Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   431
Anjuman Boku (6)

Fuzuliyda : 
Dili sadporadan bedod kesmaz g’amzai masting, 
Na g’ofil podshohdur, mulk vayron o’ldig’in bilmaz.(133b) 
Shukuriyda: 
 
 
 
Ko’ngulga tiyg’i hijron ila zulm beshumor aylar,
 
 
 
Ajab sulton erur mulkini vayron o’ldig’in bilmaz.(
52b).
 
Shoir mahbuba ko’ngulga hijron tig’i bilan zulm ko’rsatishni haddidan 
oshirdi. Bu qanday sultondirki, o’z mamlakati, ko’ngil saltanatining vayron 
bo’lganidan bexabar, deydi. Bu ifoda beixtiyor Navoiyning quyidagi misralarini 
yodga soladi:
Tig’ ila paykonlaring etti ko’ngul bo’lg’och xarob,
 
Suv qo’yub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach 
(1,119). 
Ulug’ shoir vayron ko’ngil holini shunday tasvirlamoqda: “Ko’ngil xarob 
bo’lganidan keyingina tig’ ila paykonlaring etishdi-go’yo ko’ngil kishvarini xarob 
qilib, keyin unga suv quyib, urug’ sochding". 
Ko’rinib turganidek, Shukuriy Navoiy baytidan ilhomlangan holda nisbatan
boshqa bayt yaratgan. To’g’rirog’i, buyuk salafi qo’llagan tashbehning ma’nosini 
boyitgan. Navoiy baytida ishq ko’ngilni avval vayron qilib, keyin obod etilishi 
aytilsa, Shukuriyda sitamgar mahbuba zulmu hijroni oshiq ko’ngilni xarob etgan, 
mulkidan bexabar shohga qiyos qilinmoqda.
YOrdin ayrilg’oli zohir erurlar ko’zda yosh, 
 
 
O’q bo’lur zohir kavokib xayli chun botsa quyosh. 


264 
 
YOki quyidagi misralarga e’tibor qarataylik: 
 Navoiyda: 
Hajrida ko’nglumg’a bor ul la’li serob orzu,

Ne ajab, maxmur qilsa bodayi nob orzu.
 
 Shukuriyda: 
 
 
 Furqat ayyomida qilmishmen visolin orzu, 

Oh tortarmen etib qaddi niholin orzu. 


Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin