900
jondamas, balki oshiqning ko’nglida aks etadi. Shu bois, ko’ngil
oynasi butun
bo’lishi,
pokiza
saqlanishi
shart.
Bu
haqiqat
Fuzuliy
tomonidan
juda go’zal aks ettirilgan:
Ko’nglim ochilur zulfi parishoningni ko’rgach,
Nutqum tutilur g’unchai xandoningni ko’rgach.
95
Ishqdan
davo
topgan
oshiq ko’ngil tozaradi. Bu shaffoflikdan
ko’ngilning shod bo’lishini, dilda g’am qolmaganini Fuzuliy g’azaliga
mos
ravishda
Uvaysiy
ifoda
etadiki,
bu
shoiraning
mumtoz
an’analarini davom ettirishdagi go’zal harakatlarining namunasidir:
Shod o’ldi ko’ngul ruk’ada ash’oringni ko’rgach,
Hech qolmadi g’am mazmuni guftoringni ko’rgach
Oshiqning
asl
maqsadi,
yashash
mazmuni,
tortayotgan
riyozatlar
natijasi
yor vasliga etishmoq, uning ruxsorini ko’rmoq bo’lgandan
keyin, ko’ngil ham o’sha maqsad sari intiladi. Yor guftorini ko’rgan oshiqda g’am
mazmuni qolmasligi tabiiy. Shu o’rinda Fuzuliy «Ko’nglim ochilur» desa, Uvaysiy
bu baytga nisbatan «Shod o’ldi ko’ngil», - deya tasdiq ifodasini yaratadi.
Tasavvufda faqrlik darajasiga etgan komil insongina ko’nglini shod eta oladi.
Chunki Haqqa etishmoq orzusidagi faqr tortilajak barcha riyozatlarni xush deb
biladi,
unda
malolat
tuyg’usi
bo’lmaydi.
Biroq,
faqrlik
darajasiga etish ham kishilar o’ylaganchalik oson ish emas.
Qachonki
komillikka
intiluvchi
shaxs
ishqiy
ofatlardan,
yorning
sitamlari-yu,
cheksiz
sinovlaridan
engilmasdan
o’tsagina,
faqrlik
maqomiga
erishadi. Bunga erishish uchun esa ko’ngil atalmish asos kerak. Shu
asosga tayanib, mazkur maqomga etish mumkin. Shuning uchun ham
mumtoz
she’riyatimizda
ko’ngil
poetik
obraz
sifatida
eng
ko’p
qo’llaniladi.
Jumladan, Fuzuliy va Uvaysiy she’riyatida ham ko’p
uchraydigan an’anaviy poetik obraz ko’ngil bo’lib, ular mazmun,
ohang
jihatdan bir-birlariga g’oyat yaqindir. Uvaysiy g’azallarida Fuzuliy til uslubi
mavjudligi ham shoiraning o’zidan avvalgi g’azalnavislar
ijodiga hurmatini
ko’rsatadi. Sharq adabiyoti uchun Fuzuliy ijodi katta mahorat maktabi
bo’lganligining yana bir isboti sifatida Uvaysiy g’azallariga murojaat qilish kifoya:
Dostları ilə paylaş: