265
Yor ko’rguzdi la’bi la’l ila zebo oraz,
Yo magar zohir etar mehri Masiho oraz.
Bu
baytlardagi lab, la’l, zebo, oraz kabi obrazlar ma’shuqaning husnini
tasvirlashga
xizmat qildirilgan,natijada betakror badiiy tasvirlar yaratilmoqda.
“Oraz” radifida mushtaraklik bor. Oshiq ma’shuqaning go’zal yuziyu, la’li labidan
yog’ilayotgan shu’laning taftidan yonmoqda. Uning latofati qarshisida Masiho ham
yuzini ko’rsatishdan xijolatda.
Bu Shukuriy dedi; “Sarfitnai davron g’amidin,
Etti toram dod ila tunu kun, men maftun oraz.
Mazkur baytda ham Shukuriy Navoiy g’azallaridan ilhomlanganligi
shubhasiz. SHoir Navoiyning “Oraz” radifli g’azaliga
tatabbu qilgan, ajoyib
o’xshatmalar yaratgan. Nafaqat mohiyat, balki, vazn, qofiya va radif mushtarakligi
quyidagi g’azalda ham ko’rinadi.
Navoiyda:
Kimki vasli ichra yoqsang sham’i ulfat, ey rafiq,
Ko’z tut ul sham’ o’tidin-o’q dog’i furqat ey rafiq.
Shukuriyda:
Jon aro xoli labidin dog’i furqat, ey rafiq,
Etkurur baxti qaro ko’nglumga hirqat, ey rafiq.
Bu misralarda “rafiq”, ya’ni do’stning fazilatlariyu,
uning bebaholigi
tarannum etilgan.
E’tiborlisi shundaki, Shukuriy o’z irfoniy-insoniy
qarashlari hamda dardli
kechinmalarini muayyan bir timsol asosida ifodalar ekan,
faqat shu obraz va u
hosil qilgan poetik manzaralar bilan cheklanmaydi, balki unga ma’nodosh
timsollar tasviri bilan ham adabiy voqelik doirasini kengaytiradi.
Shukuriy ijodini jahon olimlari tomonidan o’rganilishi ham uning o’ziga xos
shoir ekanligidan dalolatdir. Shukuriyning adabiy an’analarga
munosabati uning
izchil qonuniyligiga asoslanadi. U mavjud janrlar imkoniyatlari doirasida ijtimoiy
voqelikni yorqin buyoqlarda aks ettirdi.
Xulosa
qilib
aytganda,
Shukuriy
she’riyatining badiiy qimmati shundaki, u o’zidan oldin o’tgan ulug’ so’z
san’atkorlarining ijodini puxta o’rganib, adabiy an’analarni ijodiy davom ettirdi.
Ma’naviy mushohadaga boy bo’lgan asarlarni yarata oldi.
Bu esa kelajak avlod
uchun tarbiyaviy qimmatga molik adabiy meros sanaladi. Shukuriy o’z she’rlarida
haqiqiy ishqni majoziy ishqqa qarshi qo’ymasdan imtiyoz va imkoniyatlarini xolis
ko’rsatib beradi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
Носиров.О. Ўзбек адабиётида ғазал. – Тошкент: Адабиёт ва
санъат, 1972.
266
2.
Очилов Э. Навоий ғазаларида комил инсон тимсоллари // Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент, 2001. – №1. – Б.3–6.
3.
Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат,
1979. – 216 б.
4.
Тоҳиров Қ. Абдушукур Шукурий ҳаёти ва ижоди ҳақида. Адабиёт ва Ҳаёт.
– Самарқанд, 1977. II-китоб. – Б. 47.
5.
Шукурий Абдушукур. Девон. Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи
С.Жўраева. – Тошкент: Наврўз, 2018. – Б. 198.
6.
Ҳайитметов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. – Тошкент, 1998. – 158
б.
7.
Ҳаққул И. Ғазал гулшани. – Тошкент: Фан, 1991.– 65 б.
8.
Қобилова З.Б. Амирий ва унинг адабий фаолияти: Филол. фан. номз. ...
дис. –Тошкент, 2007.
9.
Фузулий. Қалб гавҳари. Тошкент. “ Ҳилол нашр” нашриёти, 2014.-133 б.
Dostları ilə paylaş: