunge (til) jen.r. Bu hodisa qadimgi ingliz tilida ham bo‘lgan: doy 
(kun) muj.r.; water (suv) – sred.r.; tongue (til) – jen.r
Biroq, zamonaviy ingliz tilida bu grammatik kategoriya “bosib o‘tilgan”, 
“unutilgan” ko‘rinish hisoblanadi. Shuningdek, otlardagi turlanish (kelishiklar) 
hodisasi har ikki tilda sintetik bo‘lgan, hozirda esa faqat nemis tili bu turkum 
qonuniyatlarini saqlab qolgan: Именительный падеж - Tad; родительный – Tages 
va hokazo. 
Zamonaviy ingliz tili zamonaviy nemis tilidan hozirda grammatik tuzlishi 
jihatidan katta farz qiladi, chunki ulardan birinchisi analitik turkumdagi tilga 
aylangan bo`lsa, keyingisi sintetik turkumda davom etmoqda. Yoki yana bir misol, 
ingliz tilidagi kelasi zamon ma’nosini beruvchi Shall/will modal fe’llari o‘rta asrlarda 
keng tarqalgan edi. Bu ikki fe’lning rivojlanish xususiyatlari quyidagicha: 
Will – odatda, insonning xohish, mayl va istagi ustunroq bo‘lgan o‘rinlarda 
(/will study - Men o‘qimoqchiman); 
Shall – zaruriyat yo majburiyat ma’nosida (/shall look to my brother - Men 
ukamga qarashim kerak) qo‘llanilgan. 
Bibliya uslubida shall, badiiy uslubda will qo‘llanilar edi. Djorj Mezon 1622-
yilda bu ko‘makchi fe’llarning funktsional jihatlarini asoslab bergan (“Grammaire 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
273


Anglaise”) va shallning I shaxsda, willning esa qolgan shahslarda ishlatilish 
me’yorini belgilagan edi.
Nemis tilida ham parallel ravishda kelasi zamon modal fe’llari taraqqiyotida 
dinamik holatni kuzatish mumkin. XI-XIV asrlarda keng ishlatila boshlangan soller / 
woller modal fe’llari aynan kelasi zamonni ifodalashda o‘ziga xoslik kasb etadi. 
Barcha shaxslarda ko‘pincha soller qo‘llanmalar edi. Biroq, keyinchalik uning o‘rnini 
keyingisi egallay boshlaydi, xususan, Lyuterning bibliyasida bu shakl juda kam 
ishlatiladi. XI asrda paydo bo‘lgan va XII – XIII asrlarda keng foydalanilgan werden 
formasi endilikda kelasi zamon ma’nosini bera boshlagan. Zamonaviy nemis tilida 
Futurumni ifodalash uchun har uchchala shakl qo‘llaniladi. Ich werdet kommen; Ich 
will in die Bibliotek gehen (Qarang: Deutsch.T., 1977). 
Endi, o‘zbek tili grammatikasidagi o‘zgarishlar haqida qisqacha to‘xtalsak. 
Avvalo milliy grammatikamizning chinakam o‘zbekona, milliy tabiatga ega 
bo‘layotganligi, ko‘pgina muvaffaqiyatli yutuqlar qo‘lga kiritilayotganligini ta’kidlab 
o‘tmoq joiz. Morfologiya sohasida deyarli barcha narsa-so‘z turkumlari tasnifidan 
boshlab qo‘shimchalar tasnifigacha ilmiy asosli izlanishlar olib borildi. 
O‘zbek tilining turkona tabiatidan kelib chiqib, sintaksisda ham muhim 
rivojlanish sodir bo‘lmoqda. Bu sohada “gap markazi”, [WPm] qolipi, atov birlik, 
predikativ singari tushunchalarning isbotlanishi o‘zbek tili milliy grammatikasi 
talqinini tubdan oydinlashtirdi. “Gap markazi” tushunchasi SG va QG hodisalariga 
aniqlik kiritdi. 
Shevalar til tizimida dialektizmlar sifatida tadqiq qilinadi. Shevalar – hududiy 
tushuncha bo‘lib, muayyan bir territoriyada yashovchi kishilar, adabiy tildan 
farqlanib turuvchi o‘ziga xos til hisoblanadi. Sheva va dialektizmlarni o‘rganuvchi 
tilshunoslik sohasi- dialektologiya deb ataladi. Unda lahja va shevalarning fonetik, 
morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo 
bo‘lishi va rivojida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar 
aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning 
munosabati aniqlanadi.
Shevalar – til lug‘at boyligini oshiruvchi ichki manba hisoblanadi. O‘zbek 
adabiy tili uchun Toshkent va Farg‘ona shevalari asos qilib olingan. Aslida, sheva 
so‘zi- forscha so‘z bo‘lib, ovoz , til, so‘zlashish, odat, yo‘sin, ravish degan 
ma’nolarni bildiradi. Sheva-biror bir tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik 
xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi kichik qismi hisoblanganligi bois lahja 
tushunchasidan kichikdir. Lahja shevalar yig‘indisidir. 
Badiiy uslubda, ya’ni badiiy asarlar yaratayotganda shevalardan foydalanish 
voqea, hodisalarga mahalliy, hayotiy va ijtimoiy tus berishda, shuningdek, 
personajlar nutqini individuallashtirishda ulkan ahamiyatga ega. Misol uchun, shoti 
so‘zi Farg‘ona shevasida narvon ma’nosida ishlatilsa, adabiy tilda “arovaning bir 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
274


qismi”, tovoq so‘zi ham “lagan” ma’nosida, Toshkent shevasida esa lagan-katta 
tovoq ma’nolarida ishlatiladi. Tovoq so‘zi Buxoroda tabaq shaklida keladi. Xorazm 
shevasida g‘uch so‘zi – mard, botir; galadi - keladi, nishatamiz - nima qilamiz kabi 
ma’nolarni bildiradi. Toshkent shevasi fe’llardagi hozirgi zamon formasi (-yapti) 
ning -votti shaklida ishlatilishi bilan ajralib turadi: borvotti, borvomman. Shuningdek, 
olovchi fonetika ham Toshkent shevasida kuzatiladi: oka, torog‘, johongir, dovlat. [u] 
fonemasining [i] bilan almashinishi holatlari: eshu-eshik, kichu-kichik. [t] o‘rnida 
[ch] kelishi: chochu-sochiq, choch-soch. 
O`g`uz lahjasida esa (Xorazm) [t]-[d] almashinishlari uchraydi: til - dil;[k]- [ch]- 
kul- gul, kel-gall: [-ga] jo‘nalish kelishigining [-ya], [-a] tarzida kelishi ham bu sheva 
uchun xos: Buxoroya, jonima, ko‘nglima. 
Shevalardan o`rinli foydalanish badiiy ijodning, umuman, nutqning badiiyligini, 
uslubning fazilati, ta’sirchanligini oshiradi. Ammo shevalarning ishlatilish doirasi va 
me’yori chegaralangan. Shevalarni faqat adabiy va so‘zlashuv uslubida qo‘llash 
mumkin. Rasmiy, ilmiy uslublarda shevaga xos so‘zlarni qo‘llash noto‘g‘ridir. 

Yüklə 241 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin