899
FUZULIY
VA
UVAYSIY
SHE’RIYATIDA
KO’NGIL
OBRAZI
Barno ISAKOVA
O’zRFA, Alisher Navoiy nomli
O’zbek tili, adabiyoti va folьklori
instituti tadqiqotchisi
(O’zbekiston)
Uvaysiy an’anaviy ishq mavzuida qalam tebratgan shoira. Uning
she’riyatida Navoiyga, Fuzuliyga izdoshlik, ularning an’analarini davom ettirish
xarakterlidir. Salaflari ijod gulshanidan bahra olish, ular qo’llagan tashbehu
sifatlashlar, istioralar,
mazmundagi chuqur falsafiylik, hayotga oshiqlik,
komillik sari intilish va boshqa unsurlar Uvaysiy muxammaslarining mag’iz-
mag’ziga, shu bilan bir qatorda shakliga ham singib ulgurgan. Ayonki, biror
g’azalga muxammas bog’lagan shoira o’sha g’azalda aytilgan fikrlarni to’ldirishi
zarur va shu g’azal saviyasi darajasida yaratishi kerak.
“Navoiy, Fuzuliy kabi so’z san’atkorlari ta’sirida
shakllanib,
rivojlana borgan Uvaysiy lirika sohasida ularning an’analariga sadoqat bildirib,
ishq va muhabbatni, ma’shuqa go’zalligini,
oshiq sevgisini, hijron
iztiroblariyu visol ishtiyoqini bor shoirlik ehtirosi"
93
bilan ifodalaydi. Bu ajoyib
so’z ustasining, ayniqsa, tili, uslubi, muhabbat kuylari
deyarli hamma shoirlar
ijodida chuqur iz qoldiradi. "Kima", "holima", "xoram", "etmaz", "o’lmisham",
"dushdim", "no’la", "ver", "cho’x" singari so’zlar qator o’zbek shoirlari ijodiga
bevosita o’shal ustoddan kirib keladi. Fuzuliy she’rlariga muxammaslar
yoziladi"
94
Chunki, "Fuzuliy turkiy g’azal uslubini kamolot cho’qqisiga
ko’targan buyuk ijodkor va hayvoniy
istaklardan yiroqlasha olgan, qanday
ahvolda yashashi yoki qanaqa mavqeda bo’lishidan qat’iy nazar, qismatdan rozi
kishi.
Uning jismu joni ko’nglining ixtiyorida. Bu ohang va mazmunga
monand tarzda Uvaysiy quyidagi g’azalini yaratadi:
Dostları ilə paylaş: