525
Ichib tugatolmas / uni hech qachon / = 11
Na biru, na mingu, / na milyon Xayyom /
[1, 92].
= 11
Yuqoridagi to’rtlikning har bir misrasi 11 bo’g’indan iborat. Turoqlanish
tartibi:
6+5=11
. Sodda vaznda. Nomlanishi:
6+5 turoqli vaznda yozilgan 11
turkumli to’rtlik
. To’rtlikdagi barcha misralar o’zaro qofiyalashgan.
Qofiyadosh
so’zlar:
xom – jom – qachon – Xayyom
. She’rning qofiyalanish tartibi:
a-a-a-a
.
Ko’rinib turibdiki, ushbu to’rtlikning turoqlanish va qofiyalanish
tartibi yuqorida
keltirilgan uchala to’rtlikdan farq qiladi. Ushbu to’rtlikning qofiyalanish tartibi
mumtoz adabiyotimizdagi taronai ruboiyning qofiyalanish tartibiga o’xshaydi.
“
To’rtala misrasi qofiyalanuvchi ruboiylar tarona deb ataladi” [4, 94]
.
Biroq bu
to’rtlikni taronai ruboiy deb bo’lmaydi. Chunki “
Biror to’rtlikni ruboiy deb atash
uchun unda tugal mazmun, ruboiy shakli bo’lishidan tashqari ruboiy vazni ham
bo’lishi kerak. To’rtlik qanchalik chuqur ma’no va go’zal shaklga ega bo’lmasin,
agar u ruboiyning maxsus vazniga tushmasa, ruboiy bo’la olmaydi” (Y.Is’hoqov)
[7, 261].
Shoir to’rtlikda taqdirni, kelajakni anglash mumkin emasligini ta’kidlar
ekan, ma’naviy san’atlardan biri bo’lgan o’xshatish –
“O’xshatish – tasvir
ob’ektini boshqa narsa-hodisaga o’xshatish orqali yorqin va bo’rttirib
tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo’lib, bunday o’xshatilayotgan
narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi”
,
[7, 382]
san’atidan
foydalanib, falakni jaranglagan yulduz to’la jomga o’xshatmoqda
hamda lafziy san’atlardan biri bo’lgan ta’did –
“Ta’did” atamasi sanamoq
ma’nosiga molikdir. Shoir tasvirda sanash ohangida uyushiq bo’laklarga mansub
so’zlardan ikki yoki undan ortig’ini ishlatsa, ta’did san’ati bo’ladi”, [6, 49]
san’atidan foydalanib, she’r jarangdorligini kuchaytirmoqda (
Na biru, na mingu,
na milyon Xayyom.
)
6
Dostları ilə paylaş: