Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431
Anjuman Boku (6)

savol-javob
shaklidagi suhbatlar 
tashkil etadi, ijodkorlar bilan shunchaki og‘zaki fikrlashuvi, kundalik o‘zaro 
muloqot va davra gurunglaridagi mulohazalari esa vaqtida to‘la yozib olinmagani 
bois kam uchraydi. Bu suhbatlarning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, ularda 
muallif bayon etayotgan fikrlarini, xulosalarini asoslash va uslub qiziqarliligini 
oshirish maqsadida xalqona ifodalar, rivoyat, maqol, tasviriy vositalar, metafora, 
o‘xshatish, obrazlilik kabi badiiylik unsurlaridan keng foydalanadi. 
M.Abdulhakim bilan M.Abdullaevaning “
Shoirlik taqdirdan yaralgan
” 
mavzusidagi suhbatida [1] 
boshqacha holatni ko‘ramiz. Bu holat quyidagi o‘ziga 
xoslikda aks etadi:
1) Muloqotda Xorazm adabiy muhitini o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘rniga 
e’tibor qaratilgan;
2) Savollar hajman kengroq bo‘lib, unda savol sohibining ko‘tarilayotgan 


479 
masalaga doir shaxsiy fikri, mustaqil nuqtai nazari ham bayon etilgan; 
3) Suhbatdoshlarni erkin tarzda tanlangan savollar asosidagi muloqoti 
beg‘araz bahs va e’tirozli mulohazalarga ham muayyan o‘rin berilgan.
Xorazm adabiy muhitiga daxldor savolda she’riyatning mahalliy va global 
xususiyati haqidagi shoir qarashlarini bilish maqsadi qo‘yilgan. Javob 
odatdagidek; aniq, publitsistik va obrazli ifodalanadi: “She’riyat yaxshi ma’noda 
hamisha mahalliydir, bir uyada kamol topib, ming-minglab ko‘ngil oshyonlariga 
parvoz qilayotgan qushlar galasini eslatadi. Xorazm hududidan etishib chiqqan va 
chiqayotgan shoirlar ham bundan mustasno emas. She’riyat o‘zining ma’naviy 
ahamiyati nuqtai nazaridan har bir ma’vo ham, kosmopolitizmdan ham yuksak 
sinoat, tomirlari tuproqqa teranlashib, novdalari osmonga yuksalayotgan 
daraxtdir”.
Suhbatdosh ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda shoirning umuman asl 
she’riyat nimalarda ekani to‘g‘risidagi mulohazalariga ham qiziqadi. Bu 
xususdagi javobda yuqoridagi qarashlar yanada to‘ldiriladi va chuqurlashtiriladi: 
“She’riyatdagi asllik bu- til va tafakkurning betakror mutanosibligidir. 
Xorazm zamini she’riyatining ham, boshqa o‘lkalarning she’riyati kabi, mevalari 
qanchadan-qancha hududlarga etib borgandir. Biroq, ildizlari, daraxti 
Xorazmning o‘zida va o‘zidan”.
Muhimi shundaki, M.Abdulhakim suhbatdoshining fikrlariga befarq emas: 
Ular to‘g‘ri yoxud baxsli bo‘lishidan qat’iy nazar har biriga muayyan munosabat 
bildiradi. Eng ma’qul hisoblagan qarashlarini qadrlagan holda munozarali, 
noto‘g‘ri mulohazalarini to‘ldirishga yoki rad etishga harakat qiladi. Jumladan,
“she’r –bu yurakda paydo bo‘ladigan nomai muhtaramdir. Shoir o‘z ruhiy 
olamiga qancha ko‘p yaqinlashsa, u ruhiyatning poktomon farzandiga o‘z 
ko‘nglidan shunchalar ko‘p joy beradi. Ruhiy kechinmalar dunyosi hali kashf 
etilmagan olamlardan biridir”,- degan sub’ektiv fikrni u “asarlarda, ular xoh 
badiiy, xih ilmiy bo‘lsin, inson ruhining hatto bitta qirrasi ham o‘zining bir-biriga 
hech qachon o‘xshab ketmaydigan jilolarini topadi”,-tarzida davom ettirib, 
quvvatlaydi.
Tabiiyki, suhbatdoshi qarashlarida ba’zi ziddiyatli jihatlar ham uchraydi. 
Bunday holatda M.Abdulhakimning bilimdonligi namoyon bo‘lib, u sherigi 
tushunchasidagi noqisliklarga aniqlik kiritishga intiladi. Masalan, g‘oya va 
g‘oyaparastlik haqidagi savoliga javobida ta’kidlaydiki, “g‘oyaparastlik” va 
“g‘oyaviylik” boshqa-boshqa tushunchalardir. She’riyatda hamisha g‘oya 
bo‘lgan. Bu g‘oyani nomi go‘zal so‘z vositasida tarbiya topadigan insoniy 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin