Ключевые слова и выражения:
узбекская литература, история и
интерпретация, поэт, лирика, дух времени,
творчество, духовность, дух,
жанр, газель.
Annotation.
The article is devoted to the disclosure of the place and
significance of Fitrat’s creative heritage in the Uzbek literature.
Key words and expressions:
Uzbek literature, history and interpretation,
poet, lyric, spirit of the time, creativity, psychology, genre, ghazal.
O’zbek adabiyotshunosligida ijodkor badiiy tafakkurining poetik obrazlarda
namoyon bo’lish usullari, an’ana va yangilanish jarayonining o’ziga xosligi
masalalari dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda. SHunday
ijodkorlar borki, ular badiiy ijoddagi dastlabki qadamlaridanoq adabiyotga
yangicha ruh olib kiradi. Poetik shaklda hamda poetik obrazda ular amalga
oshirgan yangilanish individual ijodiy kashfiyotlar darajasidan o’sib, o’zi mansub
bo’lgan millat adabiyotida yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi. XX asr
o’zbek va fors adabiyotining etuk bilimdoni, atoqli adib Abdurauf Fitrat ana
shunday iste’dod sohiblaridan biri hisoblanadi.
Fitrat ijodiy merosini o’zbek adabiyotshunosligi kontekstida o’rganish
fitratshunoslikning jahondagi nazariy tendensiyalar bilan mushtarak tushunish
uchun muhimdir. Chunki bu davrga kelib, o’zbek adabiyotshunosligi jahon
standartlariga yaqinlashdi, Fitrat va unga zamondosh milliy uyg’onish davri o’zbek
adabiyoti vakillari ijodini qayta baholash tamoyillarini namoyon eta boshladi.
Mustaqillik davri jadidshunosligi ayni shu sabablarga ko’ra yangilanishi, qayta
baholash, talqin va tadqiq etishning ilmiy prinsiplarini o’rtaga tashlashi zaruratga
aylandi. Bunda, birinchidan, jadidchilik adabiyoti o’sha davrda jahoniy miqyosda
ro’y bergan ijtimoiy, madaniy, adabiy-estetik yangilanishlarning sharq dunyosidagi
bir ko’rinishi sifatida Turkiston xalqlarining o’zlari uchun ham ochilmagan qo’riq
edi. Asr boshidagi an’anaviy estetik tafakkur bu hodisani to’la va atroflicha anglab
etishi, baholashi uchun vaqt kerak edi. Ztgan asrning yigirmanchi yillar o’rtalariga
qadar muayyan baho va talqinlarni o’rtaga tashlagan o’zbek jadidshunosligi mana
shu yo’ldagi ilk urinishlar bo’lib, sovet tuzumining mustahkamlanishi sabab o’z
takomil bosqichini yashashga ulgurmadi. Ikkinchidan, sobiq sovetlar davrida jadid
adabiyoti mafkuraviy muxolifat tarzida ta’qibga uchradi. Uni to’g’ri baholash u
yoqda tursin, jadid adabiyoti vakillari hamda ular yozgan asarlarga nisbatan “tirnoq
ostida kir qidirish” tamoyili bilan yondashish urfga kiritildi. Oqibatda sovetlarning
soxta internasionalizmga asoslangan ijtimoiy va adabiy siyosati bu harakatni
“millatchilik harakati”, adabiyotini esa “millatchilikni targ’ib etuvchi adabiyot”
893
deb baholadi. O’z taraqqiyoti uchun zararli, hatto xavfli hodisa sifatida jamiyat
madaniy-ijtimoiy hayotidan zo’rlik bilan siqib chiqardi. Uchinchidan, sovet
mafkurasidan
tashqarida
mustaqil
kapitalistik
sistema
ostida
turmush
kechirayotgan xorij siyosatshunosligi va adabiyotshunosligi o’z raqibining
muxolifi sifatida jidid adabiyoti vakillari ijodini o’rganish, targ’ib etish yo’lidan
bordi. Vakillari biografiyasi, ijtimoiy faoliyati haqida kitoblar, maqolalar e’lon
qildi, asarlarini nashr ettirdi. Ammo bu joyda ham xolis va to’g’ri baholash, talqin
etish uchun shart-sharoit ko’ngildagidek emas edi. Sababi shuki, xorij
jadidshunoslari o’zbek jadidlari etishib chiqqan mahalliy, milliy shart-sharoitni
etarli darajada bilmas, o’rganish uchun imkoniyat ham yo’q edi. SHu bilan
birgalikda Amerika, Germaniya, Fransiya, YAponiya, Turkiyada maydonga kelgan
tadqiqotlarning aksariyati o’z mamlakati mafkurasi va tashqi siyosatini ifodalashga
moyil edi.
Yuqorida sanab o’tilgan qator omillarga asosan mustaqillik davriga kelib
jadid adabiyoti va bu adabiyot markazida turgan shaxslardan biri Fitrat shaxsiyati
hamda ijodini qayta baholash ehtiyoji paydo bo’ldi. Adabiyotshunos Begali
Qosimov to’g’ri qayd etgaganidek: “Turkiston jadidchiligining markazi va haqli
vorisi, shubhasiz, O’zbekistondir; uni o’rganib baholashdan qay darajada istifoda
etishgacha bo’lgan burch va mas’uliyat, birinchi navbatda, bizning
zimmamizdadir”.[1.169]
O’zbek adabiyotshunosligida qayta baholash muammosining zarurati
mustaqillikning ilk yillarida, tasodifan paydo bo’lgan emas, albatta. Bu xulosaga
bosqichma-bosqich, manbalarni qayta o’rganish, adabiy shaxsiyatlar biografiyasiga
yangicha nazar solish natijasida paydo bo’ldi. Bunday muhim va zaruriy
konsepsiya maqolalardan maqolalarga, kitoblarda kitoblarga tomon qat’iylashib,
takomillashib bordi. Adabiyotshunos A.Rasulov qayd etganidek, “Mustaqillik
yillarida kishilarimizning mushohadakorlik, talqin qila bilish uquvi beqiyos
darajada o’sdi... Milliy mafkura, istiqlol g’oyasining ilm-fan, xususan, o’zbek
adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga singib borishi badiiy asarlar – adabiy
matnning mukammal, ilmiy tahlil va talqinida namoyon bo’ldi”[2.4] Professor Q.
Yo’ldoshev o’z kuzatuvlari asosida: “Asr boshidan buyon “ko’rsatib berish”, “fosh
etish”, “aniqlab olish” bilan shug’ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik asr
adog’iga etganda tadqiq va talqinga mayl ko’rsatmoqda... XX asr o’zbek adabiyoti
tarixini yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilib, bu
davrda yaratilgan asrlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda”, degan
fikrni ilgari suradi.[3.49] Adabiyotshunos U.Hamdamovning: “Asr boshida
jadidlar adabiyotining ideali, avvalo, yurt ozdligi va millatning tiklanishi bilan
bog’liq qator masalalar bo’lgan esa, sho’ro davrida adabiyot ideali ko’p jihatdan
894
hukmron mafkuraning soyasida qolib ketdi”, [4.6] degan xulosasi esa yanada
aniqroq, yanada qat’iyroq mohiyatni ifodalaydi.
Ayni paytda adabiyotshunosligimizda adabiy shaxsiyat va adabiy-ilmiy
manbalarni qayta baholashning mustaqillik mafkurasiga mos nazariy-ilmiy
kriteriylari ham maydonga kelmoqda. SHuning uchun dastlab shular va
o’zimizning ba’zi kuzatishlarimiz asosida jadid adabiyotini qayta baholash
kriteriylari haqida ma’lum to’xtamlarga kelib olish zarur bo’ladi. Uzoq yillar
mobaynida jadid adabiyoti vakillari va ijodi xususida tadqiqot olib borgan
adabiyotshunos B.Qosimov qayta baholashning ikkita muhim mezonini ko’rsatgan:
birichisi, istiqlolgacha sinfiy mezonlarga ko’ra baholangan jadid adabiyotini
istiqloldan keyin milliylik mezonlariga ko’ra o’rganish maqsadga muvofiqdir:
“Istiqlol tarixga ham, adabiyotga ham tamomila boshqacha yondashishni shart
qilib qo’ydi. Bir so’z bilan aytganda, u sinfiy yondashishni rad etib, milliy
yondashishni
kun
tartibiga
qo’ydi”[5.171].
Ikkinchisi,
“An’anaviy
tushunchalarning zamonning zayli bilan yangicha talqin kasb etishi”. Bu o’rinda
olim “an’analar” tushunchasi talqinida diniy va milliy qadriyatlarimizni nazarda
tutadi. Tahlil jarayonida olim Qur’on Karim suralarida ilm 751 o’rinda tilga
olinganligiga urg’u beradi. Shundan kelib chiqib milliy uyg’onish davri adabiyotini
o’rganishda mana shu mezonga diqqat qaratish lozimligini o’zbek xalqi istibdod
ostida bo’lgan yillarga oid dalillar bilan izohlaydi.
Adabiyotshunos B.Karimov ayni masala talqiniga yanada kengroq
yondashadi: “Avvaliga Cho’lpon va Fitrat adabiy merosidagi, ular
dunyoqarashidagi sho’rolar siyosatiga mos jihatlarga ataylab urg’u berilgan bo’lsa,
istiqloldan keyin bu adabiy siymolarning xalqning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini
yuksaltirish uchun yozgan asarlariga e’tibor kuchaydi. Eng muhimi, har bir olim
muayyan ilmiy muammoni o’zining adabiy-estetik didi hamda o’ziga xos
yondashuvi asosida tutuntirdi. Masalan Fitratning ma’naviy-e’tiqodiy qarashlarida
islomiy, turkchilik va dahriyona tushunchalari, “Shaytonning Tangriga isyoni”
she’riy dramasi bahs-munozara mavzusi ham bo’ldi, turlicha talqinlar
yozildi”[6.135]. Abdurauf Fitrat ijodini baholashda uning shaxsiyatidagi
islomchilik, turkchilik, dahriyona qarashlarning e’tiborga olinishini qayta
baholashdagi muayyan mezonlar sifatida ko’rsatadi. Albatta, bu jihatlar istiqlol
davri fitratshunosligida yaqqol ko’rinadi. Sosiologik yondashuvdan chekinilib,
milliy-ma’naviy, adabiy estetik talqinning kuchayganini aniq namoyon etadi.
Fitrat ijodidagi poetik tafakkurning yangilanish tamoyillarini milliy
istiqlol konsepsiyasi nuqtai nazaridan o’rganilishi haqida gap ketganda, avvalo,
mustaqillik davri jadidshunosligi yo’nalishining etakchisi professor B.Qosimov
talqin va tadqiqotlariga diqqat qaratish lozim bo’ladi. Olim o’zining “Izlay-izlay
topganim...” nomli monografiyasida, “Abdurauf Fitrat xalq farzandi”, “Fitrat
895
(chizgilar)”, “Fitrat”, “O’zi yonib yo’l yoritganlar”, “Sening uchun tirildim,
Ona!..” deb nomlanuvchi qator ilmiy maqolalarida, “Maslakdoshlar: Behbudiy.
Ajziy. Fitrat” nomli risolasida, shuningdek, jadid adabiyotiga oid bir qator
tadqiqotlarida Fitrat she’riyati haqida salmoqli fikrlarni ilgari surgan.[7.15-16]
Ammo qiyosiy o’rganishlarimiz shuni ko’rsatdiki, olimning “Milliy uyg’onish:
jasorat, ma’rifat, fidoyilik” nomli monografik kitobidan joy olgan “Abdurauf
Fitrat” sarlavhali tadqiqotida bularning hammasi umumlashgan va kompleks
o’rganilgan. Shuning uchun quyida ushbu tadqiqot asosida fikr yuritamiz.
Fitratning “Hurriyat” gazetasining 1917 yil, 28 iyulь sonida e’lon qilingan:
“Ey, ulug’ Turon, arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? Dunyoni “urho”lari bilan
titratgan yo’lbars yurakli bolalaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur?..
Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarin o’zgalarga nechun
qo’ydilar?” deb boshlanuvchi nasriy she’rini quyidagicha baholaydi: “Darhaqiqat,
1917 yil Fitrat uchun quvonch va alamga to’la yil bo’ldi. Oq podshoning qulashi
unga tobe’ Buxoro va Turkistonda ham erkinlik, mustaqillik tomon yo’l ochgandek
edi. Biroq, ma’lum bo’ldiki, uni qo’lga olish, egallash kerak ekan. So’ng esa
ushlub turish. Buning uchun farzandlar kerak. O’zligini anglagan, esli, hushli va
fidoyi”. [8.353]
Anglashiladiki, olim Fitratning ushbu sochma satrlarini sof sosiologik
metodda tadqiq etmoqda. Sochmadagi har bitta g’oyani ijtimoiy turmush voqeligi
bilan bog’lab tahlil qilmoqda. Oq podsho – Nikolay II ning taxtdan ag’darilishi
mustamlakachi chor Rossiyasida fevralь inqilobi voqealari bilan sodir bo’lgan
yirik ijtimoiy-siyosiy voqea edi. Kerenskiy boshchiligidagi muvaqqat hukumat
hokimyatni egallaganiga besh oy o’tgan. Turkiston kabi Rossiya mustamlakalarida
ham fikriy va ijtimoiy uyg’onishga turtki bergan payt. Mustamlaka millatlarning
faol ziyolilari harakaptga tushgan. O’z erkini qaytarib olish yo’lidagi izlanishlar.
Fitratning ushbu asari mana shunday nozik siyosiy vaziyatni ifoda etadi. O’z
xalqini uyg’onish, kurashga chorlashga qaratilgan. Begali Qosimov bularning
barchasini bir jumlada siqiq va aniq ifodalaydi: “1917 yil Fitrat uchun quvonch va
alamga to’la yil bo’ldi...” Mana shu jumla orqali o’quvchini tadqiqotning
boshrog’ida keltirgan mana bu voqeaga yo’naltiradi: “1917 yil fevral inqilobidan
so’ng Buxoro jadidlarinig so’l qanoti – yoshlar tashabbusi bilan yangi markaz
tuzildi. “Yosh buxoroliklar” inqilobiy partiyasi tashkil topdi. Uning markaziy
Dostları ilə paylaş: |