Til va nutq


Tadqiqotchilarning til va nutq munosabatiga yondashadilari



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə3/4
tarix15.03.2023
ölçüsü26,45 Kb.
#87942
1   2   3   4
Nutqiy faoliyat

Tadqiqotchilarning til va nutq munosabatiga yondashadilari

A.I.Smirniskiy til va nutq munosabatlarini tahlil qilar ekan, nutqiy faoliyat tushunchasini chetlab oʻtadi, ammo u Sossyurga qaraganda umumiy insoniyat nutqi tushunchasiga koʻproq mazmun bagʻishlashga harakat qiladi. Jumladan, olim nutq quyidagi shakllarda mavjudligini alohida ta'kidlaydi:
1) tashqi tovushli belgili ogʻzaki nutq; 2) tashqi grafik belgili yozma nutq;
3) hech qanday real belgilarga ega boʻlmagan botiniy nutq.
A.I.Smirniskiy fikricha, nutqning ogʻzaki va yozma shakllarda mavjud boʻlishi uning obʼektiv tomonini tashkil etadi va ular tashqi nutqqa tegishli boʻladi, ichki nutq esa faqat subʼektiv shaklda mavjud boʻladi va tafakkurdagi fikrni ifodalaydi. Shuningdek, "inson nutqi son-sanoqsiz va cheklanmagan miqdordagi turli-tuman nutqiy harakatlar natijasidir" va uning turlicha koʻrinishida aynan bir xil komponentlar va bu komponentlarning qoʻllanishidagi qonuniyatlar aniqlanadi. Turlicha nutq boʻlaklarining majmuasi va bu komponentlarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi qonuniyatlar va qoidalar umumiylikda muayyan bir sistemani tashkil qiladi, yaʼni oʻzaro bir-birlariga bogʻlangan birliklar majmuasini va ular orasidagi munosabatlarni hosil qiladi. Birliklarning bunday tizimi tildir.1 Olimlarning fikricha, nutq umuman olganda "tadqiqot uchun xom materialdir", til esa bu "materialga asoslangan tadqiqot predmatidir".
F. de Sossyur va A.I.Smirniskiy faqat bir masalada hamfikrdirlar, yaʼni til nutqdan hosil boʻladigan mahsulotdir va u tilshunoslar uchun ilmiy tadqiq predmetidir.
Ayrim tadqiqotchilar til va nutq munosabatiga boshqacha yondashadilar.
Ularning fikricha, nutq tildan hosil boʻladi, yaʼni til mutaxassislarning lingvistik faoliyatning natijasi emas, balki nutqda oʻz ifodasini topadigan obʼektiv mavjud hodisadir.
Masalan, T.P.Lomtevning fikricha, "Til shunday maʼno-mazmunni anglatadiki, uning mavjud boʻlishi va ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi". Oʻzbek olimi Sh.Rahmatullayev ham xuddi shunday fikrni bildiradi. Uning taʼkidlashicha, til nutq uchun xomashyo boʻlganidek, nutq ham til uchun xomashyo vazifasini oʻtaydi. Olimning fikricha, chaqaloq tugʻilganda uning til zahirasi boʻsh boʻladi va atrofdagilarning nutqi hisobiga boyib boradi. Biz bu fikrni maʼqullaymiz, yaʼni til va nutq oʻrtasida qarama-qarshilik emas, balki oʻzaro aloqadorlik mavjud deb hisoblaymiz.
Oʻrganilayotgan masala boʻyicha bildirilgan turli-tuman nuqtai nazarlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til nutqiy faoliyatning koʻchmasidir, biroq turli tushunchalarni ifodalovchi bu atamalar turli maʼnolarda ishlatib kelinmoqda. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislar nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu tushunchalarning har ikkalasi ham oʻzaro bir-birlariga bogʻliqdir, chunki til qurilma sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud boʻlgan qoida va birliklar orqali bilish mumkin.
Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, ikkinchidan, u til qurilmasi faoliyati natijasidir.
Til va nutq haqida bildirilgan bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular oʻzaro bogʻliq, bir-birini taqozo etuvchi hodisalardir.
Til asosida inson ichki dunyosining o'ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir bo'ladi. Shuning uchun ham til ma'naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy munosabatlarga bog'liq. Shu bilan birga, u o'z qonuniyatlariga ega mustaqil barqaror va turg'un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya'ni o'z birikmalari, so'z, morfema va boshqalarga ajraladi). Til insonlar xotirasida saqlansada, biroq u o'z - o'zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat (ya'ni muloqot) quroli bo'lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga nisbatan kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o'rtasidagi turlicha munosabat shakllanadi.
Nutq - mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o'zligini to'liq namoyon etadi. Nutq - muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham ma'lum darajada o'z aksini topadi. Til va nutqni o'zaro taqqoslaganda quyidagilar yaqqol ko'zga tashlanadi:
1. Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor tasavvurlarini ma'lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir.
2. Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir; u harakatdagi til bo'lib, muloqot vositalarini aniq qo'llash paytidagi ketma- ketligi sifatida namoyon bo'ladi.
Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo'lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo'la olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va hohish- istak shakli. U bir tomondan so'zlovchi til shakllari orqali o'z fikrlarini ifodalashdagi almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan - u psixofiziologik mexanizm sifatida ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta'minlaydi.
Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, til madaniyati tilning leksik, sintaktik, semantik, ifodalilik va turfa o'zgaruvchanligi qay darajada rivojlangan va boy ekanligini ko'rsatsa, nutq madaniyati nutqiy muloqot asosida borliq va shaxs haqidagi axborotni yuzaga keltirish, uni til tizimi belgilari orqali ifodalash va aniq yetkazish usulidir. Yoki til madaniyati tilning "madaniylashganlik", adabiylashganlik, normalashganlik darajasini, lug'at tarkibi, grammatik, semantik, stilistik jihatlardan rivojlanganlik, boylik darajasini, potentsial ifoda imkoniyatlarining ko'lamdorligini ifoda etadi. Nutq madaniyati esa bemalol, maqsadga muvofiq va ta'sirchan bir tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.

Xulosa
Boshqacha aytganda, nutq madaniyati tilda mavjud bo'lgan xilma-xil ifoda shakllaridan fikr uchun eng maqbulini tanlay bilish va shu asosda to'g'ri va ta'sirchan nutq tuza olish mahoratidir. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchi (o'quvchi) ga yetkazish, shu yo'l bilan unga ta'sir qilishdan iborat.
Til va nutq o'zaro dialektik bog'liq ijtimoiy - tarixiy, ijtimoiy - psixologik hodisalar bo'lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy - individual noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining ob'ektiv borliq, tafakkur hamda vaziyat bilan o'zaro zaruriy, doimiy munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq bu rasmiy tildir. U keng ma'noda so'zlardan, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matn ko'rinishining ifodasi bo'lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ruhiyat va nafosat hodisasi hisoblanadi.

Yüklə 26,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin