Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431
Anjuman Boku (6)

Key words:
Nizami Ganjavi, Alisher Navoi, main character, creative 
influence, "Mahzan ul-asrar", "Hayrat ul-abror", Khoja, heart. 
Аннотация 
В данной статье на примере эпоса «Махзан ул-асрар» и «Хайрат ул-
аброр», главный герой в них. 
Ключевые слова:
Низами Гянджеви, Алишер Навои, главный герой, 
творческое влияние, «Махзан ул-асрар», «Айрат ул-аброр», Ходжа, сердце. 
Professor Ye. E. Bertels tasavvufiy hikoyatchilik tarixini Abu Hasan 
Harakoniydan boshlaydi. Uning “Nur ul-ulum” risolasida ramziy til bilan bayon 
qilingan Muso, kaptar va lochin haqidagi hikoyatni sharhlaydi. Harakoniyning 
shogirdi, piri Xuroson nomi bilan mashhur shayx, faqih va muhaddis olim 
Abdulloh Ansoriydir. “Tabaqot as-sufiya”, “Manozil us-soyirin” hamda 
“Munojoot” kabi asarlarni unga nisbat beradilar. “Manozil us-soyirin” asarida 
ruhning to‘rt manzili, unga bo‘lgan sayohat haqida so‘z boradi. Abdulloh 
Ansoriyning shogirdi Hakim Sanoiy tasavvuf adabiyotning fors tilidagi dastlabki 
ijodkorlaridandir. Uning “Hadiqat ul-haqoyiq” (“Haqiqat bog‘chalari”) asarining 
so‘fiylik adabiyotining didaktika, ya’ni xiradnoma yo‘nalishi rivojida o‘rni 


217 
ahamiyatlidir. Hakim Sanoiy bu asarda mavzuga mos kichik-kichik hikoyatlar 
kiritishi bilan asarning badiiy kuchini yanada oshirgan. 
Nizomiy Ganjaviyning “Mahzan ul-asror” dostoni Hakim Sanoiyning 
asariga javob tarzida bitilgan bu yo‘nalishdagi ilk nazmiy asar sanaladi. An’anaga 
sodiq qolgan Nizomiy ruhning yuqorilash bosqichlarini tasvirlaydi va ularni 
“xilvat” deb ataydi. Asarda ikkita xilvat va ikkita xilvat samarasi haqidagi bob 
mavjud.
Asarda muallif an’anaviy kirish boblaridan keyin “Tun tavsifi va ko‘ngilni 
bilish bayonida” nomli bobni kiritadi va dilni izlaganligini so‘zlaydi: 
Besh hisu tuyg‘udin o‘zung tut yiroq, 
Yo‘l so‘ra dildan, u bilur yaxshiroq. [2:79] 
Bobda shoir Dilni izlab yo‘lga chiqqani, bir muhtasham saroyga yetib 
borganligi, unda barcha xizmatkorlar qurshovida, boshiga toj kiygan holda 
sarbaland taxtda dil o‘tirganligini tasvirlaydi: 
Ul hama parvonayu, dil sham edi, 
Jumla parokandayu, dil jam edi. [2:79] 
Dil shoirni yuksak ehtirom bilan kutib oladi va o‘zini shu tarzda tanishtiradi: 
Ganjmanu qissai Qorundamas, 
Sen-la emasmen, yana sensiz emas. [2:79] 
Bu bilan ulug‘ mutafakkir dilni bebaho hazina hisoblab, ayni paytda inson 
vujudida joylashgani va uni boshqara olishi, ayni paytda esa mustaqil mavjudlik 
ekanligiga ishora qilmoqda, bizningcha.
Dostondagi “Ko‘ngul tarbiyasida ilk xilvat” bobida shoir dilni Xo‘ja deb 
atay boshlaydi va uning rahnamoligida ajoyibot-g‘aroyibotlarni ko‘rganligini 
hikoya qiladi: 
Xo‘ja olib qo‘lga chirog‘in shu dam, 
Tutdi qo‘lim, boshladi sayri chaman. [2:79] 
Birinchi xilvat samarasida u fikru tafakkurga cho‘madi. Bu go‘zalliklar 
uning aqlini zoye, ko‘nglini xomush qiladi. Ikkinchi xilvatda esa ustoz – Xo‘ja bir 
necha ulfatlari bilan bazm tuzadi. Unda shoir bir go‘zalni ko‘radi va uning husnu 
jamolidan hayratga tushadi. Ikkinchi xilvat samarasida esa uning ko‘ngliga ishq 
joylanishi, uning bu ishq ta’siridagi nolayu faryodi aks etadi. Garchi dostondagi 
keyingi voqealarni “xilvat”larga umuman aloqasi yo‘qdek ko‘rinsa ham, lekin 
doston Xo‘janing xilvatlar va ularning samarsidan topgan sirlari hazinasiga 
bag‘ishlangani bois, dostonning bosh qahramoni Nizomiy Ganjaviy Xo‘ja deb 
ulug‘lagan Dil hisoblanadi. 
Nizomiy Ganjaviy adabiy an’anasini ilk bor davom ettirgan Amir Xusrav 
Dehlaviy “Matla’ ul-anvor” dostonida xilvatlar sonini uchtaga yetkazadi va uning 
“samaralari”ni olib tashlaydi.


218 
Birinchi xilvatda shoirning tanasi yerda qolib, ruhi osmonu falakka 
ko‘tarilganligi hikoya qilanidi. Unda shoir Dil bilan uchrashadi. Bu xususida 
professor M.Muhiddinov “Komil inson – adabiyot ideali” kitobida quyidagicha 
sharhlaydi: “u (o‘zligini anglab yetmagan ruh – izoh bizniki Z.M.) Dil huzuriga 
borib, u bilan sirlashadi. Dil unga dunyoviy kishanlardan o‘zni qutqazish, bandalik 
ibodatiga astoydil berilib, shayton bo‘ynini sindirishni maslahat beradi”. [3:73]
Ikkinchi xilvat kunduz ta’rifi, tabiat tasviri fonida oshiqning bunday holatdan navo 
– hayrat tuygani ifodalanadi.
Uchinchi xilvatda shoir Xoja – pirning huzuriga boradi va o‘zidagi bu 
holatlar sirini so‘raydi. Xoja shoirga ruhiy ko‘ratilish sirini anglatadi va bu holatni 
ro‘yo emas, haqiqatda ro‘y berganini ta’kidlaydi. Demak, Xusrav Dehlaviy 
dostonning bosh qahramonini o‘zgarishsiz saqlab qoladi. 
Hirot adabiy muhiti vakili va Nizomiy an’anasiga ijodiy munosabatda bo‘lgan 
ulug‘ mutafakkir Abdurahmon Jomiy “Tuhfat ul-ahror”da bu ana’nadan shaklan 
chekinganday tuyuladi. U ko‘ngil ta’rifidan keyin uch pirning suhbatini keltiradi. 
Birinchi suhbat – ilmul yaqin, ikkinchisi – aynul yaqin, uchinchisi esa – haqqul 
yaqin to‘g‘risida bo‘ladi. Suhbatlarni eshitgan ko‘ngil kamolotga erishib 
boraveradi. Bu o‘rinda garchi shaklan uruj – ko‘ratilishi to‘g‘risida so‘z bormasa 
ham, ma’naviy jihatdan yuksalish borasida gap ketmoqda. Buning sababi ilmul 
yaqin – yuzaki bilim, aynul yaqin – tajriba asosida anglab bilish va haqqul yaqin – 
qalban his etish hamda shak-shubhasiz bilish ekanligini hisobga olsak, Jomiy ham 
mohiyatan salaflariga ergashganini anglab yetamiz. 
Nizomiy an’anasini turkiy tilda davom ettirgan ulug‘ shoir va mutafakkir 
Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ul-abror”da sayohatga rahbarlik 
qiluvchi shaxs obrazi yo‘q. Unda Xoja nomi bilan atalgan ko‘ngil ilohiy da’vat 
bilan sayrga chiqadi. Dostonda u uch bor sayohat qiladi va bundan behad hayratga 
tushishi tasvirlanadi. Ko‘ngil ta’rifidagi bobdan so‘ng dastlabki sayohat malak
olamiga bo‘ladi. Malak olamini Navoiy go‘zal tabiat tasvirida ifodalaydi. Qizig‘i 
shundaki, bu olamdagi undagi behad go‘zallik, har bir gul, har bir qush Yaratganga 
sano aytardi:
Foxtadin qumriyu bulbulgacha,
Balki shajar yafrog‘idin gulgacha, 
Barchasi qayyumig‘a zokir edi,
Har bir aning shukrig‘a shokir edi. [1:67] 
Bu holatni ko‘rgan Xoja cheksiz hayratga tushadi. Ikkinchi sayohat malakut 
olamiga bo‘ladi. Bu olamni Navoiy osmoni falak tasvirida ifodalaydi. Xoja yetti 
sayyora va o‘n ikki burjdagi turg‘un yulduzlarni ko‘radi:
Muncha g‘aroyibg‘aki qildi guzar,


219 
Ayladi ibrat ko‘zi birla nazar. 
Borchasida zikru sujud angladi,
Ma’rifatullohg‘a shuhud angladi. [1:73] 
Bunda ham har bir mavjudot sajdayu qiyomda ekanligini ko‘rgan Xojaning 
bir hayrati o‘nga yetadi. Hayratdan behud bo‘ladi.
Uchinchi sayr badan shahristoniga bo‘ladi. Ikkita ustun ustiga qurilgan bu 
saltanat qattiq tartib asosida harakatlanardi. Uning podshosi, vaziri, sarbozlari 
navkarlari bor edi: 
Shoh ani o‘z mulkida dastur etib,
Mulkini ul adl ila ma’mur etib, 
Yuqqorig‘i qasr uza farrux vazir,
Sokinu el amrig‘a farmon pazir. [1:77] 
Qizig‘i shundaki, bu mamlakatda ham hamma Yaratganga ibodat qilish, 
Uning zikrini aytish bilan shug‘ullanardi. Buni ko‘rgan Xojani hayrat uzra hayrat 
qamrab oladi va u fano – o‘zini yo‘qotish darajasiga yetadi: 
Chunki bu hayrat aro ranju ano, 
Foni etib xojani balkim fano. [1:79]
Shundan so‘ng u Yaratganning xalfasi darajasiga ko‘ratildi. Dostonda 
Navoiy salaflari, jumladan Nizomiy boshlab bergan an’anaviylikni umumlashtirib, 
ularga o‘z munosabatini bildiradi. Uning an’anaviylik ichida novatorlik yaratish 
mahorati ushbu boblarda ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
1. Navoiy ham dostonining bosh qahramonini Xoja – Ko‘ngul deb ataydi.
2. Dostondagi hayratlarda, xuddi xilvatlardagi kabi safar va sayohat amalga 
oshiriladi. Barcha safarlarda qahramon go‘zallikdan hayratlanadi. Biroq 
Navoiyning Xojasi nafaqat go‘zallikdan, balki, ularning ma’naviy tomonidan, 
ya’ni, hamma mavjudot va ne’matlarning Yaratgan zikriga mashg‘ul ekanligidan 
ham hayratlanadi. Bu avvalgi xiradnomalarda e’tibor berilmagan jihat bo‘lib, 
Navoiyning o‘ziga xos topilmasi sanaladi.
3. Tabiat tasviri barcha dostonlarda bo‘lgani holda koinot tasviri, sayyora va 
yulduzlar manzarasi ham Navoiyning o‘ziga xos topilmasi bo‘lib, bu uning 
Samarqanddagi Ulug‘bek maktabida olgan a’lo darajadagi astronomik bilimi 
ta’sirida yuzaga kelgan, desak yanglishmaymiz. 
4. Uchinchi hayratdagi sayohat ham Navoiyning o‘z topilmasi sanalib, 
ko‘rinishidan Gʻazzoliyning “Kimyoi saodat” asari ta’sirida yaratilgan.
5. Ahamiyatli o‘zgarishlardan yana biri Xojaning hayratlar natijasida 
kamolotga yetishidir. Bu ham ulug‘ shoir ijodining o‘ziga xosligi ifodasi bo‘lib, 
boshqa xiradnomalarda hayratlar natijasiga bu darajada e’tibor qaratilmagan. 


220 
Natija Navoiyning “Qanday asosga ko‘ra Odam Ato yaratilgandanoq Yaratganning
xalfasi darajasiga yetdi?”, degan shaxsiy mulohazasiga javob tazida vujudga 
kelgan bo‘lsa kerak. Muhimi, Navoiy dostonda inson ko‘nglini Xoja – sohib deb 
e’zozlaydi va uni Yaratganning xalfasi (o‘rinbosari) deb ulug‘laydi. Bu ayni paytda 
insonni ulug‘lash va e’zozlash bo‘lib, ulug‘ gumanist shoirning asosiy ijodiy 
tamoyillaridan sanaladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin