Til va nutq



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə2/4
tarix15.03.2023
ölçüsü26,45 Kb.
#87942
1   2   3   4
Nutqiy faoliyat

Nutq faoliyati

Insonning nutqiy faoliyati 3 ko’rinishda amal qiladi. Bular so’zlash, mutolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma`lumoti, maslahat berishi, buyurishi , o’ziga noma`lum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi.
So’zlash monologik va diologitk ko’rinishda bo’lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz va javoblarsiz yuzaga chiqadi, suhbatdoshi tomonidan bo’linmaydi. Diologik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh so’zlovchi bo’lib turadi.
Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan xabardor bo’ladi, ular ta`sirida xulqida qandaydir o’zgarish paydo bo’ladi. Mutolaa ma`lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kitob o’qish orqali kishi ma`naviy etuklikka erisha boradi.
Mutolaa oddiy o’qish, ilmiy o’qishdan iborat. Oddiy o’qiganda o’quvchi uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o’zi maqsad qilib qo’yiladi.
Ilmiy o’qishda o’quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa maqsad uchun foydalanishni, uning mazmunini qayta bayon qilish kabilarni maqsad qilib qo’yadi.
Kelajak avlodni tarbiyalashda o’qituvchi mas`ul hisoblanadi. Uni kamol topishida o’qituvchining dunyoqarashi ongi, madaniyati, nutqi belgilovchi vositalar sanaladi. O’qituvchilik kasbi yuksak ma`naviyatni, insonparvarlikni, xohlaydi.
O’quvchilarga ta`lim-tarbiya berishda muallimning nutqi katta rol` o’ynaydi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda subutsizlik o’qituvchi uchun noloyiqdir. Har bir nutq bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan birga o’qituvchining nutqi yosh avlod ko’z oldida uni o’rab olgan moddiy va ma`naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. O’qituvchining nutqi ta`lim va tarbiya berishning asosidir.
O’qituvchining nutqi imkoni boricha sintaktik jihatdan sodda, jozibador, ta`sirchan tuzilishi lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan o’qituvchining dars hamda darsdan tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda, u qanday shaklda bo’lmasin, bizning qadriyatlarimizni qattiq xurmat qilinishi lozim.
Pedagogik nutqiy muloqotning o’ziga xosligi o’qituvchining hamma yerda, har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan xarakterlanadi. Pedagog o’z tarbiyalanuvchilari bilan ko’proq auditoriyada, darsda nutqiy muloqotda bo’ladi. Uning nutqi ilmiy pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday nutqda ilmning turli sohalariga oid qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa o’z urnida, me`yorida bo’ladi. Atamalarga , yangi so’zlarga berilgan izohlar sodda, o’quvchi hazm qiladigan sintaktik qurilmalarda beriladi. Qoida va nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tanishtiriladi.


  1. Yüklə 26,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin