916
Amiriyda bu baytda murojaat obyekti - ko‘ngil. Yor yuzini ochib chiqqani
uchun uni oshiq kofir deb ataydi va ko‘nglini yor ruxsoriga qarashdan qaytaradi.
Bu o‘rinda islom dinida ayollarning yuzini yopib yurish qoidasiga ishora qilingan.
Chiqti ul kofir ochib ruxsoridin yag‘mosini,
Ey ko‘ngul, ko‘z saqla, iymoning kerakmasmu sango.
Fuzuliy g‘azali matla’si g‘amza tasviridan boshlangan edi, maqta’da ham
undan uzoqlashmasdan ko‘z atrofida qoladi.
Tutalimkim, ask selobina yo‘qdir e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning gerakmazmu sango?
Amiriy maqta’da avvalgi baytlarga hamohang tarzda tasvir yaratadi. Lirik
qahramon Amiriyga murojaat qilib :”yor jamolini qo‘msab bir o‘tli so‘z aytdim
lekin uni daftarga yozmagin devoning kuyib ketishi mumkin.deydi.
Orazi ishqida bir o‘tlug‘ so‘z aydim, ey Amir,
Solmag‘il daftarga devoning kerakmasmu sango?
Amiriy ushbu tatabbu’ g‘azalida Fuzuliyning yuksak badiiy mahoratidan
ilhomlanib, yangicha badiiy mazmun yarata olgan. Salafi qo‘llagan o‘xshatish,
sifatlash,istiora ,mubolag‘a kabi badiiy tasvir vositalarini yuqori darajalarda
qo‘llay olgan. G‘azalni hajm jihatdan kengaytirib o‘z uslubi, dunyoqarashi va
g‘oyalarni badiiy so‘z mag‘ziga singdirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Amiriy. Devon.- Toshkent: Tamaddun, 2017.
2.
Fuzuliy. Devon. – Toshkent: Badiiy adabiyot, 1959
3.
Sadriddin Ayniy. Namunayi adabiyoti tojik. – Moskva, 1926.
4.
Fayzulloyev B. O‘zbek she’riyatida tatabbu’ tarixi va mahorat masalalari
( XVII-XIX asrlar va XX asr boshlari g‘azalchiligi asosida):
Filol.fan.nomzodi. diss.avt.- Toshkent, 2002.
5.
Zohidov V. O‘zbek adabiyoti tarixidan. – Toshkent: O‘zadabiynashr, 1961.
6.
Qobilova Z. Amiriy she’riyati. – Toshkent: Fan.2010
Dostları ilə paylaş: