Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431
Anjuman Boku (6)

1. Qitoliy (Mahmud Pahlavon)
– mashohiri shuaroi Erondin o‘lub, 
Xorazmdagi Urganch qasabasindan erdi. Avoyil holinda pahlavonlik-la va qaviy 
bozusi-la muftaxir o‘lub, ba’da-hu tariqi tasavvuf suluki-la riyozata quybalaroq, 
za’if badan istihsoli qaydina dushmishdi. «Kanz ul-haqoyiq» unvoni-la bir 
masnaviysi vordir. Shu ruboiy jumla ash’orindandur:
Gar mardi rahe, diyda barah boyad dosht, 
Xudro negah az hazor chah boyad dosht.
Dar xonaye do‘ston chu mahram gashtiy 
Dastu dilu diydaro negah boyad dosht

(Beshinchi jild. Istanbul, 1896 yil, 3602 sahifa). 
2. Mahmud Pahlavon
– Eron shuarosidin o‘lub, Ganjali va Muzannadin 
Puriyovalining o‘g‘lidur. «Kanz ul-haqoyiq» unvoni ila bir masnaviysi vordir. 
Shu 
ruboiy jumla ash’orindandur: 
Mardi tamom on ki naguftu bikard, 
On ki biguft va bikunad nim mard.
Va on ki biguftu nakunad zan buvad,
Nim zanast on ki naguftu nakunad.
(Oltinchi jild. Istanbul 1898 yil, 4224 sahifa). 
Shamsiddin Somiyning oltinchi jildda bergan ma’lumotiga yaqin fikrlar
Mirza Aliakbarxon Qazviniy – Dehxudoning “Lug‘atnomai Dehxudo” asaridagi 
ma’lumotlardan birida ham keltirilgan:
1. Pahlavon Mahmud Xorazmiy (P.L.M.D.X.R.)
– Qitoliy taxallusi va 
Puryoyvaliy laqabi bilan mashhur. Yigitligida barcha Eronu Turon pahlavonlariga 
jismoniy quvvatda g‘olib va qariligida jami solik va yo‘lovchi (tariqat) olimlariga 


227 
ruhoniy kuchda peshvo edi. Va 722 yilda vafot etdi. Mozori Xivada bo‘lib, ulkan 
ziyoratgohdir. «Kanz ul-Haqoyiq» masnaviysi unga mansubdir».
2. Puryoyvaliy (Re.Yo.Vov.)
– Puryoyvaliy va Qitoliy laqablariga ega 
Pahlavon Mahmud Xorazmiydir. Asli Ganja ahlidandir. Shijoatli orif edi. Uning 
«Kanz ul-haqoyiq» nomli masnaviysi bor. Hijriy 722 yilda Xivada vafot etgan. 
(Tazkirai «Subhi gulshan», «Qomus ul-a’lom»i turkiy, «Rayhonat ul-adab» va 
«Majolis ul-ushshoq» larga qarang).
Ushbu ruboiy undandir: 
Onem, ki pili charx bar natobad lati mo, 
Bar charx zanand navbati shavkati mo.
Gar dar safi mo mo‘rchaye girad joy.
On mo‘rcha sher gardad az davlati mo.
Va yana undan: 
Behishtu do‘zaxat bo to‘st dar po‘st, 
Chero ze xud berun mejuiy, ey do‘st.
Va ushbu ham undandir: 
Uftodagiy omuz, agar tolibi fayziy 
Hargez naxurad ob, zamini, ki bo‘land ast.
Puryoyvaliy haqida kurashchi va pahlavonlar orasida afsonalar yuradi».
Keyingi Eron manbasida, ya’ni Muhammad Ali Tabriziyning «Rayhonat ul 
adab» asarida ham uning Ganjadan ekaniga ishora beriladi:
Mahmud Xorazmiy - (Qitoli laqabi bilan) Pahlavon Mahmud nomi bilan 
tanilgan, Qitoliy (laqabi) bilan mashhur (zot), Eronning ulug‘ orifu fozillaridan 
bo‘lib, asli Ganja ahlidandir. Jismoniy kuch-qudratda unga teng keladigan kishi 
bo‘lmagan. Mahmud Shabustariyning «Gulshani roz» asaridan 17 yil oldin 
yozilgan «Kanz ul-haqoyiq» masnaviysi bo‘lib, quyida mazkur masnaviydan 
baytlar keltiramiz:
Agar tu xo‘i xush dori ba har kor, 
Az-on xo‘yat bihisht oyad padidor. 
Va gar xo‘i badat andar raboyad, 
Az-on juz duzaxat chizi nayoyad. 
Dahoni tu kalidonist hamvor, 
Zaboni tu kalid, onro nigahdor. 
Bihishtu do‘zaxat ro yak kalid ast, 
Kalidi in chenin hargez ki dida ast. 
Ki az u gah gul damad dar bog‘ va gah xor
Gahi jannat gushoyad zi u, gahi nor. 
Zabonatro kalidi ham chinon don, 
Bidon ke-ast orzu boshad bigardon. . 


228 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin