Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


partiyasi tuzildi. Abduvohid Burhonov – rais, Fitrat – sarkotib. Usmonxo’jayev –



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə414/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   431
Anjuman Boku (6)


partiyasi tuzildi. Abduvohid Burhonov – rais, Fitrat – sarkotib. Usmonxo’jayev – 
xazinachi, Fayzulla Xo’jayev va yana besh kishi a’zo qilib saylandi. Yangi partiya 
Muvaqqat Hukumatga tabrik telegrammasi va Rusiya – Buxoro munosabatlaridan 
kelib chiqib, amirni islohotga majbur etishni so’rab Murojaatnoma qabul qildi. 
Harakatlar bejiz ketmadi. Amir yon berdi”[8.151]. 


896 
B.Qosimov parcha keltirilgan asarni o’z kitobida “badia” deb ataydi. Bu 
haqda boshqa mutaxassislarning fikrlari bir oz boshqacharoq. Masalan, Naim 
Karimov “Hurriyat” gazetasida e’lon etilgan bu asar parchalarining yig’ib, tahlil 
etish asnosida Fitrat “Temur sag’anasi” dramasining bo’laklari degan xulosani 
ilgari surgan. H.Boltaboyev esa bu asarni to’g’ridan to’g’ri “nasriy she’r” – 
mansuralar tarzida atagan[9.15]. Bizningcha, asar janri borasida keyingi ikki 
mutaxassis haqliroq. Chunki u badia – esse janridan ko’ra nasriy she’r qoidalariga 
ko’proq tushadi.
“Hurriyat” gazetasining 1917 – 18 yilgi sonlarida bosilib chiqqan “YUrt 
qayg’usi” – mansurasi, “Mirrix yulduziga” asarini B.Qosimov satrma-satr tahlil 
qiladi:
– “Madaniyat degan G’arbli olbosti. Boqing, buning ko’kragidan o’q 
bosdi...” degan jumlalarini shunday tahlil qiladi: “...Go’yo shiddatli bir dovul 
kelganu bundagi go’zallikni barbod qilgan. Bu dovulning ismi – “madaniyat”. 
Nega “Madaniyat”? Madaniyat hayotning mazmunli bo’lishiga qaratilgan emasmi? 
Gap nomda emas, mohiyatda. Inqilob xalq uchun, xalqning nomi bilan amalga 
oshgan edi. Oqibat-chi? Insondagi insoniylik barbod bo’lib, yovvoyilik, yovuzlik 
junbushga keldi. Bir-birini yo’q qilishga tushdi. Hayvondan xor bo’ldi. Bu inson 
emas, iblis (olbosti) a’molidir. O’lkaning ko’ksiga o’q qadagan o’shadir” [9.370]. 
Adabiyotshunos B.Qosimovning Fitrat she’riyati haqidagi mazkur xulosalari ham 
sof milliy, sosiologik pafosdagi tahlil namunasidir: “Shoirning “Kim deyay seni?”, 
“Bir oz kul”, “Achchig’lanma degan eding”, “Ishqimning tarixi”, “Go’zalim, 
bevafo gulistonim” kabi ishqiy she’rlarida mahzunlik, zamon boshiga solgan 
so’ngsiz o’kinch, iztirob to’la alam ko’zga uriladi. SHoirning she’rlari millat 
boshiga tushgan balo-oqibatlarning muallif qalbida uyg’ongan nidolari edi”. 
[9.371] Olim shu o’rinda Vadud Mahmudning jadid shoirlarining ishqi “Vatan va 
millat ishqidir” degan konsepsiyasini Fitrat she’riyati misolida yana bir bor 
isbotlaydi. Uning bir qarashda real dunyo go’zali – yorga qaratilgandek 
tuyuladigan ishqiy she’rlari mohiyatida millat qayg’usi turishini isbot etyapti. 
Haqiqatdan ham XX asr o’n ettinchi yillarida Fitrat o’z yori – Vatanidan ajralish 
arafasida edi. U raqiblaridan kelayotgan bunday xavfni teran his qilar edi. Hijron 
kunlari, Yorning raqib (mustamlakachilar) quliga o’tish onlari yaqin edi. Professor 
B.Qosimov Fitrat she’rlaridagi mana shunday nozik ijtimoiy pafosni daqiqona 
ilg’aydi. Tahlilllar davomida talqinchidagi milliy mafkura, vatansevarlik pafosi 
aniq bilinadi. 80-yillar oxiri, 90-yillar boshida Fitratning “Sharq”, “Shoir”, “Kim 
deyay seni?”, “Nega bo’yla?”, “Go’zalim, bevafo gulistonim”, “Mirrix yulduziga”, 
“Behbudiyning sag’anasini izladim”,“Paxta terimidan”, “Bir oz kul”, 
“Achchig’lanma degan eding”, “Ishqimning tarixi (...ga)”, “Yana yondim”, 
“Parcha”, “O’qituvchilar yurtiga”, “Qor”, “Nozanin yor” kabi qator o’zbek va fors-


897 
tojik tilidagi she’rlari matbuot sahifalarida e’lon etildi. Fitratning bunday lirik 
asarlari B.Qosimovning “Maslakdoshlar: Behbudiy, Ajziy, Fitrat” risolasida
H.Boltaboyevning “Fitrat” nomli konseptual maqolasida dastlabki talqinlarini 
topdi.
Fitratshunos olim H.Boltaboyev ayni mavzu talqiniga yanada kengroq va 
chuqurroq yondashadi. Olimning “She’r va shoirlik”, “Sayha” qismatidan lavhalar 
yoki shoir Fitrat haqida”, “Kechani sog’inish mumkinmi?”, “Temur sag’anasini 
izlab” va boshqa kuplab maqolalarida Fitrat she’riyati ijtimoiy voqealar bilan 
mushtarak holda tadqiq etiladi. H.Boltaboyev o’zining bir qator tadqiqotlarida 
Fitrat ijodiy merosining shziga xos nozik nuqtalarini struktural, qiyosiy-tipologik, 
germenevtik metodlar imkoniyati doirasida talqin qiladi. Shunga ko’ra, 
adabiyotshunosning mazkur masalaga bag’ishlangan tadqiqotlari fitratshunoslikda 
yangi sahifalar ochilishiga zamin hozirlaydi. Masalan, Fitratning “She’r va 
shoirliq” maqolasi tadqiqida ham yuqoridagi talqin tamoyillariga muvofiq ish 
ko’radi. “Har bir hodisaga uning vujudga kelish tarixidan, ya’ni istorizm 
tamoyilidan kelib chiqib baho berishga o’rgangan olim bu maqolada ham she’r 
nazariyasidan bahs yuritishdan avval turkiy xalqlarda she’rning paydo bo’lishi va 
ular she’r deganda nimani nazarda tutishi lozimligini shunday anglatadi: “She’r va 
shoirlik degan so’zlar bizda yangigina narsa emas. Turk ulusi o’z borlig’ini 
ochunga ko’rsatkali she’r va shoirlikni bilib kelganlar” [10.43]. Anglashiladiki
olim talqinida Fitrat muayyan muammoni yoritishda tarixiy poetika ilmiga 
tayangani, har bir nazariy masalaga xolislik bilan yondashib, milliy asoslarni 
ko’rsatgani, qolaversa ilmiy-nazariy mulohazalarda adabiy tanqidiy tafakkur 
ruhining ustuvorligi oydinlashadi. Bunday boy ilmiy merosning o’ziga xos 
jihatlarini ko’rsatishda Fitratning nazariy manbalaridan yoxud rus va jahon 
adabiyotshunosligidagi ilmiy asarlarning matnidan parcha keltirish har bir fikrni 
asoslashda muayyan iqtibos olish metodologiyasiga tayanadi. Ya’ni Fitratning 
ma’lum bir nazariy qarashi tahlil maydonining markaziga qo’yiladi. So’ngra esa 
olimning zamondosh munaqqidlari, Sharq allomalari, jahon mutafakkirlari ilmiy-
nazariy xulosalari yordamida talqin etiladi. Bunday metodologik yondashuv tarzi 
tadqiqotning xarakterli jihatini ko’rsatish bilan bir qatorda, Fitratning ilmiy 
merosini jahon adabiyotshunosligi kontekstida qayta baholash imkonini 
beradi.“Fitrat va jadidchilik” asarining “Kechani sog’inish mumkinmi?” 
maqolasida muallif sho’rolar davrida “ashaddiy millatchilik va badbinlik kayfiyati 
bilan sug’orilgan” deb baholangan Fitratning “Mening kecham”, Cho’lponning 
“Buzilgan o’lkaga” she’rlarini ikki shoirning ruhiy kechinmalari, qalb iztiroblari 
bilan uyg’un holda tahlil etgan”[10.95]. Olim bu kitobda Fitrat va Rauf Parfi 
sheriyatining bir-biriga yaqin, mushtarak jihatlarini ham tekshiradi. Keyinchalik 


898 
Hamidulla Boltaboyevning Abdurauf Fitrat she’riyati haqidagi fikr-mulohazalari 
Fitrat besh jildligining birinchi jildidagi so’zboshida aks ettirildi.
Akademik B.Nazarov, N.Karimov, professor I.G’aniyev, N.Ofoqova kabi 
fitratshunoslarning maqola va tadqiqotlarida ham Fitrat she’riyati ijtimoiy voqealar 
bilan mushtarak holda, sosiologik tadqiq qilinadi. Umuman, Fitrat she’riyatining 
o’zbek adabiyotshunoslari tomonidan ijtimoiy, milliy mafkura konsepsiyasi nuqtai 
nazaridan talqin etilishi behuda emas. Sovetlar davrida ham bu she’riyatga asosan 
ijtimoiy mazmun berib, unda millatchilik (aslida millatparvarlik), panturkizm 
(aslida turkiy xalqlar birligi), panislomizm (aslida umumsharq musulmonlari 
birligi) g’oyalarinig aniqlanishi ham istiqlol davri fitratshunosligi bilan mos keladi. 
Faqat shuni yodda tutish lozimki, sovet davrida Fitrat she’riyati tuzumga yot 
mafkura sifatida ta’qib etilgan bo’lsa, istiqlol davri adabiyotshunosligida milliy 
istiqlol g’oyasi, milliy mafkuraning asoslaridan biri sifatida talqin etildi. Bu dalillar 
Fitrat ijodining bir kichik tarmog’i bo’lgan she’riyat shoir uchun ijtimoiy dardlarini 
to’kish, jadidchilik g’oyalarini targ’ib etish, chaqirish, bong (sayha!) vositasi bo’lib 
xizmat qilganini ko’rsatadi. Adabiyotshunoslik esa badiiy ijod namunasiga xolis 
yondashar ekan, undagi yetakchi pafos – muallif g’oya-maqsadini ayni o’zligicha 
anglaydi va talqin qiladi. 
Xulosa qilib ayganda, Fitrat ijodiy merosiga turli-tuman talqinlarda ijtimoiy 
yondashuv ustuvorligi ko’zga tashlanadi. Binobarin, adib asarlarining ijtimoiy ruhi 
adabiyotshunoslikni ayni shunday yondashuvga olib kelgan edi. Zero, yuqorida 
nomlari zikr etilgan fitratshunoslarning tadqiqotlarida Fitrat ijodi ijtimoiy voqealar 
bilan mushtarak holda, sosiologik tadqiq qilingani ushbu xulosamizni asoslaydi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin