Ohkim do‘kdi falak qonimi mujgonidin
Qilmadi bok damodam to‘kulan qonimdin
.
101
[4]
Shu yoʻldagi “Ohkim, doʻkdi falak qonimni mujgonimdan” deb
boshlanuvchi gʻazali Fuzuliy sheʼrlariga juda hamohang tarzda bitilgan. Shoir
Muhammad Alixon sheʼrda Fuzuliy sheʼrlarining shakliy jihatlarinigina emas,
balki ifoda tarzi hamda gʻoyaviy mohiyatini ham singdiradi.
Vadud Mahmud bir tahliliy maqolasida adabiy taʼsir masalasiga alohida
eʼtibor qaratadi. Maqolaning “Fuzuliyning Turkistonga taʼsiri” boʻlimida aynan
shu haqda maʼlumot berilgan. Fuzuliyning turkistonlik shoirlar ijodiga kuchli
taʼsiri, uning asarlari eng “maʼruf kitoblardan biri” sifatida keng tarqalganligi,
Fuzuliyning taʼsirida ikki tillilik paydo boʻlgani haqida alohida qayd etadi.
102
[5]
Xon Navoiy va Fuzuliyga tatabbu’lar yozadi. Fuzuliy g‘azallariga tazmin va
taхmislar bitadi. Хоn shе’riyatining tasavvufiy asоslari naqshbandiylik tariqatiga
borib taqaladi. U o‘z ijodida turli tasavvufiy timsollarni qo‘llab, badiiyati pishiq
g‘azallar yaratadi. Muhammad Alixonning quyidagi qo‘lyozmalarida fikrimiz
tasdiqlanadi.
99
Manba
https://tafakkur.net/ey-sabo-holim-borib/alisher-navoiy.uz
100
“Devoni xon Muhammad Alixon”O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondi, 1808-raqamli
qo‘lyozma 2b, 3a
101
Пўлатжон Қаюмов“Хўқанд таричи ва адабиёти”“Тамаддун”Т.:2011
Muhammad Ali (“Tuhfat-ul-
ashob”,105B).
102
saviya.uz
905
1.Rossiya FA Sankt-peterburg Sharq qo‘yozmalari instituti fondi, D400
raqamli qo‘lyozma.
103
[6]Bu terma devonlar majmuasi bo‘lib, Unda Navoiy,
Fuzuliy va Xon she’rlaridan saylanma qilingan.
Bu manbada Xonning o‘zbekcha 20 ta g‘azali, va 2 muhammas, forscha
1 ruboiy va 2 fard o‘rin olgan. Debochaning 3 b varog‘ida Navoiy va Fuzuliyni
ko‘p o‘qigani haqida ma’lumot berilgan.
2. O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi fondi
157- raqamli qo‘lyozma
104
[7“Ash’ori Fuzuliy va Xon” deb nomlanadi. Fuzuliy
she’rlariga Xonning tayabbu’lari va har ikki shoir she’rlaridan namunalar
keltirlgani aytiladi. Manbada Xonning 36 ta g‘azali berilgan.
Tabibo, sonmakim chashmim yoritmish to‘tiyolardur,
Bu ravshandur bangakim, gardi rohi dilrabolardur (157)
3. Parijdagi Fransiya milliy kutubxonasi,1446-raqamli qo‘lyozma
105
[8].
Bayoz shaklidagi bir kichik qo‘lyozamda xonning 2 ta o‘zbekcha g‘azali,
Muhammad Sharif Dabirni Muhammad Alixonga bag‘ishlangan qasida muammosi
va Abdurahmon Jomiyning Husayn Bayqaroga bag‘ishlangan qasida muammosi
o‘rin olgan.
4. O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondi,1808-raqamli
qo‘lyozma
106
[9](Shu qo‘lyozma bilan tanishdim) Bu manba kartatekasida “Devoni
Xon Muhammad Alixon” deb yozilgan. Matnlar jadvalga olingan. Manba “Devoni
xon” deb yuritilsada Xon she’rlaridan ayrim namunalar devon tartibida berilgan,
xolos. O‘zbek tilida 48 ta g‘azal va 1 muxammas berilgan.
Ajoyibki, bu bir necha dilrabo
Demaslarki, bu shah erur yo gado
Agar chandi Xoni zamonam bango
Hama eldin ortiq qilur jafo
Ajab yorlardur, ajab yorlar.(1808 tabi’ xud muxammas)
Jonim veraram orazi dil jo‘ying uchundur,
Oh ayladug‘um zulfi suman bo‘ying uchundur. (1808)
Bag‘irning qon o‘ldig‘in qabolardin so‘rung,
Ashkimni xunobasin ilgi xinolardin so‘rung. (1808)
5. O‘zR FA Davlat adabiyot muzeyi fondi 401- raqamli qo‘lyozma.
107
[10]
XIX asrning ikkinchi yarmiga mansub ushbu bayozning 209a-210b varaqlarida
Xonning Fuzuliy g‘azallariga 2 taxmisi o‘rin olgan.
103
Jo‘raboyev O. “Xon adabiy merosiga doir” /O‘zbek tili va adbiyoti junali/2017-yil 6-son
104
Yana o‘sha joyda
105
Yana o‘sha joyda
106
Yana o‘sha joyda
107
Yana o‘sha joyda
906
Muxammas: (Mavlono Fuzuliy Bag‘dodiyga ergashib)
Inju dishi jon qulzumi ichra guharimdur
Ikki labi dil mahzanida la’llarimdur
Bul juzvaya mahrum alardin nazarimdur
Namlu edajak domanimni chashmi tarimdur
Pur la’l edan chashmimi xuni jigarimdur
Shoir ushbu misralarda yorning tishlari inju ekanligi, shoirning joni ichidagi
guhari ekanligini, yori ikki labi oshiq yorning dil mahzanida xuddi la’ldek, men
yorning bunday go‘zalligini ko‘rib, ayniqsa, ikki labining la’l ekanligidan
jigarimda qon misoli chashm singari oqajak. Shoir bu misralarida o‘g‘uz
lahjasidagi so‘zlaradan foydalanganining ifodasini ko‘rishimiz mumkin: tishi
o‘rniga dishi buning isboti.
6. G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi fondi, 256- raqamli
qo‘lyozma. XIX asrga mansub ushbu bayozning 173-174 varaqlarida “Muxammasi
Muhammad Alixon marhum” sarlavhasi bilan “Ajab yorlardur, ajab yorlar”
mashhur she’rining to‘liq (10 band) nusxasi bor.
108
[11]
Ko‘zingdur menga fitna barpo qilan,
Boshim uzra yuz sho‘r-u g‘avg‘o qilan,
Meni olam ahlig‘a rasvo qilan,
Ko‘ngul maxzani ichra yag‘mo qilan,
Bu ayyorlardur, bu ayyorlar (1808,256,v.h)
Vozeh ham o‘z tazkiralarida Xon haqida qisqa, boshqa manbalarda
bo‘lmagan qiziq ma’lumot, 1 o‘zbekcha g‘azal va 2 forscha ruboyisini bergan.
So‘ngra Po‘lotjon Qayumiy tazkirasi va Xo‘qand tarixi v ava adabiyoti asarida
Xon xususida ma’lumot va she’rlaridan namuna bergan.
Xonki be mahvashim sha’m ruhan yod etaram
Yonajakdur falak ohi dili so‘zonimdin.
Muhammad Ali (“Tuhfat-ul-ashob”, 105-bet).
Qit’a
Bog‘ mendek sarg‘ayib bulbul meningdek bo‘ldi lol
Go‘iyo bundoq emish bir guldin ayrilganda hol.
(Xo‘qand tarixi v ava adabiyoti)
Demak shu kunga qadar aniqlangan Xon ijodiy merosi 100 ta atrofidagi
she’r va bir necha maktubdan iborat. G‘azal, muxammas, musaddas, ruboiy va fard
qit’a janridagi bu she’rlar Xonning she’riy iqtidoridan darak berib, o‘ziga xos
salohiyatli shoir ekanligidan ijodkor bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ruboyi va fardlari
forscha bo‘lib qolganlari o‘zbekcha. Mazkur qo‘lyozmalarda keltirilgan
108
G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi fondi, 256- raqamli qo‘lyozma.173-174b
907
she’rlarining deyarli barchasida o‘g‘uz lahjasidagi so‘zlar mavjud bo‘lib, shoir
ijodida Fuzuliyning ta’siri kuchli ekanligini ko‘rsatadi.
Muhammad Alixon haqida olimlarning fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak
Po‘lotjon Domulla Qayumovning “Tazkirai Qayumiy” asarida Xonni 57- o‘rinda
keltiriladi va “…Shoir ko‘pincha she’rida Ozarbayjon shoiri Fuzuliyga
ergashadi…” –deydi.
109
[12] A
kademik Aziz Qayumovning “Asarlar” 10 jildli
kitobida Xonning adabiyotdagi tutgan o‘rni haqida fikr yuritar ekan shunday
deydi: “…Nazmda uning taxallusi Xon edi. Xon Fuzuliy ta’siriga berilgan shoir
bo‘lgan. Uning she’rlarida Fuzuliyvor ruh, hayajon badiiy ifodalar aniq sezilib
turadi.
110
[13]
Xonning g‘azal va muxammaslari go‘zal va purma’nodir. Olim shoir
devonidagi she’rlardan parchalar keltirib, “…shoirning biror mavzuni takrorlashini
emas, bu takrorning qanday amalga oshirgani muhim” ligini ta’kidlaydi.
111
[14]
Akademik Aziz Qayumov shoirning mumtoz adabiyotdagi o‘ziga xos topilmalarini
ham keltirib o‘tadi.
“Yorning yuzini quyoshga oxshatish ifodasini Xon topgan:
Munavvar orazing tobina betob o‘ldig‘im andin,
Ki, qilmas zarracha orom xurshidi jahon ko‘rgach.
Ammo o‘sha nomehribon agarda sevguchi yigitning ahvolini so‘ragudek
bo‘lsa, bu so‘z Xon uchun saltanat havosidan ham balandroq va qimmatliroq bo‘lar
edi”
112
[15] Xullas sohibdevon shoh va shoir Muhammad Alixon haqida fikr
bildirgan mazkur olimlarning ilmiy izlanishlarida Xonning devon tartib bergani
Muhammad Fuzuliyning nafaqat g‘azallariga o‘xshatib g‘azallar yozgani “Laylov-
u Majnun” dostoniga o‘xshatib bir poema yozgani(Bizgacha yеtib kelmagan)
bo‘lsa ham tamom bo‘lmay qolgan”i
113
[16],
xalq orasida Muhammad Alixon va
uning xusnda tengsiz turmush o‘rtog‘i Oyxonposhsha muhabbatlari ardoqlanib,
“Layli va Majnun” deyilgani, Muhammad Alixon ikkita zambarak yasattirib, biriga
“Layli” ikkinchisiga “Majnun” deb nom berganligi haqida fikrlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |