Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. Баскаков Н.А Введение в изучение тюркских языков,. Москва, Высшая 
школа 1969. – 17 с. 
2. Жафаров Б. “Кодекс куманикус” ‒ туркий халқлар ёзма обидаси: 
Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. ‒ 
Тошкент, 2017. ‒ 16 б.
3. Радлов В. Языкь Кумановь по поводу изданiя куманскаго словаря – Санкт-
Петербург. 1884. – 3. 
4. Содиқов Қ. Тарихий лексикография / - Тошкент. 2011. Б.-26.
5. Dozy R P. Catalogue codicum Orientalium Bibliothecal akademial Lighuno 
Batawea. E. J. Brill, 1851, No. CCXII, S. 110. 
6. Cod. Or Collective volume with texts in Arabic, Persian, (Kipchak) Turkish and 
Mongol paper. S. 2v.
7. Tomasini J.P. Petrarcha redivivus, integram poetae celeberrimi vitam iconibus 
aere caelatis exhibens. – Lavre. MDCXXXV. – 86 р. 
8. XIII-XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили / Масъул муҳаррир 
Э.Фозилов. – Тошкент: Фан, 1966. 
 
TURKIYLARNING
 
OLTIN
 
KITOBI 
Iqbol MIRZO 
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori 
Mahmud
 
Koshg’ariyning

Devonu
 
lug’ati
-
t
-
turk
” 
(“Turkiy so’zlar devoni”) 
asari
 
turkiy
 
xalqlarninggina
 
emas

balki
 
jahon
 
ma’naviy
 
xazinasining
 
oltin
 
kitobi
 
hisoblanadi

Bitig
1072 
yilning
25 
yanvaridan
1074 
yilning
10 
fevraliga
 
qadar
 
mashaqqatli
 
mehnat
 
evaziga
 
yaratildi

Bu
 
bebaho
 
asarga
 
manba
 
yig’ish
 
uchun
 
Koshg’ariy
 
Yuqori
 
Chindan
 
boshlab
 
butun
 
Movarounnahr

Xorazm

Farg’ona



257 
Buxoro

hozirgi
 
Shimoliy
 
Afg’onistonga
 
qadar
 
cho’zilgan
 
turkiy
 
o’lkalarni

shaharlar

qishloq
 
va
 
yaylovlarni
 
kezib
 
chiqdi

shu
 
asnoda
 
turli
 
sheva
 
va
 
lahja
 
xususiyatlarini
 
o’rgandi

ularni
 
adabiy
 
til
 
bilan
 
chog’ishtirdi

o’z
 
ishi
 
uchun
 
nihoyatda
 
boy
 
badiiy
-
ilmiy
 
ashyo
 
to’pladi

Muallif o’z asari haqida shunday degan: “Kitob 464 yilda (hijriy) jumadul 
avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilgandan (ko’chirilgandan) va 
tuzatilgandan so’ng 466 yil jumadul oxirning 12-kuni bitirildi... Men bu kitobni 
maxsus alifbo tartibida hikmatli so’zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan 
adabiy parchalar bilan bezadim… Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida 
qo’llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo’llaniladigan hikmatli 
so’zlaridan, maqollaridan keltirdim”. SHuni alohida ta’kidlashni istardikki, 
Koshg’ariy turklar deganda turkiy tilda so’zlashuvchi elat va urug’larni, o’g’uz 
deganda esa o’g’uz lahjasida so’zlovchilarni nazarda tutadi. Xuddi shunday 
qarashni buyuk daholarimiz Navoiy va Boburda ham uchratamiz. Xususan, 
nuktadon bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida 
Andijon to’g’risida so’z yuritib: “...eli turkdur, 
shahar va bozorisida turkiy bilmas 
kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur... Ani uchunkim, Mir Alisher 
Navoiyning musannafoti bovujudkim Hirida nash’u namo topiptur, bu til biladur”, 
degan edi.
Bugun ma’naviy hayotimizni bezab turgan “qo’shiq”, “she’r”, “qasida”, 
“afsona”, “maqol” kabi atamalar ilk bor “Devonu lug’ati-t-turk”da qo’llangan va 
uyg’ur yozuvi haqida ham ilk ma’lumotlar keltirilgan. Asarda mehnat va marosim 
qo’shiqlari, lirik qo’shiqlar va o’gitnomalar, “Qish va yoz” munozarasi, “Alp Er 
To’nga” (Afrosiyob) marsiyasi, savlar (afsonalar), maqollar, “Oltin qon” afsonasi 
(unda qadimgi turkiy ajdodlarimizning Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardliklari 
hikoya qilinadi), “Tangutlar bilan jang”, “Yaboqular bilan jang” kabi parchalar 
keltirilgan.
Lirik qo’shiqlarda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg’ulari ifodasi, 
tabiat va ona yurt manzaralari tasviri etakchilik qiladi. Kishilarni qurshagan olam 
haqidagi qo’shiqlarda turkiy xalqlarning doimiy yo’ldoshi – otlar ham alohida 
mavqe tutadi. Asardagi ko’pgina qo’shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan – turkiy 
xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog’liq holda yuzaga kelgan. 
Mahmud Koshg’ariy “qo’shuq” atamasiga “she’r, qasida” deb izoh bergan. 
“Devon”ga kirgan adabiy parchalarning asosiy qismini to’rtliklar tashkil qiladi. 
Bitigda keltirilgan maqollarni o’z falsafasi, ohangi va xulosasi bilan kichik tugal 
she’rlar deb atash mumkin.
O’zbekistonda “Devon”ning birinchi tadqiqotchisi va qisman noshiri 
professor Fitratdir. Keyinchalik bu asarni 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan 


258 
arbobi,
filologiya fanlari doktori, taniqli tilshunos, millatsevar olim Solih 
Mutallibov 1960-1963 yillari hozirgi o’zbek tiliga ag’dardi. 
Tan olmoq kerak, 
mazkur
tarjima ikki-uch avlod olimlariga ilmiy manba 
bo’lib xizmat qilib keldi. Hozir ham ushbu nashrning mavqei yuqori. Biroq kitob 
o’sha chiqqanicha uzoq yillar ma’lum mafkura tufayli qayta bosilmadi. Nihoyat 
2016 yili zahmatkash noshirlarimiz professorlar Qosimjon Sodiqov va Hamidulla 
Boltaboevlar sa’y-harakati bilan ikki bor chop etilib, afkor xalqimiz bu bebaho 
asardan bahramand bo’ldi. Ushbu nashrning e’tirofli jihatlari quyidagicha: 
1. Uchala jild birlashtirilgan. 
2. Mutaxassislar uchun ham, o’quvchi uchun ham foydalanishga qulay. 
3. Yangi nashr asarning qo’lyozma nusxasi asosida qayta ko’rib chiqilgan, 
avvalgi nashrlarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar tuzatilgan. 
Endi “Devon”ning ma’naviy hayotimizga qaytishiga, ya’ni topilishiga sabab 
bo’lgan baxtli tasodif to’g’risida to’xtalib o’tmoqchimiz. Manbaga ko’ra, bir kuni 
Diyorbakirda yashovchi Ali Amiriy ismli tolei yorug’ turk birodarimiz eski 
kitoblar sotiladigan sahhoflar bozoriga borib, o’ziga ma’qul hech vaqo 
topmaganidan so’ng do’kondor Burhonbeydan biror yangi narsa bormi, deb 
so’raydi. Sotuvchi bir kitob bor-u, biroq qimmat ekanini, hatto maorif vazirligining 
ham qo’li kaltalik qilganini aytib, bitigni unga ko’rsatadi. Ali Amiriy kitobni 
qo’liga olishi bilan bu asar yagona qadimiy nusxa ekanini, asarning jahonshumul 
ahamiyatini darhol tushunib etadi. Hayajonini Burhonbeyga sezdirmasdan u bilan 
savdolashib, kitobni 33 liraga sotib oladi. Ali Amiriy shundan keyingi taassurotini 
maslakdoshlariga bunday hikoya qilgan edi: “Kitobni olib uyga keldim. Eb-
ichishni ham unutib, bir necha soat uning mutolaasi bilan mashg’ul bo’ldim. 
Do’stlar, sizga bildiryapman. Bu kitob emas, Turkiston o’lkasidur! Turkiston emas, 
jumlai jahondur! Turk tili bu kitob soyasida chinakam ravnaq topadi! Arab tili 
uchun Sebavayhiyning kitobi qanchalik muhim bo’lsa, bu ham turk tili uchun 
shunchalik ahamiyatlidir. Hozirga qadar turk tilida buning kabi kitob yozilgani 
yo’q. Bu kitobning haqiqiy bahosi aniqlanmoqchi bo’lsa, jahonning xazinalari 
bunga teng kelolmas. Bu kitob bilan hazrati Yusuf orasida bir o’xshashlik bor. 
Yusufning akalari uni arzimas aqchaga sotdilar. Biroq uni Misrda o’zining 
vaznicha keladigan javohirga pulladilar. Burhonbey bu kitobni menga 33 liraga 
sotdi. Men esa buni behisob olmoslarga, zumradlarga bermayman”.
“Devon”ning topilishi katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Hatto uni 
Mojariston Fanlar akademiyasi o’n ming oltin pulga sotib olishni taklif etdi. 
Fransuzlar “Devon”ni qo’lga kiritish uchun quyuq va’dalar berib ko’rdi. Biroq 
millat manfaatini har qanday moddiy boylikdan ustun qo’yadigan Ali Amiriy 
barcha takliflarni rad etdi. Shu tariqa “Devon” 1915-1917 yillari Istanbulda chop 
etildi. Keyinchalik ingliz, nemis, rus, turk, ozarboyjon, uyg’ur va o’zbek tillariga 


259 
tarjima qilindi. Turkiyshunoslikda asar haqida ko’plab tadqiqotlar yaratildi. Bu 
asarni ilmiy o’rganish va ommalashtirishda o’zbek olimlarining ham xizmati 
beqiyosdir. 
Buyuk olim dunyoga mutafakkir nigohi bilan boqib, zukkolik bilan tuzilgan 
dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni “Devon”ga ilova qilgan. 
Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog’, cho’l, dovon, dengiz, ko’l, daryo 
nomlari yozilgan. Yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. 
Xarita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga to’g’ri keladi. Asarda 11-asrdagi 
shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko’llar, turkiy qabilalar va urug’lar haqida, 
urug’larning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug’ va toifalari, 
ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar 
beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o’simliklari, ularning nomlanishiga to’xtab 
o’tiladi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham bayon bor. 
“Devon”da, ayniqsa, qabila va urug’ tillariga oid lingvistik ma’lumotlar ancha 
batafsil berilgan. Bunda so’zlarning ma’nolari (ko’p ma’noli, shakldosh, 
ma’nodosh, zid ma’noli va arxaik so’zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so’zlarning 
etimologiyasiga to’xtalib o’tiladi. Tovushlar (fonemalar)ning tahlili ancha 
mukammal: unli va undosh fonemalar, cho’ziq va qisqa unlilar, ularning urug’ 
tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil 
izohlangan. Morfologiya sohasida so’z turkumlarini, davr an’anasiga ko’ra, 3 so’z 
turkumiga: fe’l, ism, bog’lovchiga bo’lib, ularning yasalish va turlanish yo’llari 
ko’rsatib o’tilgan. “Devon”da 250 dan ortiq maqol va matallar, o’nlab she’riy 
parchalar keltirilgan. 
Akademik V.V.Bartolьd “Devonu lug’ati-t-turk”dan o’z ilmiy ishlarida keng 
foydalangan. Tilshunos olim V.I.Belyaev “Devonu lug’ati-t-turk” haqida shunday 
yozadi: “Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u 
kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga 
asoslangan… Muallif bergan ma’lumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu 
ma’lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda”.
Nemis sharqshunosi K. Brokkelьman asarni 1928 yilda nemis tiliga tarjima 
qildi. “Devon” qo’lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915-
17), keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939-41) turk tiliga tarjima 
qilinib, chop etilgan. Turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 yil amalga oshirildi.
“Devonu lug’ati-t-turk” ikkinchi bo’lib o’zbek tiliga, aytib o’tilganidek, 
Mutallibov domla tomonidan tarjima qilingan. Ushbu nashr faqat tarjima bo’lmay, 
turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy 
nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O’zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr 
filologlari, “Qutadg’u bilig” asari, Mahmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari, 
turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug’ va qabilalar, tillarning hozirgi 


260 
turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi to’g’risida 
ma’lumotlar berilgan. “Devonu lug’ati-t-turk” o’zbekcha nashrining oxirida turkiy 
urug’, qabila, shaharlar va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning 
har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so’z va iboralar keng ta’riflanadi, 
izohlanadi. O’zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, ushbu jildlar asosida 
asarning indeks-lug’ati ham bosib chiqarildi. Unda “Devon”da uchragan so’zlar 
alifbo tarzida keltirilib, so’zning o’zbek va rus tilida tarjimasi berilgan. Mazkur 
so’z “Devon”ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o’zbekcha, so’ng turkcha 
nashrlarining beti, satri) ko’rsatib o’tiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, “Devon”ga allomalar Alixonto’ra Sog’uniy, 
Alibek Rustamiy, ulug’ shoirimiz Erkin Vohidov, akademik Ne’matilla 
Ibrohimovlar chuqur ehtirom ila yondashib, bu tengsiz asar bilan millat yoshlarini 
yaqinroq oshno etishni ta’kidlaganlar. Keyingi paytlarda bir qator taniqli 
olimlarimiz, jumladan, akademik G’ani Abdurahmonov, professorlar Qosimjon 
Sodiqov, Hamidulla Boltaboev, dosentlar Baxtiyor Isabekov, Qayum Karimov, 
Salima Rustamiy (Alibek Rustamiyning qizi), tadqiqotchi olimlar Jo’ra 
Xudoyberdiev, Nodirbek Abdulahadov, Isroiljon Toshpo’latov, Umidaxon 
Nosirova, Umidaxon Jo’raboeva kabilar ushbu nodir asarning tadqiqoti va 
targ’ibotiga alohida hissa qo’shib kelmoqdalar.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, “Devon” bo’yicha hozirgacha qancha 
ko’p tadqiqot qilingan bo’lsa, asar hali bundan ham ko’p ishga mavzu berishi 
mumkin. Bu borada ochilmagan qo’riqlar, qilinajak tadqiqotlar sizu bizdan g’ayrat 
va shijoat kutib turibdi.
Biz “Devonu lug’ati-t-turk”ni insoniyatning oltin kitobi deb atadik. Bu oydin 
haqiqat. Bitigda keltirilgan maqolda aytilganidek, 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin