Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431
Anjuman Boku (6)

Layliyu Shirinu Azro noz sendin kasb etar, 
Zufununlar ko’rki, shogirdingdurur bu fan aro (2. 38.7). 
Shoir bu misralarda yorning “nozu ishvasi” haqida so’z yuritadi va Layli
Shirinu Uzrolar ham uni sendan o’rgansalar bo’ladi, chunki bu fanni sen 
shunchalik mukammal egallagansanki, unda barchasi senga shogird bo’lib qoladi, - 
deydi. Ayni she’rda Shirin ham Layli va Uzro qatori ideal ma’shuqa tarzida 
xotiraga olinadi. Bunda “nozu ishva, g’amza tasavvufiy talqinga ko’ra, 
ma’shuqning oshiqlarga ishqu muhabbat yo’lida kuch bag’ishlashi solikka iltifot 
va arzu hojatiga javob bermoq”(8.71)ni anglatadi. U ijtimoiy-badiiy jihatdan ishq 
qissalaridagi sevgili bilan sodir bo’lgan sitamlarni nazarda tutadi va bevosita ushbu 
dostonlar poetik mazmuni sari etaklaydi. Shu bilan birga Alisher Navoiy lirikasida 
Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzrolar ideal oshiq ma’shuqlik 
timsollari bo’lib kelishi oydinlashadi. SHoir “Badoe’ ul-vasat” devonida bu 
timsollar orqali boshqa bir poetik fikrni o’rtaga tashlaydi. Unga ko’ra, lirik 
qahramon sevgilisi-dilbari Shirin va Layliga teng bo’lsa, uning o’zi Majnun va 
Farhodga misoldir.
Dilbarim Shirin bila Laylig’a gar aqron etsa, 
Men dog’i Majnun birla Farhodg’a amsolmen (3. 493.4). 
Ko’rinadiki, bu davrga kelib Farhod va Shirin obrazlari ishqiy-irfoniy 
masalalar tavsifida etakchi timsollar maqomiga ko’tarildi. Shu bois Alisher Navoiy 
va boshqa turkiy-o’zbek mumtoz ijodkorlari “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro”, 
“Yusuf va Zulayho” qissalari orqali ishq-irfon masalalarini she’riy satrlarda talqin 
etganlarida “Farhod va Shirin” tamsilidan ham yuksak mahorat bilan foydalanadi.


297 
Aytib o’tish kerakki, mumtoz shoirlar, xususan, Alisher Navoiy she’riyatida lirik 
“men” obrazi boshqa davrlar yoki dunyoviy she’riyat qahramonidan farqli o’laroq 
oshiq timsolida gavdalanadi. Xuddi shunday murojaat etilayotgan “sen” obrazi 
ham haqiqiy ma’shuq timsoli bo’lib keladi. Mumtoz she’rda tarannum etilayotgan 
rangin tuyg’ular, tasvir etilayotgan timsollar mana shu oshiq va ma’shuq 
munosabatlarini (ishq) ifodalash uchun qo’llanadi. Shu bois “Favoyid ul-kibar” 
devonidagi misralarda lirik qahramon-oshiq “ey Shirin, sen shuni anglaginki, sen 
ham ma’shuqlikda uncha emassan, oshiqlikda sening Farhoding menimcha emas”, 
- deydi.
Angla Shirinkim, ne sen ma’shuqluqda oncha sen, 
Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening(4.352.3). 
Yuqorida aytib o’tganimiz singari Nizomiy Ganjaviy ijodida birinchilardan 
bo’lib, Xusrav – Shirin – Farhod uchligi badiiy talqinda ko’rina boshladi. Ularning 
ishtirokidagi syujet xamsanavislikda maqsad muddaoga binoan mavzu va talqin 
o’ziga xosliklarini ta’minlab berdi. Shu munosabatlar bilan ulug’ xamsanavislar 
motiv doirasida yangi kashfiyotlarni yaratib berdilar, betakror asarlarni taqdim 
etdilar. Buni an’ananing takmili hisoblangan Alisher Navoiyning “Farhod va 
Shirin” dostoni ham isbotlaydi. Undan oldingi qissa-dostonlarda Farhod chekkan 
dardu alamlar ham va shuningdek Shirinning iztirobli kechinmalari ham o’zining 
teran ruhiy darajasida talqin etilmagan edi, ijodkorlarni boshqa qarashlar, o’zga 
tuyg’ular qiziqtirgan edi. Buni Alisher Navoiy hazratlari buyuk mutafakkir sifatida 
nihoyatda teran anglagan va o’z asarida Farhodu Shirin timsolida o’z qarashlarini 
ifodalagan. Boshqacha qilib aytganda shu timsollar orqali ishq, irfon, komillik, 
ma’rifat, jaholat haqida so’z yuritgan, uni nafaqat epik, balki lirik talqinlarga ham 
ko’chirgan edi. Shoir fikricha, “dard mashaqqatini, hijron alamini Farhoddan 
so’rash kerak, uni Shirin bilan doim birga bo’lgan Xusrav anglamaydi”. 
Ko’rinadiki, bu o’rinda tasvir syujet voqealarining avvalgi holatini eslatish bilan 
birga bu syujet chizig’ining o’zgarishi lozimligiga urg’u berilayapti. Shu tufayli 
ham shoir firoq, rashk, hajr, oh, dard masalalarini Farhodga munosib ko’radi.
Ko’hi dardu teshayi hijronni so’r Farhoddin, 
Anglamas Xusravki, Shirin birladur doyim bila (1. 540.4). 
Qayd etish lozimki, mumtoz she’riyatda ishq mavzusi va timsollari tasvir 
etilganda, albatta, ko’ngilga murojaat etiladi. Aslida dard, hijron, ishq, alam – 
bularning bari ko’ngilga daxldordir. Chunonchi, Alisher Navoiy talqinicha Farhod 
va Shirinlar ham ko’ngil timsollaridir yoki shoir ularni inson shaxsiyatidan ko’ngil 
ifodasiga aylantirgandir. Shu bois “Navodir ush-shabob” devonida shoir ko’ngilga 
qarata: “agar Layli va Shirin bizning jononga o’xshaganida, Farhod va Majnun 
ham bizga o’xshab zoru intizor bo’lar edi”, - deydi. Bunda bir tomondan Farhod va 
Majnun – oshiqqa, Layli va Shirin – ma’shuqaga tamsil ham etilmoqda. Bu 


298 
yuqorida aytganimiz kabi epik talqin evolyusiyasining lirik tasvirda aks etishi 
jarayoni bilan bog’liq mumtoz qonuniyat hisoblanadi.
Ey ko’ngul, Farhodu Majnun bo’lg’ay erdi bizcha zor, 
Bo’lsa erdi Laylyu Shirin bizing jononcha xo’b (2.43.6). 
Xulosa shundan iboratki, Sharq mumtoz adabiyotida Shirin obrazi epik 
qatlamlardan o’tib, lirik ifodaga kirib kelgan mumtoz badiiy timsollardan sanaladi. 
Uning Alisher Navoiy she’riyatida tasvirlanishi mana shu ko’chish-o’zgarishlar 
jarayonida ideal timsol vujudga kelganligidan darak beradi. Bu esa nafaqat 
an’analar, balki adabiy timsollar ham shoir ijodida kamolot cho’qqisiga 
chiqqanligini namoyon etadi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin