asrab qo’ygin yaxshi kunlarga” [9, 8] misralarini yodga soladi.
Ahli Rasul Muhammad to’rtligida bu fikr yanada boshqacharoq holda
tasvirga tortilgan. Yig’ining noyob tuyg’u ekanligi, uni qalbga yashirish va eng
yorug’ kunlarga ham yig’i (albatta, sevingandan, quvongandan yig’lamoq) yarashi
ta’kidlanmoqda. Ayni damda, har qanday kulgi baxtni ifodalamasligi haqidagi
falsafiy fikr ham to’rtlikning mazmuniga singdirilgan.
Shoir ushbu to’rtlikda ham badiiy san’atlardan unumli foydalangan. Bandda
sifatlash (
eng yorug’ kun ),
“Sifatlash – tushuncha, hodisa va kishining ma’lum bir xususiyati va sifatini aniqlab, izohlab, xarakterlab beruvchi so’z. Sifatlash yolg’iz o’zi kelmasdan, ma’lum so’z birikmasi tarkibida o’z mohiyati, o’z belgilarini unga ko’chirgan holda keladi” [10, 205] va tazod (
yig’i-kulgi ) “
Tazod so’zi “zid qo’yish” qarshilantirish” ma’nolarini ifodalaydi. Shu so’z bilan ataluvchi she’riy san’at esa, baytda ma’no jihatdan o’zaro zid, qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy lavhalar yaratishni nazarda tutadi” [4, 125] san’atlaridan foydalanilgan.
6 5 Sen ham piyodasan, / men ham piyoda, / = 11 a Bitilgani shudir / taqdirimizga. / = 11 b Hech kim pisand qilmas / bizni dunyoda, / = 11 a Agar suyanmasak / bir-birimizga./ [3, 66] = 11 b Ushbu to’rtlikning har bir misrasi 11 bo’g’indan iborat. Turoqlanish tartibi:
6+5=11 . Sodda vaznda. Nomlanishi:
6+5 turoqli vaznda yozilgan 11 turkumli to’rtlik . To’rtlikdagi birinchi va uchinchi misralar o’zaro, ikkinchi va to’rtinchi
misralar o’zaro qofiyalashgan. Qofiyadosh so’zlar:
butun – tursin, ko’zimni - o’zimni . She’rning qofiyalanish tartibi:
a-b-a-b . Shakliy jihatdan yuqoridagi
to’rtlikka o’xshash bo’lsa ham, qofiyalanish tartibiga ko’ra farq qiladi.
Keltirilgan to’rtlik “Shaxmat taxtasidagi piyodalar” deb nomlangan. She’rda
ma’naviy san’atlarga xos bo’lgan jonlantirishning intoq – “
Intoq deb tabiatdagi jonsiz va tilsiz narsa-predmetlarga nutq berish, gapirtirishga aytiladi” [5, 83-84] turidan foydalanilmoqda. Shaxmat taxtasidagi piyodalarga nutq ato etilmoqda.
527
Shaxmat taxtasidagi piyodalar obrazi vositasida inson tasvirga tortilgan.
Birlikning, do’stlikning, bir-biriga suyanib yashashning muhimligi ta’kidlangan.