253
Tinibek va uning xotini Xonmalikka bag’ishlangan bo’lib, asarning hozircha
ma’lum bo’lgan yagona nusxasi Berka Faqih ismli shoir tomonidan Misrda
ko’chirilgan. “O’g’iznoma”ning yaratilgan joyini ba’zilar Turfanga, boshqalar
Ettisuvga nisbat beradilar. “Tafsir” Qarshi shahridan topilgan bo’lsa ham uning
qaerda yaratilganligi hozirgacha aniqlangan emas. Bundan tashqari, “O’g’iznoma”,
“Muhabbatnoma” kabi bir qator asarlar qadimgi uyg’ur yozuvida ham
ko’chirilgani, bu asarlarning arab va uyg’ur yozuvlaridagi nusxalari o’rtasida
strukturasi va til jihatdan ma’lum farqlarga ega bo’lishi kabi hollarni ham hisobga
olish kerak bo’ladi[8].
Turkiy tillar tarixida alohida ahamiyatga ega bo’lgan, yuqorida aytib o’tilgan
manzilda kitobat qilingan, XIV asr lug’atchilik an’anasini o’zida mujassam etgan
ikki buyuk obidaning biri “Kitab-i majmu-i tarjumon turkiy va ajamiy va
mo’g’uliy va forsiy” (qisqartirilgan nomi: “Tarjumon turkiy”) bo’lsa, ikkinchisi
“Kodeks kumanikus” (qumanlarning muqovalangan qadimiy qo’lyozmasi)dir.
“Tarjumon turkiy” bugungi kunda Niderlandiyaning Leyden kutubxonasida Varner
qo’lyozmalar to’plamida 517 katalog (Leiden, Warner № 517) raqami bilan
saqlanadi. Leyden kutubxonasidagi qo’lyozmalar katalogi bilan shug’ullangan
Niderlandiyalik tarixchi va sharqshunos olim Reynxart Dozining ta’kidlashicha bu
qo’lyozmaning Oksford universiteti boshqa yana ikkita nusxasi mavjud[5]. Ammo
qo’lyozmaning Leydin kutubxonasida saqlanayotgan va bugungi kungacha jahon
turkiyshunoslariga ma’lum bo’lgan nusxasi nodir nusxa sanaladi. CHunki, R. Dozi
ta’kidlab o’tgan nusxa haqida bugungi kungacha undan boshqa hech bir turkshunos
olim ma’lumot bergan emas. Qo’lyozmaning umumiy hajmi 76 qo’lyozma
sahifadan iborat bo’lib, uning birinchi qismi (1 sahifadan 62b sahifagacha hamda
76 a sahifasi) turkcha va ikkinchi qismi (63a sahifadan 75b sahifagacha)
mo’g’ulchadan iborat. Obidaning birinchi, 62b sahifasi, 63 a sahifasi hamda 76 b
sahifalaridagi arabcha yozuvlar turli xattotlarga tegishli ekanligi anglashiladi.
Qo’lyozmaning oxirida asar muallifning dasxati bilan bitilgan bir turkcha
hikoyaning boshlanishi yozilgan bo’lib ushbu yozuv e’tiborsizlik bilan bitilgan,
ba’zi joylarini o’qish ancha qiyin.
“Kodeks kumanikus” qo’lyozmasi bugungi kunda Venesiyadagi Marchana
kutubxonasida DXLIX (№549) katalog raqami bilan ro’yxatga olingan, u №1597
xona raqami bilan saqlanadi.
YOdgorlik «
Dostları ilə paylaş: