Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


ezgulikdir . Shoir mana shu g‘oyani hayotga tadbiq etish, uni ma’naviy noz-  nematga aylantirish yo‘lida riyozat chekadi”



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   431
Anjuman Boku (6)

ezgulikdir
.

Shoir mana shu g‘oyani hayotga tadbiq etish, uni ma’naviy noz- 


nematga aylantirish yo‘lida riyozat chekadi”. 
 
Bu o‘rinda she’riyatning faqat 
estetik emas, balki ijtimoiy-ta’limiy qimmatga molikligiga alohida urg‘u berilishi 
diqqatga loyiqdir. SHuningdek, suhbatda M.Abdulhakim tomonidan qat’iy rad 
etilgan bir aqidani chetlab o‘tib bo‘lmaydi. 
 
Buni suhbatdoshining “Hozir ham 
ba’zan she’r xalq uchun yozladi, degan gap-so‘zlarni eshitib qolasan. Avvalo, 
xalq uchun she’r yozilmaydi. She’r umuman hech kim uchun yozilmaydi,”-degan 
fikrga nisbatan xolis munosabati taqozo etadi. Darhaqiqat, shoirning quyidagi 


480 
so‘zlari umumiy xulosa uchun etarlidir: “she’r hech kim uchun yozilmasa, 
ikkimiz bunday fikrlashib o‘tirmagan bo‘lur edik. Har bir she’rning o‘z “meni” 
bo‘lgani kabi har bir “men”ning ham o‘z she’ri bo‘ladi”. 
 
Matnazar Abdulhakim adabiy-publitsistik suhbatlarini bir qismi Sharqning 
mashhur shoir va allomalari ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda asosiy o‘rinni 
Pahlavon Mahmud va Ogahiy haqidagi qarashlar egallaydi. Jumladan, “Madadga 
zor madadkor” va “Umumbashariy monandlik” mavzusidagi suhbatlar Pahlavon 
Mahmud, “Ogohlar ogohi” suhbati Ogahiy merosiga munosabatlar in’ikosidir. 
Har uchala suhbat ham taniqli jurnalist Ro‘zimboy Hasan bilan savol-javob 
tarzidagi muloqotga asoslanadi. Bu muloqotning o‘ziga xosligi shundaki, ularda 
shoir ko‘proq falsafiy, ijtimoiy va adabiy qarashlar bilimdoni va tadqiqotchi 
bo‘lib ko‘rinadi. Bu xususiyat ikki yo‘nalishda tilga olingan shoirlar ijodini 
baholash va asarlarini tarjima qilish aspektida aks etadi. 
Pahlavon Mahmud haqidagi mulohazalarda M.Abdulhakimning bu buyuk 
siymoni o‘rganish va anglash yo‘lidagi izlanishlari oydinlashadi. Bu izlanishlarni 
mohiyati uning Pahlavon Mahmud o‘zini ijodiy, ilmiy faoliyati bilan avliyolik
maslagiga erishgan zot, u bu darajaga hech qachon tirmashmagan, bu darajadan 
hech qachon tushmagan, balki bu darajada mangu barqaror siymodir”,-degan 
xulosasida mujassamlashgan. Shoir suhbatdoshini P.Mahmud ham avliyo, ham 
shoir bo‘lgani sababli uni ijodida dunyoviy va diniy g‘oyalarni o‘rni haqidagi 
savoliga shunday javob beradi: “Avliyolar bizning buyuk salaflarimiz. Lekin 
bizlar ularning do‘stlari bo‘layotirmi yoki yo‘q, gap ana shunda. Mumtoz 
she’riyatimizda dunyoviy va diniy g‘oya bir-biri bilan et va tirnoqdek bitishib 
ketgan. Ilohiylik va insoniylik bamisoli bir qushni ikki qanoti. Bu xususiyat har 
qanday dunyoqarashdagi odamga ham ma’naviy jihatdan madad beraveradi”. [6, 
314-315]
Suhbatlarda Matnazar Abdulhakim Pahlavon Mahmud merosining tarjimoni 
ekanligi qayta-qayta qayd aytilgani bejiz emas. Negaki u donishmand shoirning 
to‘rt yuz ellik ruboiysini forsiydan o‘zbekchalashtirgan. Binobarin, tarjima 
jarayoniga aloqador ma’lumotlarni bilish istagi quyidagi savolni taqozo qilgan:
- “Bu jarayonnni ruboiylarning boshqa tarjimonlar tomonidan o‘zbekchaga 
ag‘darilganida ham ko‘ramiz, ular birinchi vazifani bajarishgan. Ruboiylarni 
to‘liq tushinish, yashirish ma’no-mazmun, mohiyatni ochib berish sizgacha hech 
kimning xayoliga kelganmi? 
- Siz aytmoqchi birinchi vazifani muvaffaqiyatli ado etgan tarjimonlarimizga 
sharaflar bo‘lsin. Bu nihoyatda qiyin ish. Bizning adabiyotimizda ham, 
adabiyotshunosligimizda ham tarjimachilik munosib bo‘lgan e’tiborni 
topmayotgan 
ish, 
riyozattalab, 
sermashaqqat 
ish. 
Bizda 
professional 
tarjimonlarning nihoyatda kam etishib chiqayotganligi boisi ham shunda, biz 
nafaqat tilmochlikka, balki badiiy tarjimachilikkka ham munosabatni tubdan 
yaxshilashimiz kerak”.
[3, 320] Javobdan anglashiladiki, tarjimon-shoir o‘z 
mehnatini ko‘z-ko‘z qilmasdan, balki salaflari ishlarini e’tirof etgan holda
asosiy diqqatni, tarjimani qiyin, mashaqqatli, lekin zarur faoliyat ekaniga, galdagi 
vazifalarga qaratadiki, bu bugungi kunda ham dolzarb muammodir. 


481 
Suhbatdoshlar muloqotida Pahlavon Mahmud bilan qadim yunon faylasuflari 
qarashlaridagi mushtaraklik masalasi ham atroflicha talqin qilingan. Arastu 
falsafasi va xorazmlik mutafakkir ijodidagi monandlik izohlanar ekan, 
umumbashariy o‘xshashlikklarning ikki turi tabiiy–geografik va bir xalqni 
ikkinchi xalqqa ta’siri tufayli kelib chiqqan o‘xshashlilning 2-turiga mansubligi 
haqida yozadi: 
“Ramziy ma’noda, albatta, yunon faylasuflari ham, Pahlavon Mahmud 
hazratlari ham tinimsiz haqiqat izlovchi edilar. Shuning uchun ham ular 
insoniyatni ana shu haqiqatga, ya’ni Haqqa yaqinlashtirdilar”. [3, 319] 
Muloqot 
davomida diniy falsafa bilan dunyoviy falsafa munosabatlardagi umumiylik va 
xoslik sharhlangan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida ogohiyshunoslikka munosib 
hissa qo‘shganlarning biri Matnazar Abdulhakim bo‘ldi. U yangicha tafakkur 
asosida yozgan turkum maqolalaridan iborat kitobini “Mangulik jamoli” deb 
atadi, Ogahiyning “Ash’ori forsiy” she’rlarini ilk marta o‘zbekchaga to‘la tarjima 
qildi. Bu ijodiy, ilmiy jarayonning tadriji, qator qirralari suhbatlarda o‘z ifodasini 
topdi. 
Ogahiy taxallusining ma’no sarhadlariga qiziqqan jurnalistga qaratilgan 
kitobidagi dastlabki fikrlar suhbat davomiga yo‘nalish beradi: “Haqiqiy Ogoh 
Allohning o‘zidir. Biz o‘z fazilatlarimiz bilan, to‘g‘rirog‘i o‘zimizda fazilatlarni 
tarbiyalash bilan Allohga taqlid qiladigan bandalarmiz, xolos. O‘z tahallusi bilan 
ma’rifatparvarlik qilayotgan Ogahiyni zamondoshlari ham ilohiy, ham insoniy 
ma’noda “Ogohlarning ogohi” deb alqaganlar. Demak, ilm talab qilgan odam 
uchun Ogahiyning tahallisi ham bir qomus, poyonsiz bir hikmat”.
[2, 16]
Tabiiyki, muloqot markazida Ogahiyning shoirlik va tarjimonlik mahorati, 
Navoiyga munosabati masalasi turadi. Jumladan, suhbatdoshining “Ogahiyning 
shoirlik sifati, Navoiydan keyingi ulug‘ Turkiygo‘y shoir rutbasi haqida sizning 
qarashingiz?-degan savoliga javob har jihatdan asosli va ibratlidir. 
- Ogahiy merosi bitmas-tuganmas ma’naviy tarbiya o‘chog‘idir, mahorat 
maktabidir, bilimlar nomidir. Biz qanday yuksaklikni egallamaylik, qanday 
teranlikni zabt etmaylik, Ogahiy maktabining kamtarin bir o‘quvchisiligicha 
qolaveramiz. Ogahiy nazmiy ijodining bir bayti ham (ta’siri H.G‘) Navoiy 
baytidan holi emas. Navoiydek behudud ummon shovullab turgan zaminda 
Ogahiy ummonining to‘lqin tovushlari ham quloqqa barallla eshitilganidan, 
ko‘zga yaqqol tashlanayotganidan mamnunman”. [2, 19]
Bundan tashqari, Ogahiy forsiy merosining (she’rlar va ta’rixlari) 
o‘zbekchalashtirilishi va sharxlanishi zullisonaynlik an’anasiga doir ayrim ayrim 
fikrlarni kengroq bilish zaruratini yuzaga keltirdi. M.Abdulhakim bu xususdagi 
savolga javobida Xorazmdagi forsiyzabon shoirlar anjumanining yetakchisi 
Ogahiy ekanini ta’kidlar ekan, “Ash’ori forsiy” turkumiga kirgan manzumalari 
dunyoviylikdan ko‘ra ilohiylikka “Ta’viz ul-oshiqin” ga qaraganda yaqinroq 
bo‘lib, ilohiy ohang etakchiligini alohida uqtiradi.
Matnazar Abdulhakim suhbatlarini mavzu doirasida madaniy hamkorlik, 
xususan, qardosh xalqlar adabiy aloqalari va ularning bir-birini boyitishdagi 


482 
ahamiyati masalalari ham ma’naviy-estetik qimmat kasb etadi. Bu sohadagi 
manbalarning bir qismi televideniya va radio ko‘rsatuv hamda eshittirishlarida 
saqlanib qolgan. Bu o‘rinda ulardan birining viloyat televideniyasida, matnni 
keltirish bilan cheklanamiz: 
Savol: 
Matnazar aka, o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi, bilamizki, 
uzoq tarixga ega. Siz bir ijodkor shoir sifatida bu haqda nima deya olasiz? 
Javob:
“Bu do‘stlikning tarixini teran tadqiq qilganingiz sari u do‘stlikdan 
qardoshlikka, qardoshlikdan birodarlikka qarab chambarchaslanib borganiga 
guvoh bo‘lasiz. Biz bugun ana shu tabiiy jarayonga qaytishni o‘ylashimiz kerak. 
Bunday munosabat ayniqsa, ma’naviyat sohasida, xususan, adabiyotlarimizning 
hamkorligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy qanchalik turkman shoiri 
bo‘lsa, Maxtumquli ham shunchalik o‘zbek shoiri edi. Bobolarimiz ijodiy 
sohalardagi hamkorliklari bugun bizlar uchun vasiyat, bir dasturamal bo‘lmog‘i
lozim…“.
27
[4, 68] 
Umuman dialog shaklidagi yuqoridagi suhbatlar shoir merosining ajralmas 
bir qismidir. Ular mazmunini tashkil etuvchi adabiy, publitsistik, falsafiy 
qarashlar Matnazar Abdulhakimni badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyatini 
chuqur anglagan, ayniqsa poetik tafakkur va tarjimanig asosiy tamoyillarini teran 
his etgan keng qamrovli iste’dod – o‘ziga xos fenomen sifatida tasavvur qilishga 
asos beradi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin