538
Erkin Samandar ijodida ham ko‘plab xalq og‘zaki ijodi namunalarini
kuzatamiz. Adibning she’riy hamda nasriy asarlarida oddiy folklorizmlardan tortib,
murakkab folklorizmlar o‘z ifodasini topgan. Shulardan biri oddiy folklorizmlar
sirasiga kiruvchi xalq maqollaridir. Maqollar yozuvchining
badiiy niyatini
kitobxonga yetkazishda alohida ahamiyatga egadir.
Erkin Samandar, asosan, tarixiy mavzuda ijod qiladigan, xalqning
o‘tmishidan uning bugungi qiyofasini izlab topadigan ijodkor hisoblanadi.
Jumladan, “Quyun izlari yoxud Ogahiy”, “Sulton Jaloliddin”, “Qiron g‘ildiragi”,
“Tangri qudug‘i” kabi bir qator asararida Ko‘hna Xorazmda bo‘lib o‘tgan tarixiy
voqelar yoritilgan.
“Erkin Samandar deyarli butun ijodini o‘mishni
badiiy tadqiq etishga,
ajdodlar ruhiyatidagi hissiy to‘lg‘amalarni aks ettirishga bag‘ishladi. Adib uchun
moziyni tasvirlashning o‘zi maqsad emas. U o‘tmishnig puchmoqlaridan xalqimiz
tabiatidagi ulug‘lik va maydaliking ildizlarini qidiradi, kechdan bugunni topishga,
hozirni o‘tmish orqali ifodalashga urinadi”. [1, 152]
Adib romanlarida Ko‘hna Xorazmning uzoq va yaqin o‘tmishida bo‘lib
o‘tgan tarixiy voqealarni va tarixiy shaxslarning hayotini jonli tasvirlagan bo‘lsa,
“Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida insoniyatning tabiatga qilgan ziyoni
qoralanib, uning ayanchli oqibatlari bilan birgalikda,
Amudaryo va asar
qahramonlari Ganja, Qumri va boshqa obrazlarnig mashaqqatli hayot manzaralari
tasviri yorqin akslantirilgan.
Ushbu roman ijodkorning boshqa romanlariga o‘xshamagan o‘ziga xos bir
asar bo‘lib, muallifning professional romannavis sifatida tanilishida va keyingi
romanlarini yaratishga rag‘bat bo‘lgan asardir. Romanda asosiy muammo inson va
tabiat, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshilik va yomonlik, muhabbat va qabohat o‘rtasidagi
munosabat ifodalangan.
Erkin Samandar “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” asarida maqollardan unumli
foydalangan.
Bu esa asarning xalqchilligi, xaqqoniyligini ta’minlash bilan birga
muallifning so‘z mahoratini ham namoyon qilishga xizmat qilgan. Yozuvchi
maqollar orqali asar qahramonlarining xarakterini,
ularning iztiroblari va
tuyg‘ularini jonli tarzda yoritib bergan.
Maqol xalq og‘zaki ijodining juda ixcham shaklga ammo chuqur
mazmunga ega bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lib, u ko‘p asrlar davomida xalqning
hayotiy tajribalari va kuzatishlari asosida yuzaga keladi. “Maqollar asrlar
davomida xalqning noyob durdonalaridan biri bo‘lib, til
va badiiy ijodning teran
mazmuniga ega hodisasi sifatida yuzaga kelgan. Ular xalq ma’naviyati,
madaniyati, donoligi, milliy qadriyatlar merosi va millatning ko‘zgusidir”. [2, 74]
Maqollarning mavzu ko‘lami keng bo‘lib, vatanparvarlik, donolik,
muhabbat, mardlik, to‘g‘rilik va egrilik, saxiylik, ochko‘zlik va baxillik, odob va
539
odobsizlik, tarbiya kabi mavzularni ifodalab keladi. Romanda ham yuqorida
keltirilgan mavzudagi maqollarni ko‘plab uchratamiz va bular asarning badiiy
qimmatini oshirganligini ko‘ramiz. Ushbu maqolamizda mazkur asarda keltirilgan
maqollarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
-
Dostları ilə paylaş: