Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Keywords: 
Composition, detail, character, discribtion of details, style, 
detective novel, image, form.
 
Badiiy adabiyot – hayot ko‘zgusi. Uning tarkibiy qismida mavjud bo‘lgan va 
yaratilayotgan asarlarning barchasi ma’lum bir vazifaga xizmat qiladi. Yozuvchi 
o‘zi yaratayotgan asarni badiiy jihatdan yetuk bo‘lshi uchun kompоzitsion 
vositalardan foydalanadi. “Adabiy asarni bir butun qilib ijod etishda, qismlarni, 
voqealarni, o‘zaro bog‘lashda, qahramonlar harakat qiladigan sharoitni qayta hosil 
qilishda yozuvchi turli-tuman yordamchi komp‘zitsion vositalardan foydalanadi. 
Bunday kompozitsion vositalar jumlasiga lirik chekinish, kiritma voqea, badiiy 
qoliplash, epigraf, portret, peyzaj, detal va boshqalar kiradi. Bu kompozitsion 
vositalarning har biri albatta, badiiy asarda uchrashi shart emas. Agar portret, 
peyzaj (manzara), lirik chekinish va detal (tafsil) adabiy asarlarda birmuncha ko‘p 
uchrasa, boshqalari ko‘zga kamroq tashlanadi. Kompоzitsion vositalar asar 
g‘oyasini ochishda muayyan rol o‘ynashiga ko‘ra o‘ziga xos mazmundorlikka ega 
bo‘ladi”[1.91].
Yozuvchi ba’zan asarni bir kichik detal asosiga quradi. O‘sha detal asardagi 
barcha voqealarni bog‘lab turuvchi, muallif maqsadini ta’kidlovchi vosita 
vazifasini bajaradi. Detal (fr.tafsilot, mayda-chuyda) – badiiy detal; badiiy asarda 
muayyan mazmun ifodalovchi, g‘oyaviy-badiiy yuk tashuvchi tafsilot. Detal badiiy 
voqelikni yaratish vositasi-ashyosi bo‘lib, u tasvirlanayotgan narsa-hodisani 
konkretlashtiradi, uni hissiy idrok qilish mumkin bo‘lgan tarzda gavlantiradi[2.88].
Buyuk yozuvchi Abdulla Qahhor “Qiziq detal, chiroyli parcha shu vaqtda asarning 
qimmatini oshiradiki, shu qiziqarliligi, shu chiroyliligi bilan g‘oyanig tashviq 
qilinishiga xizmat qilsa”, deydi. Detallar nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Detal 


464 
personaj yoki muallif nutqida, peyzaj, portret va boshqalar tasviri davomida 
keltirilishi mumkin[1.102].
Shu o‘rinda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning asarlarida 
mvjud bo‘lgan badiiy detallar tahliliga nazar tashlasak. Yozuvchining “Soat” 
hikoyasida ham otasidan qolgan qol soatini doim avaylab taqib yuradigan yigit 
haqida hikoya qilinadi. Mazkur hikoyada soat detali orqali yozuvchi kitobxonga 
oilaviy an’analarni, qadryatlarni hurmat qilishni, ularning yo‘q bo‘lib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslik kerakligini uqtiradi.
Asarlardagi maishiy, tabiat bilan bog‘liq detallar real hayotning haqqoniy 
chizgilarda ishonarli aks ettirishi bilan ahamiyatlidir. Ijodkor asardagi qahramonni 
tasvirlash uchun unga oid zamon va makondagi detallarni to‘g‘ri tanlashi lozim. 
Shundagina qahramonning fe’l-atvori aniq va ishonarli tasvirlanadi. “Har bir 
adabiy asar kishilarning yashash sharoiti, xarakterlar, qahramonlarning ruhiyati va 
ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy tafsillar 
yig‘indisidan iboratdir”[3.22].
Badiiy detal faqatgina o‘quvchiga kerakli ma’lumotni yetkazibgina 
qolmaydi, balki qahramonning psixologik holati, tashqi qiyofasi haqida ham yetarli 
tassavvur beradi. A.Qahhor tili bilan aytganda “Badiiy asarda detal pardoz emas,
husn bo‘lishi kerak. Aks holda tegirmonchining mahsisiga o‘xshab qoladi”[4.81]. 
“Fotima va Zuhra” romanida ham badiiy detallar asar mazmuni, voqealar 
rivoji hamda obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilgan. Ayniqsa, detektiv 
ruhdagi asarlar uchun har bir detal qimmatli ahamiyatga ega. Shuning uchun ham 
adib mazkur asarida qo‘llagan detallarning barchasi jinoyatlarni fosh etishga yo‘l 
ochgan. Bundan tashqari, qahramonlarning xarakteri, psixologiyasi, ichki 
dunyosiga ham ishora qilgan. Misol uchun, roman boshida qalamga olingan 
“ko‘knori” detalini olaylik. “Shifokor” kolxozi yerlaridan topilgan ko‘knorilar 
aslida shu kolxoz raisiga tegishli bo‘lib, yillar davomida asosiy daromad manbayi. 
Shuningdek, rais Teshaboy Sultonovning toshdek yuragi, mol-dunyo va 
mayishatga bo‘lgan xirsining bir belgisi ekanligiga ham ishora. Yozuvchi ko‘knori 
detali oqali raisning butun bir jamiyatga xavf urug‘ini sochayotgani va yoshlarning 
jismi, ongi va kelajagini zaharlayotganiga e’tibor qaratadi. O‘quvchi uchun esa bu 
salbiy obraz psixologiyasi yorqinroq ochilib boradi.
Asradagi yana bir badiiy detal bu brilliant soatdir. “Bu oddiy soat emas, 
brilliant soat. Juda qimmat. Manavini qarang. Usta Shahodat opaning qo‘lidan 
ushlab, soat raqamlarini ko‘rsatdi. – Nuqtalarni ko‘ryapsizmi? Shu nuqtalarning 
hammasi brilliant! O‘n ikkita brilliant. Har bir raqamning ustidagi nuqta brilliant. 
Bunaqa soat magazinda bo‘lmaydi. Qanday tushuntirsam ekan? Soat to‘g‘ri 
magazinniki. Ammo keyin menga o‘xshagan, mendan ham zo‘r usta raqamlarning 


465 
ustini teshib, hammasiga brilliant tosh qo‘yib chiqqan. Bu soat hozir kamida o‘n 
ming so‘m turadi. Yuz so‘m emas”[5.217]. 
Bu maxsus soat kolxoz rais Sultonov tomonidan tuman madaniyat uyi 
rahbari Shohida Luqmonovaga sovg‘a qilingan edi. Bu ikki qahramon o‘rtasida 
ishqiy munosabatlar mavjud bo‘lib, oraga sovuqchilik tushganda Teshaboy aka 
Odamboy yordamida Shohidadan qutiladi. Odamboy uni o‘ldirib, g‘orga tashlaydi. 
Yaqinlari esa uni bedarak ketganidan kuyunib, iztirob chekadilar. Ma’lum vaqt 
o‘tgach a’za ochadilar. Shohidaning onasi qizining buyumlari orasidan soatni topib 
olib, uni qiymatini aniqlagach qalbida shubha uyg‘onadi va soatni qo‘shnisi, 
militsiya mayori Qodirjon Aliyevga olib borib beradi. Sultonov xuddi shu soat 
nusxasidan maktab bitiruvchisi Fotimaga ham hadiya etadi. Fotimaning fojeali 
o‘limidan so‘ng bu soat ham militsiya qo‘liga tushadi. Va har ikki soatning egasi 
bir inson ekanligi aniqlanadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: nima uchun yozuvchi 
aynan soatni tanlagan? Bu boshqa bir buyum, masalan, uzuk, baldoq, bilakuzuk va 
hokazo bo‘lishi ham mumkin edi-ku? Ayni shu yerda adibning yana bir detal 
yaratish mahorati ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, soat bu vaqtga ishora. Qancha vaqt 
o‘tmasin haqiqat yuzaga chiqadi va adolat qaror topadi. Bu omonat dunyoda hech 
kim, hech narsa abadiy emasligini kitobxonga isbotlab beradi. Qimmatbaho 
brilliantlar esa vaqtning, inson umrining bebaholigi, uni hoyu-havas, nopok yo‘l 
bilan topilgan o‘tkinchi mol-dunyo hamda chirkin odatlar bilan zavol ketgazmaslik 
zarurligining belgisi sifatda qo‘llanilgan.
Xat detali. Fotima bezorilar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Sha’ni toptaldi.
U bu xo‘rliklarga dosh berolmay joniga qasd qilishga qaror qiladi va singlisi 
Zuhraga vidolashuv xatini qoldiradi. Mazkur xatda uni o‘g‘irlab ketgan 
yigitlarning tashqi ko‘rinishlari tasviri hamda o‘sha mudhish kunda Fotima olib 
kelingan hovlida nogahon akasining ovozini ham eshitganini yozadi. Uni yolg‘iz 
tashlab ketayotganidan, shunga majbur ekanidan o‘kinib, singlisidan kechirim 
so‘raydi. Fotimaning xati orqali ko‘plab savollarga javob topiladi. Bizga ma’lumki, 
jinoyat sodir etilganda shu ishga aloqador, gumondor shaxslarning mavjud 
guvohlar ko‘rsatmasi, tasviri asosida fotorobotlari, ya’ni taxminiy ko‘rinishlari 
yaratiladi. Fotimaning xatda yozgan yigitlarning tasviri haqidagi muhim 
ma’lumotlari ham mazkur detektiv asarning jinoyatchi shaxslarining fotorobotlari 
vazifasini o‘tab beradi. O‘lmas Umarbekov Fotimaning xatini asardagi voqealar 
rivojiga ta’sir etuvchi eng muhim kompozitsion vosita sifatida to‘g‘ri va o‘rinli 
tanlagan.
Asar bosh qahramoni Teshaboy Sultonov o‘zi uchun xavf soladigan 
insonlarni yo‘q qilishga qaror qilganda sodiq odami Odamboyga murojaat qilar 
edi. U esa Tepabog‘dagi dala hovliga olib boradigan yashirin so‘qmoqlar yonidagi 
sharsharali tog‘ ichidan bir g‘orni topgan bo‘lib, imi-jimida hukmi o‘qilgan 


466 
insonlarni shu yerga “dafn” qilardi. Asar so‘ngida bu g‘or siri ham ochiladi. G‘or 
detali orqal yozuvchi yillar davomida Sultonov va uning hamtovoqlarining qora 
sirlarini berkitib kelishganiga ishora qiladi. G‘or juda go‘zal maskanda joylashgan, 
lekin eng dahshatli fojealarga guvoh bo‘libgina qolmay, uni o‘z bag‘rida yashirib 
yotibdi. Romanni o‘qiy boshlaganimizda Teshaboy Sultonov ham qo‘li ochiq, 
saxiy, nochorlarga yordam beradigan, doimo xalq g‘amida yuradigan yaxshi inson 
sifatida taassurot uyg‘otadi. Biroq u ham mana shu qop-qorong‘u g‘or kabi “soxta 
go‘zallik” bilan pardozlangan. Asarni o‘qish mobaynida raisning eng yaxshi 
insoniy fazilatlari ortida aslida yovuzlik bor ekanligiga amin bo‘lamiz. Bu yerda 
O‘.Umarbekov obraz va detalning bir-biriga mutanosib holda tasvir etadi. 
Qahramonning tasvirlash va o‘quvchiga yetkazib berishdagi g‘oyaviy-estetik 
maqsadini to‘liq amalga oshiradi.
O‘.Umarbekovning mahorati shundaki, u oddiy bo‘lib ko‘ringan detallardan 
katta haqiqatni ifodalash, asar g‘oyasini ochish uchun vosita sifatida foydalana 
olgan. Adib foydalangan kompozitsion vosita – badiiy detal asarning har jihatdan 
mukammal bo‘lishiga, g‘oyaviy mustahkam, ijodkorning ko‘zlagan maqsad va 
vazifalarini to‘liqroq, yaqqolroq namoyon etishiga xizmat qilgan.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin