Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431
Anjuman Boku (6)

Dar in olam mazan az neku bad dam, 
Gah ham Iblis miboyad ham Odam.
Hijratdan 722 (yil) o‘tganda Xorazmning Xivaq (shahri)da olamdan o‘tdi va 
vafot topgan kechasi quyidagini aytgan: 
Imshab zi sari sidqu safoyi dili man,
Dar maykadayi on hush raboyi dili man.
Jomi bakafam dod, ki bastonu banush,
Guftam naxuram, guft baroyi dili man.
Yana «Qomus ul-a’lom»da keltirilgan Pahlavon Mahmud she’rlaridan: 
Mardi tamom on ki, baguftu bikard, 
Va on ki naguftu bikunad, nim mard. 
Va on ki naguftu nakunad zan buvad, 
Nim zanast on ki naguftu nakard. 
(Gapirsayu qilsa - uldir tamom mard. Ulki gapirmadiyu qildi - yarim 
mard. Va ulki gapirmadi, qilmadi ayoldir – nomard )
Faqat, «Qomus ul-a’lom»dagi ruboiy matni bilan «Rayhonat ul adab»dagi 
ruboiylar matni bir xil emas. Ularning birinchi va oxirgi misralarida farq 
mavjud:
Mardi tamom on ki naguftu bikard... («Qomus ul-a’lom» - to‘g‘ri) 
Mardi tamom on ki, baguftu bikard, («Rayhonat ul adab» - noto‘g‘ri) 
Nim zanast on ki naguftu nakunad. («Qomus ul-a’lom» - noto‘g‘ri) 
Nim zanast on ki naguftu nakard.( «Rayhonat ul adab» - to‘g‘ri) 
Har ikki ruboiy matnini analiz qilib biz quyidagi to‘g‘ri variantni 
chiqardik:
Marde tamom on, ki naguftu, bikard,
On, ki baguftu bakunad nim mard
V-on, ki baguftu nakunad zan buvad 
Nim zan ast on, ki naguftu nakard»
Birinchi misraning «Qomus ul-a’lom»da to‘g‘ri ekaniga sabab, unda 
aynan futuvvat, javonmardlik va axiylik deb atalgan tariqatning dasturi 
yashiringanidadir. Navoiy buni bir baytida shunday ifodalaydi: 
Futuvvat barcha qilmoqdur demoq yo‘q” 
Muruvvat barcha bermoqdur yemoq yo‘q.
Demak, indamasdan qilgan erur haqiqiy marddir. Ikkinchi misraning 
“Rayhonat ul adab”da to‘g‘ri ekaning asosi esa qofiya jihatidan bu yerda mard 
so‘ziga nakard so‘zining to‘g‘ri kelishidir. Ayni shu ruboiy mazmunida 
Alisher Navoiyning quyidagi qit’asi ham mavjud. «Gʻaroyib us-sig‘ar» 
muqattaot bo‘limining 27-qit’asida shunday keltiriladi: “Saxovu buxl bobida 
nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak” 


229 
Debon bergan kishi erdur va lekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag‘i kam. 
Pahlavon Mahmud faoliyatini Ozarbayjonga, aniqrog‘i Nizomiy Ganjaviy 
faoliyatiga bog‘lovchi bir jihat ularning axiylik, javonmardlik tariqatida 
yakkash bo‘lganligidadir. Taniqli adabiyotshunos olim Ergash Ochilov 
tomonidan internet saytiga berilgan maqolada o‘qiymiz: Nizomiy Ganjaviy 
(taxallusi; asl ism-sharifi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad 
— Nizami Gəncəvi) (1141 — Ganja shahri, Ozarbayjon — 1209.12.3) — 
ozarbayjon shoiri va ma’rifatparvari. Ota-bobolari Eronning Qum shahridan 
bo‘lib, onasi (Ganja atrofidagi qishloqlardagi) kurd sarkardalaridan birining 
qizi bo‘lgan. Qur’onni yod olgan. Fiqh, tarix, geografiya, falsafa, mantiq va 
adabdan ta’lim olib, ularning har birida ustod darajasiga yetishgan. 12-asrda 
Xuroson va Movarounnahrning ko‘plab shaharlari, jumladan, Ganjada ham 
javonmardlik yoki axiylik bilan mashhur harakat keng yoyilgan. Harakat 
a’zolari, asosan, kosib va hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular zolim hukmdor 
va amaldorlarga qarshi kurashgan, keng xalq ommasining manfaatlarini 
himoya qilgan. Ezgulik, adolat, insof, muruvvat, lutfu karamni shior qilib 
olgan bu toifa ilmu ma’rifatga katta ahamiyat bergan. Nizomiy Ganjaviy bu 
harakat qoidalarini hurmat qilgan va ularga moyil bo‘lgan. Nizomiy Ganjaviy 
shaxsiyati, dunyoqarashi va ijtimoiy aqidalari shu tashkilot g‘oyalari, kosib va 
hunarmandlar ta’sirida kamol topgan.
Pokistonlik olim Dok.Muhammad Riyozning mulohazalarida o‘qiymiz: 
“Shunday axiylardan biri Axiy Faraj Zanjoniy (vaf. 457 h.q.) bo‘lib ko‘pgina 
xabarlarda uni Nizomiy Ganjaviyning piri murshidi deb zikr qilingan. Lekin 
tashqi tomondan (zohiran) olganda Nizomiy uning muridi bo‘lmagan, faqat 
uning ta’limotiga juda qiziqqan. Uni (Axiy Zanjoniyga) murid deb talqin 
qilish Davlatshoh Samarqandiyning xatosidir. Nizomiy th.q. 530 yillar 
atrofida tavallud topgan, Axiy Faraj esa undan bir qancha muddat oldin vafot 
etgan”. 
Bizningcha ham Nizomiy Ganjaviyning axiylikka daxldorligi to‘g‘ri fikr. 
Chunki, aynan Nizomiy Ganjaviy yashagan davrda futuvvat bosqichining ikkinchi 
davri, ya’ni axiylik davri boshlangan va bu ko‘proq Ozarbayjon va Turkiy 
hududlarida keng yoyilgan. Pahlavon Mahmud Puryorvaliy ham Shayx Najmiddin 
Kubroning ma’naviy shogirdi sifatida futuvvat bosqichining ikkinchi davrida 
yashagan avliyolardan edi. Navoiy uni “yoshurun suluk va riyozati ham bor 
ermish, andoqki fayz olamidin choshni yetgan ermish», deya qayd etganida aynan 
futuvvatning ikkinchi bosqichida rivojlangan axiylik vakili bo‘lganiga ishora 


230 
qilgan. Zero axiylar o‘zlarini xalqqa namoyon qilishmagan va ko‘proq kasb-
hunarni keng yoyish bilan shug‘ullanganlar. Shu o‘rinda Sa’dulla Siyoyevning 
“Avaz O‘tar” romanidagi keltirilgan quyidagi epizod fikrimizni quvvatlaydi: “- 
Pahlavon ota o‘z davrida bir uyushma ham tuzgan, -dedi Avaz, ruboiyning 
sehridan hamon bahra olib, - uni futuvvat deganlar. Ya’ni kim juvonmardlik. 
Mazkur uyushmaga temirchilar, yo‘nuvchilar, miskarlar, mo‘ynado‘zlar, 
do‘zandalar, xullas, hunarmand ahli borki, barchasi jamlangan. Ular xuddi...sizu 
bizga o‘xshab maxfiy bir tashkilot bo‘lgan. Avom xalq og‘irini yengil qilamiz deb 
uringan ”.
Navoiy “Mahbub ul-qulub”da yozadi: “Bitta o‘tmakni ikki bo‘lub, yarmin bir 
ochg‘a berganni saxiy de; o‘zi yemay barin muhtojga berganni axiy de”... Qit’a: 
Kishida barcha axloqi hamida,
Chu jam’ o‘ldi qo‘yarlar otin ehson. 
Biri andin saxodur, bir muruvvat,
Bular gar yo‘qtur, inson ermas inson. 
Pahlavon Mahmud ruboiylaridan birida yozadi:
Marde, ki bamarde hunari sher kunad, 
Sad qala’i sangin zabaru zer kunad.
Sad sol baro‘z ro‘zavu, shab banamoz, 
Chandon nabvad gurisna ro sir kunad.
(Botir kuchini ko‘rsatadi har kishiga, 
Yuz qal’a ushalgay tob bermay kuchiga. 
Yuz yil tunu kun namozu ro‘za qilsang, 
Yetmaydi bir ochni to‘yg‘azishlik ishiga). 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin