534
Albatta, bashariy menlikni tarbiya etib, ilohiy menlikka erishish ranju
mashaqqatini bilgan ahli riyozat sohibigina nafs o‘zlugini g‘arq etmoq uchun ko‘z
yoshidan paydo bo‘ladigan Jayhun kerakligini anglay oladi. Uvaysiy she’riyati
mazmun-mohiyatida
bir erlik jasorati, ifoda tarzida esa bir injalik bor.
O‘qiyotganingda Haq va haqiqat ovozining yuksakligini ta’minlagan ko‘ngil
torlarining uzilay-uzilay deb turgan bir tarangligini his etasan. Quyidagi misralarga
e’tibor beraylik:
Ko‘rub Majnun tan uryonasin ta’n etma Layliga,
O‘tub o‘zlukni bobidin ki har devonadin kelmas.
Bunday o‘zlukni tanish orzusi, Qo‘qon adabiy muhitidagi barcha shoiralarga
xos. Hassos shoira Nodira ham yor vasli o‘zlukdan kechish bilan bo‘lishini anglab,
bu yo‘lda ishqqa tayanadi:
E
y ko‘ngul, yor uchun jahondin kech,
Havas bog‘u bo‘stondin kech.
Anga o‘zluk bila yetib bo‘lmas,
Istasang yor vasli jondin kech
[5:49].
Qo‘qon adabiy muhiti shoiralari ijodida tasavvufiy ohanglarning, tariqat
g‘oyalarining aks etishi tabiiydir. Zero, ular ilhomlangan, bevosita ta’sirlangan va
e’tirof etgan manbalar ma’rifiy adabiyot namunalari sanaladi. Ushbu adabiy muhit
shoiralarining ustozlaridan hisoblangan Uvaysiy bir g‘azalida shunday deydi:
Dostları ilə paylaş: