Mavzu: Ĝazal janri bòyicha qilingan ilmiy adabiyot va maqolalarga sharh
REJA:
1.G‘azal janri tarixi.
2.Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunalari
3.G‘azalning milliy xususiyatlari
4.Alisher Navoiy g‘azalarida ishq va farah, xayol va tasavvurning avj pardalari.
5.Parokanda g‘azallar
6.Yakpora g‘azallar.
Parokanda so‘zi “tarqoq”, “sochilgan” degan manolarni bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo‘lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g‘azallardagi baytlarning o‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla va maqta bundan mustasnodir. Chunki matladagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqtada shoirning taxallusi keladi. Parokanda g‘azal namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyattin anjumanda.
Tamanno qilgali lalingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz badanda.
Mangu ul dunyada jannat na hojat,
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Yaqubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ko‘ngulni,
Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshum anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda
G‘azal mahabbat mavzusida bo‘lib, oshiqning mashuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviridan iborat. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, yani keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:
1-bayt: Sening jamoling guldan go‘zal.
2-bayt: Lal lablaringni ko‘nglim orzu qiladi
3-bayt: Sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: Eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.
5-bayt: Meni tashlab ketma.
6-bayt: Boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: Men sarvi qadding bandasiman.
Ko‘rinadiki, har bir baytda g‘azalning asosiy mavzusi bo‘lgan muhabbat bilan bog‘liq masalalarning malum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirganday tuyuladi. Shunday holni boshqa o‘zbek shoirlarining g‘azallarida ham ko‘rish mumkin. G‘azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g‘azaldir. Yakpora so‘zi “butun”, “yaxlit” degan manolarni bildiradi. Yakpora g‘azallarda baytlararo munosabat parokanda g‘azallarning aksi bo‘lib, matlada biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq masalalar izchil tasvirlanadi.Yakpora g‘azallardagi har bir bayt o‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi bo‘lib, g‘azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlarrning o‘rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hol sodir bo‘lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog‘lab turgan ip uzilib, g‘azal mazmunida g‘alizlik yuzaga keladi.Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Jong‘a chun dermen: ‘‘Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
Derki: ‘‘Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdan so‘rsamki: ‘‘Bu zafingg‘a ne erdi sabab? ’’
Der: ‘‘Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati’’.
Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish hosil qilgan.Bordiyu g‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlarning o‘rni almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi.1 O‘zbek adabiyotida yakpora g‘azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir ananaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni taminlash uchun bir o‘rinda biror tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi.Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida ham tadrij sanati, savol- javob usuli, ‘‘Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur’’ deb boshlanuvchi g‘azalida esa daryo bilan bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.Ayrim yakpora g‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham tasvirlanadi.Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli o‘laroq, mukammal sujet bo‘ladi. Yakpora g‘azallar sujetli- sujetsizligiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:
1.Musalsal g‘azallar.
2.Voqeaband g‘azallar.
‘‘Musalsal’’ so‘zi ‘‘zanjirsimon’’ degan manoni bildiradi.Istilohning manosidan ham ko‘rinib turibdiki,musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir -biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo sujetga ega bo‘lmagan g‘azallar nazarda tutiladi.Yuqorida tilga olingan Navoiyning uch g‘azali ham musalsal g‘azalning yetuk namunalaridir.Voqeband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalarishu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi. Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalida bu holat ko‘zga aniq tashlanadi:
Hava hush erdi-yu, oldimda bir qadah mayi nob
Ichar edim vale g‘amdin qadah- qadah xunob.
Kihozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob…
Bu g‘azalda ko‘zimiz oldida bir voqea- lavha jonlanadi:xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi.U maydan quyib ichadi,lekin u xunob. Chunki uning yonida o‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi.Yomi may ich deyishga oshiqda jurat ham,yolg‘iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yo‘q. Bu alamdan uning ichi qizil may to‘la qadahga o‘xshab qolgan, ko‘z yoshlari esa may ustidagi pufakchalar singari dam-badam quyilib turibdi.Oshiqning bu alamdan hushini yo‘qotayotganini ko‘rgan oshiq masti xarob bo‘lib qolgan edi. Zotan, mashuqa husnining qadah ko‘zgusida jilva qilishi oshiq uchun haqiqiy visol bo‘lib, visol chog‘ida mayxo‘r oshiq ko‘nglining xarob bo‘lishi ajablanarli emas.Hijron azoblaridan qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal bir sujet mavjud.Chunonchi:
1.Tugun: berahm mashuqaning may ichmasligi tufayli oshiqning qadah- qadah xunob yutishi.
2.Voqea rivoji:oshiqning yorga may tutishga jurat qilolmay, ichi qonga to‘lib, ko‘z yoshi to‘kishi va oshiq ahvolini anglagan mashuqaning qadahdagi mayni ichib, so‘ngra oshiqqa ham tutishi.
3.Yechim:mashuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning masti xarob bo‘lib qolishi.
2.Voqeaband g‘azallarning o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va inkishofi Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liqdir.Ulug‘ shoirning ‘‘ Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob aylab’’, ‘‘O‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi’’, ‘‘Dayr kuyida bugun asru alolo erdi’’ deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallarning noyob namunasidir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o‘zbek shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Lekin voqeaband g‘azal yozish g‘oyat murakkab bo‘lib , shoirdan juda katta mahorat talab qiladi.G‘azal janri g‘oyaviy- tematik jihatdan ham bir qator o‘ziga xosliklarga ega. ‘‘G‘azalda yetakchi masala sevikli jamolining zikri, seviklining jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir.Pand- nasihat she`rning boshqa turlarida zikr etiladi’’- deb yozadi atoqli olim Qobul Muhammad.Biroq Qobul Muhammadning so‘zlari unchalik to‘g‘ri emas,chunki g‘azal ishq- muhabbat bilan birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham yozilavergan.G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang- barang va mazmunga boydir.Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetovo‘zining ‘‘Navoiy lirikasi’’ nomli tadqiqotida g‘azallarning quyidagi g‘oyaviy- tematik guruhlari borligini ko‘rsatadi:
1.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g‘azallar.
3.May mavzusidagi g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
5.Falsafiy g‘azallar.
6.Vatanparvarlik mavzusidagi g‘azallar.
7.Peyzaj g‘azallar.
O‘zbek adabiyotshunosligida g‘azal haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
1.Oshiqona g‘azallar.
2.Orifona g‘azallar.
3.Rindona g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar .
5.Axloqiy- talimiy g‘azallar.
6.Peyzaj g‘azallar.
7.Publitsistik g‘azallar
. G‘azallarda ko‘pincha 2 ta markaz bo‘lgan.Biri – lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi – mashuqa tarifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashadi.Ishqiy g‘azallarda mashuqa, oshiq, va raqib ramzlari asosiy obraz hisoblanadi.3
Mashuqa – ishqqa sabab bo‘lgan, oshiq ko‘nglini rom etgan go‘zal yor, uning go‘zalligi chiroyli tashbehlar bilan ifodalanadi.Sharq sheriyatida noziklik go‘zallikning muhim belgisi sanalgan.
Oshiq – ishqqa mubtalo bo‘lgan,o‘zini unutgan kishi. U raqibga o‘zining nafratini ochiq bayon etadi.Oshiqlik timsollari bo‘lmish bulbul, Majnun, Farhod,Vomiq obrazlariga o‘xshatiladi.
Raqib – mashuqaning vasliga davogar bo‘lgan boshqa bir oshiq.Bu obraz g‘ayr, ag‘yor, o‘zga nomlari bilan ham yuritiladi.Tasavvuf adabiyotida yuqoridagi obrazlar yangicha mano kasb etadi:mashuqa – Alloh yoki Payg‘ambar yoxud pir, do‘st manosida;oshiq – Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so‘fiy banda; raqib esa nafs, dunyo manolarida keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.G‘azal haqida gapirar ekanmiz, Navoiy ijodiga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q.Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon mano, bir olam his- tuyg‘u ifoda qilguvchi baytlarini takror-takror o‘qib har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi mano tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz.Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi.Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, “Olim bo‘lsang, olam seniki” deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari,zavq-u jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.
Junun vodiysig‘a moyil ko‘ramen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Mana shu matla bilan boshlanuvchi g‘azal o‘zbekning xonadonida dam- badam mehmon bo‘ladi.Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda tsirli ijro etganlar.Bu g‘azal dunyoning g‘am-u anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir.Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham , g‘amni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, yani telbalik vodiysiga moyil ko‘radi, buzulgan hayot ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dasht-u sahrolar kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va telbalik- buzish, vayron qilsh ekan, demak buzilgan hayotini bir yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.4
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishni tilaydi. Inson jismi xoki g‘ubor bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi – falak bedodidan garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum ,Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikkag‘uborimni.Yani , zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar,qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki,mening odamlarga ko‘rguzgan mehr-u sadoqatim ,fidoyiligim ayon bo‘lar.Kishilar mening qadrimga yetarlar,mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar.Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o‘tgacho‘kinmoqliklari benaf, ko‘zlariga to‘tiyo qilmoq uchun g‘uborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli g‘aflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdayoq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga berib qo‘yganman:
Demang, qay sori azm etgung, manga yo‘q ixtiyor,
Oxir qazo ilkiga bermishmen inon-u ixtiyorimni.
Oshiq dunyoning jabr-u jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi,
Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlar ham qurib tamom bo‘ldi,
Faqat zafardek sarg‘aygan yuzi qoldi.
Shoir bu holatni hayratomuz tashbehga bog‘laydi; zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib , xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi.Birinchi bayt oshiqning “junun vodiysig‘a moyil” bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni qalamga oladi.bu – telba bo‘lishdan ham, dunyodan benim-u nishon ketishdan ham og‘ir biro fat.
Bu – yor-u diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi:
Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam , qo‘yub yor-udiyorimni.
Yani, agar men yor-u diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyordan boshimga ming balo yoqqanidir.Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday og‘ir savdokim:
Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,
Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni.
Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri og‘rimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida – dard. Bu dardning davosi esa yolg‘iz o‘lim. Asli sharobdan kelgan bosh og‘rig‘ining davosi sharobdir. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining dafi xumori zahri qotildir.5Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan “Xazoyin-ul maoniy” devonida ikki yarim mingdan ortiq g‘azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko‘p g‘azal yozish nasib bo‘lmagan.Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan g‘azallarning har biri daho ijodkorning Benazir sanati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo‘jizadir.Yaxlit manoli, voqeaband g‘azallar yaratish ulug‘ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir. Maqsud Shayxzoda birinchi bo‘lib bunga etiborimizni torgan edi. Avvalgi shoirlar ahyon-ahyon uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini noladi, muayyan ravishda badiiy ifoda tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea- hodisalar tasviriga bag‘ishlangan turkum- turkum g‘azallar shundan dalolat beradi. Yaxlit manoli g‘azal radif-so‘zga urg‘u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror- bir hodisadan tasirlanib, his- hayajonni to‘kib solish ,shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan ananaviy turkumcha- tamsillar, obraz va ifodalar atrofida suxansozlik qilish, lutf ko‘rsatish niyatning mevasidir. Chunonchi, ulug‘ shoir jon va jonon mavzusida bir turkum dilbar g‘azallar yaratgankim, shulardan birini quyida to‘la keltiramiz:
Har labing o‘lganni tirg‘uzmakda jono, jon erur,
Bu jihatdan bir- birisi birla jonajon erur.
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,
Jon erur,jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
G‘azalda “jon”so‘zi o‘n to‘qqiz, “jonon” so‘zi o‘n olti marta takrorlanib kelgan.Biroq bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg‘otadi, shoirning zakovati , topqirligiga qoyil qolamiz,Qarshimizda o‘ziga xos butun bir g‘azal-tajnis, yani bir o‘zakli, talaffuzi, shakli o‘xshash, ammo manolari xilma- xil so‘zlar vositasida barpo bo‘lgan hayratomuz sanat namunasi.Butun g‘azal bo‘ylab so‘z dodini berib tasnisni uzluksiz davom ettirish bir sanat bo‘lsa, buni muhim ijtimoiy-axloqiy g‘oya bilan bog‘lab rivojlantirish orqali go‘zal bir tasvirni vujudga keltirish yana birsanat – yuksak shoirlik mahoratining , uyg‘oq, uyg‘un taxayyul,tabiatday qudratli va saxiy istedodning nashu namosi, sehrliligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir – biri ila mantiqan payvandlanib, yetakchi, sarbon g‘oyani teranlashtira boorish asnosida lirik qahramonning tuyg‘ulari ham baytdan baytga kuchayib boraveradi.
Taniqli adib va navoiyshunos olim Maqsud Shayxzoda”Alisher Navoiy lirikasining bazi bir poetik usullari haqida “ nomli maqolasida shoir g‘azaliyotiga xos yetakchi to‘rt uslubiy jilo haqida fikr yuritiladi. Ularning ikkitasi bevosita tadrij badiiy sanatiga murojaat etish bilan vujudga keladi.Alisher Navoiy sheriy ijodiga xos bo‘lgan g‘azallarda baytlarni manan, fikran va shaklan bog‘lash orqali malum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan malum xulosani bayon etish, shuningdek , baytlar silsilasida obrazning tadrijiy etiluvi, takomilini taminlash shular jumlasidandir.Fikrimizni quyidagi g‘azal bilan asoslashga harakat qilamiz:
Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q,jismedururkim, joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrog‘dekdurkim,gul-u rayhoni yo‘q.
Avvalo, takidlash joizki, mazkur g‘azalda ko‘zga “yarq”etib tashlanadigan sanat bargardonishdir. Yani mazmunni kuchaytirish, takidlab ko‘rsatishga xizmat qiluvchi “takrir”, takror, qaytarishdir.Ayni g‘azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so‘z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyatni takidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Matnga asoslanib, “Yordin ayru ko‘ngil” ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi “sultonsiz mulk” ham teng bog‘liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin.Anglashiladiki, shoir g‘azalda manaviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko‘ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo‘lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma xulosani ilgari suradi.Faqat matla va undan keying baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlari o‘z aksini topadi.Bu, albatta, shoir g‘azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq- muhabbat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Navoiy g‘azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o‘zidir. Ularda muallifning ichki tug‘yonlari, ruhiy iztiroblariyu-quvonchlari, tarjimai holiga oid qaydlar uchraydi.Shuningdek, shoir g‘azaliyotidagi boshqa obrazlar: mashuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabi rang- barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g‘oyani sherxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan sherga ko‘chadi hamda uning badiiy salohiyati yuksak g‘azallarning vujudga kelishini tamin etadi.
Xulosa o‘rnida aytganda, g‘azal ijodkor ijodidagi gultojdir.Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda g‘azal salmoqli o‘ringa ega.G‘azal badiiyatiga doir minglab nazariyalar esa uni mohiyatan chuqur anglashimizda katta dasturamal bo‘ladi. Shunday ekan, biz yoshlar g‘azalnavislik ananalarini davom ettirib, kelgusida zamonaviy adabiyotni ham bu janr ila boyitsak, nur ustiga a`lo nur bo‘lar edi.
Ĝazal janri bòyicha qilingan ilmiy adabiyot va maqolalarga sharh.
ALISHER NAVOIY
G‘AZALLARIGA SHARHLAR
Erkin VOHIDOV
JUNUN VODIYSIDA
Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon ma’no, bir olam his to‘yg‘u ifoda qilguchi baytlarini takrortakror o‘qib har safar ko‘nglimiz surur va hayajon bilan to‘ladi, har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz.
Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, «olim bo‘lsang, olam seniki» deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi.
Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz.Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi,bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Mana shu matla’ bilan boshlanuvchi gazal o‘zbekning xonadonida dam-badam mehmon bo‘ladi. Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda ta’sirli ijro etganlar. Bu g‘azal dunyoning g‘amu anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir. Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham, gamni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, ya’ni telbalik vodiysiga moyil ko‘radi, buzulgan hayot-ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dashtu sahrolar
kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va telbalik-buzish, vayron qilish ekan, demak buzilgan hayotini bir yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:
Junun vodisig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketinshi tilaydi. Inson jismi-ku xoki g‘ubor bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi —
Falak bedodidin garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum,
Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikka g‘uborimni.
Ya’ni, zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar, qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki, mening odamlarga ko‘rguzgan mehru sadoqatim, fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar. Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o‘tgach o‘kinmoqlari benaf, ko‘zlarita to‘tiyo qilmoq uchun guborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli
gaflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdaeq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga berib qo‘yganman: Demang, qay sori azm etgung, menga yo‘q ixtiyor, Oxir — Qazo ilkiga bermishmen inoni ixtiyorimni.
Oshiq dunyoning jabru jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi. Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlarham qurib tamom bo‘ldi. Faqat za’fardek sarg‘aygan yuzi qoldi. Shoir bu holatni hayratomuz tashbehga bog‘laydi: zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib, xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi. Virinchi bayt oshiqning «junun vodiysiga moyil» bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni qalamga oladi — bu ofat telba bo‘lishdan ham, dunyodan benomu nishon ketishdan ham ogir bir ofat.Bu — yoru diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi:
Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimni.
Ya’ni, agar men yoru diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyorim odamlaridan boshimga ming balolar yoqqanidir. Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday og‘ir savdokim:
Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,
Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni.
Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri ogrimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida — dard. Bu dardning davosi esa yolgiz o‘lim. Asli sharobdan kelgan bosh ogriqning davosi sharob. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining daf’i xumori zahri qotildir.
Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,
Qadahqa zahr qotil quy, dog‘i daf’ et xumorimni.
Ya’ni, hayot bodasiii ichib boshim og‘irdur, ey soqiy, qadahga zahar quyib bergin-da meining boshim og‘rigini daf’ et. Chunki bu dunyoda o‘lmay turib tinchimak mumkin emas, shu bois meni dardlardan ozod qilmoqchi bo‘lsangiz, boru yo‘gimni yoqing:
Jahon tarkini qilmay chunki topmoq mumkin ermastur,
Navoiy, qil meni ozod o‘rtab yo‘qu borimni.
Navoiyning bu mashhur g‘azali falak bedodidan, bemehr odamlar jabridan shoirning chekkan nolasi bo‘lib necha asrlar osha devondan devonga ko‘chirilib, og‘izdan og‘izga o‘tib, ham kitob varaqlarida, ham qo‘shiqlar qanotida bizgacha yetib keldi. Bugun biz ulug‘ bobomizning olis nabiralari beqiyoe iste’dod qalamidan to‘kilgan mana shunday satrlarni o‘qib, eshitib ongimiz va yuragimiz bilan bahramandlik topamiz, uzoq-uzoq zamonlarning sadosini tinglaganday bo‘lamiz: JON VA JONON MOJAROSI
Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan «Xazoim ul maoniy» devonida ikki yarim mingdan ortiq g‘azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko‘p g‘azal yozish nasib bo‘lmagan. Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan g‘azallarning har biri daho ijodkorning benazir san’ati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo‘‘jizadir. Bu badiiy
miniatyuralarning yaratilganiga besh asrdan oshdi, lekin kecha yozilganday hamon ruhimiz, shuurimizni g‘alayonga solib, dillarga halovat bag‘ishlaydi, o‘qigan sari yana o‘qigingiz, baytlar qatidagi sehrli va sirli ma’nolarni teranroq, to‘laroq anglab olgingiz keladi. Buyuk o‘zbek shoiri salaflari ijod-xonasida kamolga yetgan ko‘hna janrning imkoniyatlarini istifoda etib, bemisl mahorat ko‘rsatish, xazoya bilmas she’riy gulshanlar yaratish barobarida o‘zi mustaqil ravishda yangi ifoda usullariyu uslublar ixtiro qildi, ijodiy tajribalar, ulkan izlanishlar yo‘lidan borib, g‘azal inkishofini baland cho‘qqilarga olib chiqdi. Yaxlit ma’noli, voqeaband g‘azallar yaratish ulug‘ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir.Maqsud Shayxzoda birinchi bo‘lib bunga e’tiborimizni qaratgan edi. Avvalgi shoirlarda ahyon-ahyon
uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini oladi, muayyan raviya, badiiy ifoda
tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea-hodisalar tasviriga bag‘ishlangan turkum-turkum gazallar shundan dalolat beradi.
Yaxlit ma’noli g‘azal radif-so‘zga urg‘u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror-bir hodisadan ta’sirlanib, his-hayajonni to‘kib solish, shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan an’anaviy turkumcha-tamsillar, obraz-ifodalar atrofida suxansozlik qilish. lutf ko‘rgatish niyatning mevasidir. Chunonchi, ulug‘ shoir jon va jonon mavzuida bir turkum dilbar g‘azallar yaratgankim,shulardan birini quyida to‘la keltiramiz:
Har labing o‘lganni tirg‘uzmakda jono, jon erur,
Bu jihatdan bir-birisi birla jonojon erur.
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,
Jon erur, jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
Bo‘lsa jonon bordudur jon ham, chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur.
Jon manga jonon uchundur, yo‘q jonon jon uchun,
Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur.
Borsa jon jonon yitar, gar borsa jonon jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur.
Hushdurur jonu jahon jonon bila, jonon agar bo‘lmasa,
Jon o‘ylakim o‘lmas, jahon zindon erur.
Jonim ol, ey, hajru jononsiz manga ranj aylama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.
G‘azalda «jon» so‘zi o‘n to‘qqiz, «jonon» so‘zi o‘n olti marta takrorlanib kelgan. Biroq bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg‘otadi, shoirning zakovati, topqirligiga qoyil qolamiz, Qarshimizda o‘ziga xos butun bir g‘azal-tajnis, ya’ni bir o‘zakli, talaffuzi, shakli o‘xshash, ammo ma’nolari xilma-xil so‘zlar vositasida barpo bo‘lgan hayratomuz san’at namunasi.
Ayonki, tajnis klassik she’riyatimizda keng tarqalgan usul, lekin yetti baytli g‘azalda ikki jinodosh so‘zning boshdan-oxir har gal yangi ma’noda, yangi jilo, yangi tovlanish bilan bunday zanjirlanib kelishi favqulodda hodisa. Go‘yo usta zargar bir bo‘lak javohirdan turfa tarovatli marvarid donalarini suftalab, ipak ipga tizib chiqqanday. Va lekin shu narsa ham esda tursinkim, ulug‘ shoir so‘z sohibqironi ekanini ko‘z-ko‘z qilish uchungina bu san’atga qo‘l urgan emas. Bu san’at zamirida
Navoiy qalbida hamisha yashab, ko‘karib turgap ezgu-ardoqli fikrlar: ishq, vafo, sadoqat haqidagi munavvar, muborak g‘oyalar porlab diqqatimizni tortadi. So‘z —tafakkur xizmatida, san’at — fikr va g‘oyaning ko‘rki, targ‘ibotchisi.
Butun g‘azal bo‘ylab so‘z dodini berib tajnisni uzluksiz davom ettirish bir san’at bo‘lsa, buni muhim ijtimoiy-axloqiy g‘oya bilan bog‘lab rivojlantirish orqali go‘zal bir tasvirni vujudga keltirish yana bir san’at — yuksak shoirlik mahoratining, uyg‘oq, uyg‘un taxayyul, tabiatday qudratli va saxiy
iste’dodning nash’u namosi, sehrkorligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir-biri ila mantiqan payvandlanib, yetakchi, sarbon g‘oyani teranlashtira borish asnosida lirik qahramonning tuyg‘ulari ham baytdan baytga kuchayib, uning yuragidagi dardi, ehtiros-hayajonlari jo‘shib boraveradi, jon va jonon mojarosi zo‘rayadi, visol shodligiyu hijron azoblari, oshiq iztirobi va yor istig‘nosi orasidagi dramatik ziddiyat taranglashadi.G‘azalni sharhlaganimizda bu xususiyat yanada ravshanroq ko‘zga tashlana boradi. Ammo bu ishni boshlashdan oldin hamma gaplarimiz kelib taqaladigan «jon» va «jonon» so‘zlariga izoh bermoqchimiz. Jonon so‘zining jondan kelib chiqqani aniq. Lekin qanday qilib? Balki bu «jon kabi»,«jonga o‘xshash» (jondan shirin) degan ma’nolarni anglatar? Ya’ni: jonmonand — jonmon — jonon tarzida birikmaning ixchamlashib borishi oqibatida sodir bo‘lgandir? Fors tilida so‘zni mana shunday ixchamlab, talaffuzni yengillashtirish hodisasi bor. Ammo Suddiy Basnaviyning fikricha, jonon jon so‘zining ko‘pligidir. Mahbubni ulug‘lash, unga cheksiz hurmat-ehtirom bildirish maqsadida shunday qilingan bo‘lsa ajab emas, chunki bu yaxshi odatimiz hozir ham amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari, jonon — jonlarning joni (joni jonho, joni jonon) tuganmas, o‘lmas jon ma’nosida ishlatilib, bora-bora tilda mustahkamlanib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Har holda barcha ma’nolarda ham jonon (muannas shakli jonona) inson uchun eng qimmatli, aziz hisoblangan jon bilan barobar qo‘yilgani, hattoki undai ortiqroq bilib, e’zozlanayotgani ayon bo‘lmoqda. Jonon — mahbub, ma’shuq, dilbar, dilorom, sanam
— bularning barchasi yorning sifat-sinonimlari. Ulardan har biri she’riyatda o‘z mavridi, o‘z maqomnisbatida qo‘llanib kelingan. Chunonchi, jonon so‘zi tilga olinganda albatta jon so‘zi ham qo‘shib zikr etilgan.
Voqean bir-biriga vobasta bu tushunchalarni yana ham to‘liqroq tasavvur etmoqchi bo‘lsak, jon so‘zining kelib chiqish mohiyatini ham bilishimiz darkor. Zero, qadimgi ajdodlarimiz buni hozir biz tushunganday talqin etmaganlar. Hozir biz jonni tanadan ajratib tasavvur qilolmaymiz. Jon, ya’ni tiriklik materiyaning oliy darajada uyushgan shakli bo‘lmish biologik hayotning (demak inson vujudining ham) xususiyati deb qaraymiz. Qadimgilar esa, jon boshqa, tana-jism boshqa deb
tushunganlar. Boz ustiga, ularning tasavvuricha, jon, ruh — oliy ne’mat, birlamchi borliq bo‘lib, jism quyi xayulo — to‘rt unsurdan tarkib topgan bir qolip. Agar jon bo‘lmasa, vujud o‘zicha yashay olmaydi, dunyo timsoli bo‘lgan bu «vayrona»ni jon obod qilishi mumkin. «Oshiq dili do‘stga muntazir va beqaror talpinganiday, jism ruhga mushtoq va muhtojdir», deydi «Kashful mahjub» kitobining muallifi Shoh Inoyatullo. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan «jismi vayronim», «tan uyn», «vujud xokistari» singari iboralarni shu ma’noda anglashimiz kerak. Uningcha, jonsiz jism — qaro tuproq: «Jismdan jonsiz na hosil, ey mu-sulmonlarki, ul bir qaro tufroqdururkim, gulu rayhoni yo‘q». Jonning shoirlar ko‘p qo‘llaydigan ikkinchi ramziy nomi «ravon» (yurib turuvchi) ekanini e’tiborga olsak, jon jismga qarama-qarshi o‘laroq doimo harakatdagi narsa deb qaralgani ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun u 6 jism bilan kurashadi, o‘z asli — mutlaq ruhga borib qo‘shilishga intiladi, deya talqin qilingan. «Jonim og‘zimga keldi», «jon rishtasi», «joni kirdi» qabilidagi xalq iboralari ham shu tasavvurlar ta’sirida tug‘ilgan. Mazkur tasavvurlar, shu bilan birga, abadiy hayot haqidagi, Masih (Iso), Xizr to‘g‘risidagi armonli rivoyatlarning yaratilishiga ham sabab bo‘lgan. Go‘yo Masih o‘z nafasi bilan o‘lgan odamni
tiriltirar, Xizr bo‘lsa obi hayot — tiriklik suvini topib ichgani uchun mangu yashab, odamlarni ezgulik manbaiga yetaklar emish...
Alisher Navoiy tasvirlagan oshiqning sevgan yori xuddi shunday nafasli kishi, uning lablari o‘likka ham jon bag‘ishlay oladi, bu lablardan o‘pgan oshiq abadiy hayot topadi. Faqat bu emas. Jonon lablarining har biri alohida-alohida sehr ko‘rsatish qudratiga ega va sohirlik ishida ular g‘oyat inoqittifoqdirlar. Qisqasi, g‘azalning ushbu rivoyatga asoslangan birinchi baytining mazmuni bunday:
«Jonginam, lablaringning har biri o‘lgan odamni tiriltirishda jon o‘rnidadir, ular ikkovi bu ishda juda inoqdirlar». Baytdagi «jonon» so‘zining inoq, ittifoqdan tashqari, yana bir — jonga jon, jon berib jon olish degan qadimiy ma’nosi ham bor. Masalan, urushda fidoyilik ko‘rsatgan kishilarga nisbatan shunday deyilgan. Navoiy gazalga bu ma’noni ham singdira olgan: jononning ikki labi oshiqqa jon
bag‘ishlashda bir-biri bilan tortishib, bahslashadi — biri jon olsa, ikkinchisi jon ato etadi. Ha, bu yor diydoriga mushtoq, ko‘ngli muhabbat bodasi-la limmo-lim odam uchun tabiiy holdir. Oshiq jonon yodida shunchalik aziyat chekadiki, o‘zining bor-yo‘qligini unutib qo‘yadi, biroq jonon huzuri, visol uni qayta o‘ziga keltiradi, tiriltiradi. Visol lahzasidagi bu ruhiy holat, qoniqish, yor lablaridan olingan
bo‘saning lazzati jonga beqiyos huzur bag‘ishlaydi. Jon jonon bilan qovushib, yo‘q-yo‘q, birlashib ketadi. Ular orasida hech qanday farq qolmaydi: jon — jononga, jonon esa — jonga aylanadi. Ya’ni: «Jonim jonondan shu darajada to‘yib qoniqdiki, qaysisi jon, qaysi biri jonon ekanini bilmay qoldim — jon bo‘lsa, jonon qani, jonon bo‘lsa, jon qani?» Birinchi baytning bevosita davomi bo‘lmish ikkinchi baytiing mazmuni shundan iborat. Muhabbat qiyomida oshiqning «budu nobudu teng bo‘lib» qolishi, jonon jilvasida erib ketishi Navoiy ijodida ko‘p marotaba uchraydigan xush tasvirlardan. Chunonchi, shoir boshqa bir g‘azalida
bunday deydi: «Yor budi ichra nobud o‘lg‘amenkim, o‘rtada o‘zgalikdan demakim, o‘zlikdan osor qolmag‘ay». Ishq tariqati shuki, agar bu yo‘lga kirgan odam haqiqiy oshiq bo‘lsa, u o‘zini ma’shuqaning bir bo‘lagiga aylantirishi, orada «u» — «men» degan farqlanishga o‘rin qoldirmasligi kerak. Axir, visol chog‘ida yuz beradigan muhabbat qiyomi «O‘zni unutish va mahbubdan ayri tasavvur qilmaslikdir» (Shoh Inoyatullo, «Kashful mahjub», 19-bet). Bu oshiqni beqaror orziqib kutgan dam, uning uchun oliy mukofot. Chunki oshiqning ko‘ngli va joni tinimsiz ravishda jononga qarab intiladi, jononsiz yashashni do‘zax azobi deb biladi. Zotan, jononsiz jonning unga keragi yo‘q. Jononsiz jon tanni ham qiynoq va uqubatlar girdobiga soladi. Jonning doimiy suratda jononga talpinishi, visolga tashnaligini insonning o‘z Idealiga, butun fayzu fazilati, pok axloqi, ichki ma’naviy dunyosining ko‘rkam, nurafshonligi bilan jozibali bo‘lgan do‘st sari intilishi deb bilmoq kerak. Do‘st — kishining sevgan yori ham, e’tiqod-imon timsoli ham, ezgulik,
adolat va haqiqat hamdir. Yaxshi insonni sevish — hayotni sevish, hayotni sevis— haqiqatni, haqni sevish demakdir. Buyuk Navoiy xayolotida yetilgan Jonon obrazida bu tushunchalarning bari mujassam. Shu ma’noda jononga bo‘lgan muhabbat real turmush, muhitdan qoniqmagan, zulm va zo‘rlik pajmurda etgan, dunyoning notekis va noto‘kisligidan ozurda ko‘ngilning qidirgan oromgohi, sig‘inadigan va suyanadigan yagona panohxonasi bo‘lganini unutmaydi. «Xazoin-ul maoniy»debochasida shoir o‘z g‘azallarining yozilishiga sabab bo‘lgan hayotiy turtkilarni bunday qayd etadi: «Oldimga ancha dushvorliqlar yuzlandi va tegramga ancha sa’b giriftorliqlar aylandi va boshimg‘a sipehr ancha balo toshini otdi va ishq sipohining lagadko‘bi zaif paykarim bila so‘ngaklarimni oncha oyoq ostida ushotdikim, ne so‘zimdan xabarim, ne o‘zlugim bilan o‘zumdin asar qoldi». Bu ahvolimni sharh etsam tushunadigan bir mushfiq inson topolmadim, shu bois dardlarimni she’r qilib yozdim,deydi Navoiy. Yorga bo‘lgan ishqning shiddat va sharofatini shu taxlit kamoli e’tiqod bilan ta’riflab kelib, ulugshoir uchinchi baytda fikrlarini yanada ravshanroq bayon etadi: «Agar jononing bo‘lsa — joning ham bor, agar jonon ketishga chog‘lansa, bilgilki, jon ham jonon bilan birga ketadi. Demak, jondan ajralasan va hijron azobida qolasan». Jon bilan jononning ajralmasligi haqidagi bu g‘oya keyingi baytlarda yangicha qiyoslanish yordamida davom etadi. Masalan, to‘rtinchi baytning mazmuni bunday: «Jon menga jonon uchun kerak, aksincha, jonon jon uchun emas. Chunki jononsiz yashash behad og‘ir, ammo jonsiz shu maromda o‘rtanib-o‘rtanib izhor yashash behad og‘ir, ammo jonsiz umr ko‘rish oson». Jigarso‘xta, shaydoyi oshiq ko‘ngil munojotini mana shu maromda o‘rtanib-o‘rtanib izhor etgan. Visoldan sarxush, biroq yordan judo bo‘lish muqarrarligini oldindan sezganday jon talvasada. Hijron azoblariga qayta giriftor bo‘lmaslik uchun jondan kechishga ham rozi... To‘rtinchi baytdagi
«jonsiz umr oson erur» jumlasi bizga g‘alatiroq tuyulishi mumkin.
Darhaqiqat, qanday qilib odam jonsiz yashay oladi? Chamasi, bu o‘rinda shoir jon bahsining majoziy-botiniy ma’nosini chuqurlashtira borib, inson uchun ma’naviy hayotning afzalligini ta’kidlamoqchi bo‘lgan. Uning nazarida haqiqiy hayot ma’naviy hayotdir, zerokim, jonon, ko‘rib o‘tganimizday, ana shu ma’naviy fazilatlarning umumlashma timsoli. Navoiy so‘z o‘yini — tajnisdan mantiq silsilasiga o‘tadi: modomiki, jon bilan jonon bir ekan, biri ikkinchisisiz tasavvur etilmas ekan, jononi yo‘q (ishqsiz) odamlar jonsiz kishilardir. Ular tirik yuradilaru lekin ruhan, qalban o‘lganlar.
Shuning uchun umrlari oson kechadi. Ammo eng qizig‘i shundaki, shoir o‘zining bu fikridan qaytadi, axir, ishq barcha maxluqotda bo‘lishi shart, ishqsiz, jononsiz, umuman hayot yo‘q. 6u xulosa beshinchi baytda o‘z ifodasini topgan: «Jon ketsa, jonon ketsa, jon ham ketadi. Shunday bo‘lgach, jononsiz va jonsiz qanday yashash mumkin?» Bu fikr oltinchi baytga kelib mazmunan yana kengayadi, jonon faqat oshiqning joni bilan barobar narsa bo‘lib qolmay, balki «jonu jahon»ga teng butun mavjudotni o‘z ichiga oladigan tushunchaga aylanadi. Endi oshiq o‘z joni, o‘z shaxsiyati haqida qayg‘urish bilan chegaralanmaydi. Uning uchun dunyoning barcha shirinligi, lazzati, hatto azob, xo‘rsiniqlari ham jonon bilan xush, jonon bilan ma’noli va zebo: «Jonu jahon jonon bilan xushdir, agar jonon bo‘lmasa, jon bo‘lmaydi deganing kam,bu keng jahon zindonga aylanadi». Navoiy takrori bo‘lsada, hijron og‘irligini bot-bot ta’kidlab, oxirgi yettinchi baytda iltijo va tavallo ohangini kuchaytiradi, hamda g‘azalni shu nafas bilan yakunlaydi. Zoru notavon oshiq jondan kechish evaziga bo‘lsa ham jonon vaslidan mahrum etmasliklarini yolborib so‘raydi: «Ey, hijron, mayli, jonimni olgin, ammo jononsiz yashash azobini menga ravo ko‘rma.Chunki jononsiz Navoiy jonidan bezordir». Ma’lum bo‘ladiki, tahlil etganimiz g‘azalda oshiqning ikki holati — visol lahzasidagi halovat, jonning yayrashi va yordan ajralganda yuz beradigan ruhiy qiynoqlar qiyoslatib tasvir etilgan. Boshqacha aytganda, jon va jonon bahsi vasl hamda hijron qiyosi
negiziga qurilgan. Visolga musharraf bo‘lgan oshiq bu baxtning abadiy barqarorligini istab, agar jonon tashlab ketsa nimalar bo‘lishi mumkinligini zorlanib gapiradi.Bu — Alisher Navoiyning ayni shu gazalda qo‘llagan badiiy usuli. Jon va jonon mojarosiga bag‘ishlangan boshqa g‘azallarida shoir yana o‘zgacha san’at, o‘zgacha usullarni sinab ko‘rgan.Masalan, «Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel» satri bilan boshlanadigan g‘azalda jonondan ajralgan firoqdagi oshiqning iztiroblari ifodalanadi. U yoriga g‘oyibona murojaat qilib, «Jon naqdini
ovuchda ushlab turibman, agar kelsang, yo‘lingga sochaman», deydi. Ruh ham, jon ham jonon yo‘liga muntazir, oshiqning niyati bo‘lsa jonini jononga topshirish: «Jon yetibdur og‘zima, derman labingga topshiray, lutf etib qilg‘il meni jon birla tengsiz ne’mati! Hayotbaxsh nafasli mahbub visoliga mushtoq oshiqning intizorlikdan joni ogziga kelgan. Shu betoqat jonimni kelib olgin, meni azobdan qutqar, sendan minnatdor bo‘laman, deydi, u. Ammo bu ayni holatda oshiq uchu yangidan jon topish ham. Chunki Navoiy vasf etgan mahbub labi jon bagishlash qudratiga ega-da! «Sevingil, ey ko‘ngul, oxirki, jisming ichra jon keldi», deb boshlanadigan gazal esa buning aksi o‘laroq jonon kelgandan keying shodlik, ruhiy ko‘tarinkilik kayfiyatini tarannum etadi. Yor bemor bo‘lib yotganda oshiqning joni
achishib, battar qiyialadi. Yoki yordan kelgan maktub, yorga yuborilgan noma, yoxud yor mujdasini keltirgan xabarchi kabutarlar tasviri ham Navoiyda oshiq qalbi hayajonlari bilan qo‘shilib ketad Jonondan kelgan noma jon isini (ham xabar, ham xushbo‘y ma’nosida) keltirsa, javob nomasini yozganda oshiq uni jon rishtasi bilan chirmab, har bir so‘zi, harfi yordamida go‘yo qiynalgan jonining
nishonalarini jo‘natadi. Bu kabi gazallarda muayyan obrazning chizgilari namoyon, tasvir xarakterli detallar asosida davom etgan va shu hayotiy ashyo — surat ta’siri natijasi o‘laroq lirik tuyg‘ular qulf urib, qaynab chiqadi. Xullas, Navoiyning voqeaband, yaxlit ma’noli asarlari uning lirik merosidagi o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy hodisa, turkumlar ichidagi har bir gazalniig maxsus usulda bitilgani esa
butunlik, garmoniyaga intilgan muqtador shoirona tafakkurning rang‘in olamida alohida-alohida ko‘rinishlardir. Shu sababli ulug‘ shoir ijodining tadqiqotchilari uchungina emas, balki uning asarlarini o‘qib, bahra olishni niyat qilgan kitobxonlar uchun ham bu xususiyatlarni bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |