227
ruhoniy kuchda peshvo edi. Va 722 yilda vafot etdi. Mozori Xivada bo‘lib, ulkan
ziyoratgohdir. «Kanz ul-Haqoyiq» masnaviysi unga mansubdir».
2. Puryoyvaliy (Re.Yo.Vov.)
– Puryoyvaliy
va Qitoliy laqablariga ega
Pahlavon Mahmud Xorazmiydir. Asli Ganja ahlidandir. Shijoatli orif edi. Uning
«Kanz ul-haqoyiq» nomli masnaviysi bor. Hijriy 722 yilda Xivada vafot etgan.
(Tazkirai «Subhi gulshan», «Qomus ul-a’lom»i turkiy, «Rayhonat ul-adab» va
«Majolis ul-ushshoq» larga qarang).
Ushbu ruboiy undandir:
Onem, ki pili charx bar natobad lati mo,
Bar charx zanand navbati shavkati mo.
Gar dar safi mo mo‘rchaye girad joy.
On mo‘rcha sher gardad az davlati mo.
Va yana undan:
Behishtu do‘zaxat bo to‘st dar po‘st,
Chero ze xud berun mejuiy, ey do‘st.
Va ushbu ham undandir:
Uftodagiy omuz, agar tolibi fayziy
Hargez naxurad ob, zamini, ki bo‘land ast.
Puryoyvaliy haqida kurashchi va pahlavonlar orasida afsonalar yuradi».
Keyingi Eron manbasida, ya’ni Muhammad Ali Tabriziyning «Rayhonat ul
adab» asarida ham uning Ganjadan ekaniga ishora beriladi:
Mahmud Xorazmiy - (Qitoli laqabi bilan)
Pahlavon Mahmud nomi bilan
tanilgan, Qitoliy (laqabi) bilan mashhur (zot), Eronning ulug‘ orifu fozillaridan
bo‘lib, asli Ganja ahlidandir. Jismoniy kuch-qudratda
unga teng keladigan kishi
bo‘lmagan. Mahmud Shabustariyning «Gulshani roz» asaridan 17 yil oldin
yozilgan «Kanz ul-haqoyiq» masnaviysi bo‘lib,
quyida mazkur masnaviydan
baytlar keltiramiz:
Agar tu xo‘i xush dori ba har kor,
Az-on xo‘yat bihisht oyad padidor.
Va gar xo‘i badat andar raboyad,
Az-on juz duzaxat chizi nayoyad.
Dahoni tu kalidonist hamvor,
Zaboni tu kalid, onro nigahdor.
Bihishtu do‘zaxat ro yak kalid ast,
Kalidi in chenin hargez ki dida ast.
Ki az u gah gul damad dar bog‘ va gah xor,
Gahi jannat gushoyad zi u, gahi nor.
Zabonatro kalidi ham chinon don,
Bidon ke-ast orzu boshad bigardon. .