Kim, avvali g‘am, so‘nggi
fanodir
”) aks ettirishni maqsad qilib olgani yorqin aks etadi. Layli ishqini kuylash
bir bahona, sabab, aslida shoir Layli misolida Haq vasfini kuylashni, Majnun tili
bilan shoir o‘z dilidagilar - tasavvufda solik ruhiy kamolotining eng kamolotga
yetgan maqomi faqru fano yo‘lini tasvirlab berishni niyat qilishini ta’kidlaydi:
Tutsam talabi haqiqata rohi majoz,
469
Afsona bahonasila arz etsam roz.
Layli sababila vasfin etsam og‘oz,
Majnun dili ila etsam izhori niyoz.[6,5]
Fuzuliy yaratgan Majnun Navoiy “Xamsa”sining ikki qahramoni Farhod va
Majnun kabi tug‘ma iste’dodi ko‘ringan majzub solikdir. Majnun tug‘ma Haq
jazbasi tekkan, Haq jamolini kuchli shavq bilan sog‘ingan solik timsoli. Layli esa -
mazhar. Shoir endigina tug‘ilgan chaqaloqni “
Bir tifli muzakkaru muzakko.
Xurshid kibi tifllikda komil”
deb ta’riflagan. Majnun dunyoga kelishi bilanoq “
Ey
ishq, g‘aribi olam o‘ldim, Ovorai vodiyi g‘am o‘ldum
” deb dod soladi. Demak,
ilohiy ishq unga jibilliy, g‘am vodiysi, ohu nolasi solik ruhining ilohiyotga
erishayotganidan nishona. Fuzuliy bu holni “
ahli holga ma’lum
” bo‘lgan “
nusxai
ishqning timsoli
” deya ta’kidlaydi. Ishq uni “
Kun - kundan edib kamol hosil, Ul
mohi nav o‘ldi badri komil
”. Gʻam, dard, balo solikni Ruhi mutlaqqa
yaqinlashtiradi.
Sarmastda ixtiyot o‘lmaz,
Madxushda e’tibor o‘lmaz.
Jon o‘ldi g‘aming yo‘linda barbod,
Tashvishi fanodin o‘ldim ozod
. [6,21]
Majnunning otasi Ka’bani tavof etsa, zora dardiga shifo topsa deb umid
qiladi. Lekin Majnun “
Qil qobili saodati faqru fano mani
” deb iltijo qiladi. Ilojsiz
qolgan ota o‘g‘lini qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Oshiq va
oshiqlikning bu xususiyatini tasavvuf nazariyotchilari “tafrid” (yolg‘izlanish) deb
ataganlar. Oshiq shunday bir hol martabasini egallaydiki, o‘ziga o‘xshaganlar,
yaqinlaridan bezor bo‘ladi, inson zotini yoqtirmaydi. U yakkalikni, yolg‘izlikni
qo‘msaydi va sahroga chiqib ketadi. “Va jumladan hech kimga bo‘ysunmaydi, o‘z
ruhini yolg‘iz tutishni xohlaydi va xalqdan uzlatga chekinadi”. [4, 132]
Yolg‘izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi, Yor yodini fikrdan
quvadigan ag‘yorlardan xalos etadi.
Majnun o‘n yoshga to‘lganida “
ta’limi uluma yetti navbat
”. Bu o‘rinda
tariqat boqichini bosib o‘tib ma’rifat bosqichiga yetgan solik tasvirlanadi. Fuzuliy
Alisher Navoiy kabi Majnunning ilm egallash holatini batafsil yoritmaydi, balki
Layli portretini berib, “
Qays oni ko‘rib halok o‘ldi, Ming shavq ila dardnok o‘ldi
”
deydi. Shoir Laylining go‘zal portretini chizish bilan Husni mutlaqning ta’rifini
keltirganki, Layliga boqib Majnun (“
Bir ko‘zguya gar ochib ko‘zini, Ko‘zguda
ko‘rardi o‘z-o‘zini
”) o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rganday bo‘ldi. Bu bilan shoir
so‘fiyona ma’no: fanoga yetgan solik ruhida Iloh sifatlarining mujassam
etganligini ta’kidlaydi.
Xuddi shu holatni Fuzuliy dostondagi “Bu sifti Majnundir va ibtidoi mehnati
fuzundir” bobini yaratishda fano nazariyasining asoschisi Boyazid Bistomiy
470
hayotini aks ettirgan “
Hikoyat qiladilarki, “bir kishi shayx Boyazid uyi oldiga
keldiyu uni chaqirdi. Ichkaridan shayxning ovozi eshitildi: “Kimni
axtarayapsan?” Dedi: “Boyazidni”. Dedi: “Uyda Xudodan tashqari hech kim
yo‘q”
[1,128] hikoyatga hamohang misralarni yaratganki, bu holat solikning
fanoga yetish jarayonining badiiy talqinini beradi:
Ul iki sumanbaru sahi qad,
Bir-birina o‘ldilar muqayyad.
Ul ikki xarobi bodai zavq,
Bir jomdan ichdilar mayi shavq.
Girdobi baloya o‘ldilar g‘arq,
Qolmadi arolarinda bir farq.
Avzoi muxolif o‘ldi yakson,
Go‘yo ikki tanda edi bir jon,
Har kim so‘rar o‘lsa Qaysa bir roz,
Laylidan anga yetardi ovoz.
Kim Layliya qilsa bir xitobi
Qays edi anga veran javobi. [6,25]
Yoki Ibn Salom vafot etib Layli uyiga qaytadi va Majnunga yor bo‘lish
uchun uni izlab sahroga boradi. Lekin Majnunning hushi o‘zida emas, endi unga
Layli kerak emas edi. Chunki Layli uning uchun xayoliy timsolga aylanib bo‘lgan
edi.
Fano maqomi solikning Haq bilan birlik hosil qilishini ham talab etadi.
Tasavvuf ta’limotida olam yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar,
kapalaklar va boshqa jami narsalar xudoning zuhurotidan iborat. Ularning birlik
rishtasini ijrok etish va ular bilan o‘z xilqati vahdatini ta’minlash solikning
yuksalishiga omil bo‘ladi. Shuning uchun ham Fuzuliy dostonining “Bu shukufai
gulzori tavhiddur va navbavai bo‘stoni tamjiddur” deb nomlangan bobida ana shu
o‘zak masala o‘ziga xos talqinlarda zikr etiladi:
Ey mabdai fayzi ofarinish,
Sandin ravshan chirog‘i binish!
Ey pardai mosivo niqobing,
Sandin o‘zga saning niqobing!
Ey sirri vujudingamri ma’lum,
Mavjud hamin san, o‘zga ma’dum! [6,6]
Haqning vohidiyati Majnunga o‘zini kashf etishga asos bo‘ladi. Borliq,
barcha go‘zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va Undangina yog‘ilishi,
uning asllarning asli, o‘zaklarning o‘zagi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-
yagona ekanligi so‘fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning
aqlida, ko‘nglida va ko‘zida faqat Haq jilvalanadi va o‘sha jilvadan hayratlanish
471
barqaror qoladi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat,
kishilar o‘ziligidan voz kechib “fano filloh”ga erishadi.
Fuzuliyning mahorati
shundaki, ulug‘ san’atkor ishq-muhabbat, tavhid tushunchalarini nihoyatda yuksak
baholab, uni makon va zamondan ajratib olgan holda emas, balki shu hayot
bag‘rida tug‘ilib, o‘sib yashayotgan inson atrofidagi tabiat, voqea va hodisalarga
bog‘lab, ular o‘rtasidagi qonuniy va mantiqiy aloqalarni tushungan holda
tasvirlaydi.
Tasavvufda fano bilan birgalikda baqo tushunchasi ham mavjudki, Fuzuliy
mana shu fano va baqoning badiiy talqinini bera olgan. Baqo, ya’ni abadiy birlikni
faqat birlik, o‘lim vositasida tasvirlash mumkin bo‘ladi. Boshqa hech qanday
holatda ularning birligini isbotlash mumkin emas. Laylining o‘limi, Majnunning
Layli qabriga borib o‘sha yerda vafot etishida tasavvufdagi vahdat ul-vujud
tushunchasi o‘z aksini topgan. Dostondagi Layli va Majnunning vafotidan keyin
Zaydning ko‘rgan tushi, ya’ni ikki sevishganning jannnatda birga yurishi tasviri
baqoga yetgan solik, yoki kasratdan vahdatga yetgan solikning badiiy talqini.
Fuzuliy Layli vafot etgan paytda Majnun tilidan aytilgan bir g‘azalni
keltiradiki, shoirning fano, baqo, vahadt ul-vujud xususidagi fikrlari yaqqol ko‘zga
tashlanadi:
Bu olamkim, ko‘ngul, qaydin chekarsan mehnatu g‘amdir,
Fano sarmanzilin sayr aylakim, bir xushcha olamdir.
Ongub tanholig‘i qabr ichra nafrat qilma o‘lmakdan,
Tariyqi uns tutkim, har hovuch tuproq bir odamdur.
Dagil mahkam jahon mulkinda har bunyodkim qilsang,
Baqo mulkinda tut manzilkim, ul bunyod mahkamdur.
Ajal oloyishi xavfu xatardan qurtorar nafsi,
Bu javhar kimiyoyi nafsa bir iksiri a’zamdur.
Kamoli ishqi inson mavt ilandur rohi hikmatda,
Bale, mujro qilan hukmin misolin naqshi xotamdur.
Bahor ayyomi kirsang lolazora xok ajzosin,
Muhaqqar ko‘rmakim, har zarra bir jom ila bir jamdur.
Asiri nafsdur ahli jahon bilmaz fano qadrin,
Fuzuliy, tark tajridi sanga onjaq musallamdur.
[6,171]
472
Gʻazalning birinchi baytida bu olam mehnat va g‘amdan iborat ekanligi,
fano xush manzil, agar abadiylik istasang baqo mulkini mahkam tutish lozimligi,
ajal, ishq kimyo, unda hikmat ko‘pligi, albatta, solikni fano va baqoga yetkazuvchi
vositalar ekanligi ta’kidlanadi. Gʻazal maqta’sida shoir o‘ziga murojaat qilib,
nafsga asir jahon ahli fano qadrini bilmaydi, sen uchun vahdat ul-vujud yagona
maqsad bo‘lib qolsin, deb ta’kidlaydi. Bu g‘azal butun doston g‘oyasini yoritib
berishga xizmat qilgan.
Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni dunyoviylik bilan birga tasavvufiy
doston bo‘lib, unda shoir mohirlik bilan fano va baqoni maqsad qilgan solikni
Majnun, Ruhi Mutlaqni Layli timsolida yarata oldi.
Dostları ilə paylaş: |